Gayana — versiyalar orasidagi farq

11 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
== Tabiati ==
Atlantika sohili pastlik boʻlgani uchun dengiz toʻlqini paytida qirgʻoqdagi yerlarni suv bosadi. Shimoliy va shimoli-sharqi botqoq bosgan payettekislikdan, markazi va janubiy Gviana yassitogʻligidan iborat (Ro-rayma togʻi bal. 2772 m). Gayanada oltin, niobiy (kolumbit), marganes, olmos, boksit konlari bor. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik temperatura Jorjtaunda 26—28°, yillik yogʻin 2230 mm. Daryolari koʻp. Yiriklari — Essekibo va Koranteyn. Hududining 85% ga yaqini doimiy yashil nam oʻrmonlar bilan qoplangan. Shim.Shimoli-gʻarb, shim.shimoliy va shim.Shimoli-sharqda savannalar. Kayetur milliy bogʻi tashki l etilgan.
 
Aholisining 54% hindistonliklar, 36% afrikaliklar. Negrlar, duragaylar, mulatlar, xitoylar, indeyslar ham yashaidi. Davlat tili — ingliz tili. Diniy eʼtiqodiga koʻra koʻpchilik aholi protestantlar boʻlib, katoliklar, musulmonlar, hindular ham bor. Shahar aholisi — 31%. Yirik shaharlari: Jorjtaun, Bartika va b.
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi ==
Xalq taraqqiyparvar partiyasi, hukmron partiya, 1950 yil tuzilgan; Xalq milliy kongressi, muxolifatdagi partiya, 1955 yil tashkil etilgan; "Birlashgan kuch", muxolifatdagi partiya, 1960 yil tuzilgan; Mehnatkashlar ittifoqi, muxolifatdagi partiya, 1977 yil tashkil etilgan. Gayana kasaba uyushmalari kongressi, 1940 yil dayilda asos solingan.
 
== Xoʻjaligi ==
 
== Madaniyati ==
6—14 yoshdagi bolalar uchun majburiy oʻqish yoʻlga qoʻyilgan. Taʼlimning hamma turlari — bepul. 6 yillik boshlangʻich, 7 yillik oʻrta maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, 2 kollej bor. Oʻqituvchilar Jorjtaundagi ped. kollejida va 2 oʻquv markazida tayyorlanadi. Ilmiy markazlari: Gayana jamiyati, Amerika axborot markazi, Gayana xalqaro munosabatlar in-tiinstituti va b. Jorjtaun universiteti, Milliy kutubxona, Gayana muzeyi mavjud. Gayanada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: "Voys of leybor" ("Mehnat sadosi", gazeta, 1980 yildan), "Gayana kronikl" ("Gayana axboroti, kundalik gazeta, 1881 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik gazeta, 1962 yildan), "Nyu neyshn" ("Yangi millat", haftalik gazeta, 1955 yildan), "Sander" ("Momaqaldiroq", har chorakda chiqadigan jurnal, 1950 yildan), "Sandi kronikl" ("Yakshanba axboroti", haftanoma, 1881 yildan). Gayana ijtimoiy aloqalar agentligi hukumat axborot xizmati boʻlib, u 1989 yilda tuzilgan. "Gayana brodkasting korporeyshn" hukumat radioeshittirish xizmati 1979 yilda tashkil etilgan. "Gayana televijn" hukumat telexizmati 1993 yilda tuzilgan.
 
== Adabiyoti ==