Ekvator Gvineyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
1472 yil boshida Portugaliyaning Fernando Po boshchiligidagi ekspeditsiyasi Gvineya qoʻltigʻidagi orolga kelib tushdi (keyinchalik bu orol Fernando Po nomi bilan ataldi; 1979 yildan Bioko o.) va uni oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1592 yildan orollarni mustamlakaga aylantirish harakati boshlandi. 1778 yildan u Ispaniya Gvineyasi nomi bilan Ispaniya mulki boʻlib qoldi (1843 yildan Ispaniya orolda mustahkam oʻrnashib oldi). Mamlakatning materik qismi — RioMuni Ispaniya va Fransiya mulkiga aylandi (ular oʻrtasidagi chegara 1900 yil belgilab olindi). Ekvator Gvineyasi aholisi koʻp yillar mobaynida oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashib keldi. Ayniqsa, bu kurash 20-asrning 30- yillari oxiridan jiddiy tus oldi. 1960 yil Ispaniya hukumati Ekvator Gvineyasining mustamlaka maqomini bekor qilishga majbur boʻldi va uni Ispaniyaning "dengiz orti" provinsiyasiga aylantirilganligini eʼlon qildi. 1964 yil unga "ichki muxtoriyat" maqomini berdi. Milliy ozodlik harakatining avj olishi natijasida 1968 yil 12 oktabrda mamlakat Ekvator Gvineyasi nomi bilan mustaqillikka erishdi. Ekvator Gvineyasi 1968 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 17 yanvarda tan olgan va 1993 yil 24 iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 oktyabr — Mustaqillik kuni (1968).
 
== Siyosny partiyalari ==
Qator 30:
 
== Xalq maorifi ==
Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 8 yillik. Toʻliq oʻrta maʼlumot olish uchun 9— 11sinflarda 3 yil oʻqish lozim. Turli hunar maktablari bor. Malaboda maʼmuriy xizmatchilar maktabi va oʻqituvchilar tayyorlash (boshlangʻich maktablar uchun) maktabi, Bata shahrida oʻrta maxsus maʼlumot beruvchi Politexnika instituti faoliyat koʻrsatadi. 1980 yildan Malabo va Batada Ispaniya universitetining sirtqi taʼlim filiallari ishlaydi. Oliy maʼlumotli kadrlar chet elda tayyorlanadi. Malaboda kutubxona bor.,Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ekvator Gvineyasida "Afrika 2000" jur.jurnal (3 oyda 1 marta ispan tilida), "Vos del pueblo" ("Xalq ovozi", ispan tilida) gaz., "ElSol" ("Quyosh") haftanomasi (ispan tilida) nashr etiladi. Ekvator Gvineyasi milliy radiosi hukumat radiostyasidir. Ekvator Gvineyasi milliy televideniyesi, telekoʻrsatuv xizmati, Malabo shahrida joylashgan.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==