El Salvador: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.2)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Salvador togʻli mamlakat, uning katta qismini 600–700 m balandlikdagi vulkan togʻlari egallaydi (eng baland joyi SantaAna vulkani, 2381 m). Janubida Tinch okean sohili boʻylab 10–30 km kenglikdagi pasttekislik choʻzilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. [[Oltin]], [[kumush]], [[rux]], [[qoʻrgʻoshin]], [[mis]] va [[temir]] ruda, ohaktosh, [[gips]], [[oltingugurt]], tuz konlari bor. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik tratemperatura San Salvador shahrida 21—22 °C. Yillik yogʻin 1500–1800 mm, shimolda 2500 mm, tektonik botiqda 600–700 mm. Qisqa, joʻshqin daryo, vulkanli koʻllar koʻp. Asosiy daryosi — Lempa. Asosan, jigarrangqizil ferralitlashgan tuproqlar tarqalgan. Tabiiy tropik oʻsimliklari deyarli yoʻq qilib yuborilgan, togʻlarda qaragʻay va eman oʻrmonlari saqlangan, ikkilamchi savanna maydonlari bor. Qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp. Montekristo, El Imposible milliy bogʻlari bor.
 
== Aholisi ==
Qator 25:
Kimyo, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandchiligi (qoʻlda qalpoq, savat toʻqish va b.) rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 3,3 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi, asosan, GES larda hosil qilindi. T.y. uzunligi — 562 km, avtomobil yoʻllari — 12,3 ming km. Panamerika katta yoʻli S. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxutla, LaUnon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. S. chetga kofe, qand xom ashyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan mashinauskunalar, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi va moylash materiallari oladi. AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, GFR, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Salvador koloni.
 
Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiymaʼrifiy muassasalari. Kasalxonalarning koʻpi davlat qaramogʻida. Vrachlar ElSalvador universitetining tibbiyot ftidafakultetida tayyorlanadi. Umumiy taʼlim maktablari 11 y.likyillik boʻlib, u 9 y.likyillik boshlangʻich va 2 y.likyillik oʻrta maktabdan iborat. Oʻrta maktab oʻquvchilarining yarmi xususiy oʻquv yurtlarida taʼlim oladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini normal maktablar, oʻrta maktab oʻqituvchilarini oʻqituvchilar tayyorlash kollejlari va universitetlarning ped. boʻlimlari tayyorlaydi. Industrial va qishloq xoʻjaligi bilim yurtlari hunartexnika taʼlimi beradi. SanSalvadorda 3 ta universitet, 4 kollej va b. oliy oʻquv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar akademiyasi, S. tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy kutubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot bogʻi va botanika bogʻi mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.larijurnallari: "Venseremos" ("Gʻalaba bizniki", kundalik gaz., 1981 y.danyildan), "Diario de oy" ("Bugungi gazeta", kundalik gaz., 1936 y.danyildan), "Unidad obrera" ("Ishchilar birligi", gaz.), "Diario ofisial" ("Rasmiy gaz.", kundalik gaz., 1875 y.danyildan), "Kultura" ("Madaniyat", har chorakda chiqadigan jur.jurnal), "Militante" ("Faol", haftanoma). Milliy axborot agentligi yoʻq. S. radiostyalari uyushmasiga 1965 y.dayilda asos solingan. 64 tijorat radiostyasi bor, telekoʻrsatuvlar 1956 y.danyildan boshlangan, tijorat asosida ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Mayyakiche indeyslarining qadimgi yozuvlari hali oʻrganilmagan. S. mustaqillikka erishgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-asr oʻrtalarida romantik sheʼriyat rivojlana boshladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinchalik modernizm yoʻnalishidagi shoirlar R. Dario va F. Gavidia sheʼrlari mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida yaratilgan nasriy asarlarda maishiy turmush aks ettirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr sheʼriyati shaklbozlik va dekadentlik yoʻliga kirib ketdi. S. Salasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin M. A. Espinoning "Odamlar va oʻlim", K. A. Kastroning "Haqiqiy ertaklar", F. Machon Vilanovaning "Qizil toʻlqin" romanlari salmokli asarlardir. R. Dalton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b.ning sheʼriyati ijtimoiy mavzuni rivojlantirdi.
 
Meʼmorligi va sanʼati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va KostaRika madaniyati bilan mushtarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan pastqam cherkovlar qurildi. 1940y.lar1940 oxiridayillaroxirida S. shaharlarida zamonaviy binolar (bank, mehmonxona, idoralar) barpo etila boshladi (meʼmorlar A. Sol, Ye de Sola va b.). Tasviriy sanʼati 20-asrdan Yevropa va Meksika sanʼati taʼsirida rivojlana boshladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noches Avendano, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroshlar mashhur. Xalq sanʼati turlaridan keramika, toshbaqa kosasi va poyadan bezak ashyolar, idishlar yasash rivoj topgan.
 
Ommaviy sanʼat turlaridan bayles yoki sereytes ashula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari — gitara, marimba (ksilofonning bir turi), fleyta, zarbli asboblardan uyeuyetl, testonaaustle va b. 1980 y.dayilda suratga olingan "Salvador — xalq gʻalaba qozonadi!" hujjatli filmi milliy kino sanʼati yuzaga kelganidan darak berdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==