Gonduras: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.2)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Sohili anchagina parchalangan. Karib dengizi gʻarbiy qirgʻogʻi boʻylab kambar, sharqiy qirgʻogʻi boʻylab kengroq (80 km gacha) pasttekislik, shimolisharqi boʻylab esa botqoq pasttekislik (Moskit sohili) bor. Gonduras hududining 2/3 qismi 2865 m balandlikkacha boʻlgan togʻliklardan iborat boʻlib, koʻpgina daryolarning vodiylari alohida massivlarni hosil qiladi. Foydali qazilmalardan kumush, oltin, rangli metallar va temir rudalari, surma, boksit bor. Iqlimi tropik passat, pasttekislik va vodiylarda issiq (yanvarning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 22—26°), togʻliklarda esa iliq (10—24°). Togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlarida yillik yogʻin 3000–5000 mm, janubidagi vodiylarda qurgʻoqchil. Yirik daryolari — Ulua, Aguan, Patuka, Koko. Shimolida togʻlaterit, aksari ferralit tuprokli yerlarda 600–700 m balandlikkacha doimiy yashil sernam tropik oʻrmonlar, undan yuqorida dub, qaragʻay oʻrmonlari (hududining 63%) va savannalar bor. Janubidagi togʻ-qizil tuprokli yerlarda sernam oʻrmonlar, vodiylarda kserofit butalar oʻsadi. Milliy bogʻlari: La-Tigra, Rio-Plateno.
 
Aholisining 90% ispan-indeys duragaylari, 6% indeyslar, 2% negrlar, 2% Yevropa mamlakatlaridan kelib Qolganlar. Rasmiy til — ispan tili. Shahar aholisi — 41,1%. Asosiy din — katolik dini. Yirik shaharlari: Tegusigalpa, San-Pedro-Sula, La-Seyba.
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda Gonduras hududida indeys qabilalari yashagan. 16-asr gachaasrgacha Gonduras hududi Igueras yoki Ibueras deb atalgan. Gondurasni 1502 yil X. Kolumb ochgan. 1524 yildan uni ispanlar bosib olishga kirishdi va 1525 yilda toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirdi. 16-asr oʻrtalarida Gonduras [[Gvatemala]] general-kapitanligi tarkibiga kiritildi. Mahalliy xalq ispan zamindorlari va kon egalari tomonidan qattiq jabr-zulmga duchor boʻldi. Ogʻir mehnatga bardosh bera olmay qirilib ketgan indeyslar oʻrni Afrikadan keltirilgan qul negrlar bilan toʻldirilgan. Gonduras xalqi 1821 yil 15 sentabrda mustaqillikka erishdi. 1823—38 yillarda Markaziy Amerika Qoʻshma viloyatlari tarkibida boʻldi. 1824 yilda qullik bekor qilindi. 1839 yil Gonduras respublikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilingan. Bu paytda chet el, ayniqsa, [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]] va [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]] kapitali Gonduras iqtisodiyotiga kira boshladi. Gonduras xalqining ogʻir mehnat sharoitiga qarshi koʻtargan gʻalayonlari (1905, 1907, 1911, 1912), xalq koʻzgʻolonlari AQSH qoʻshinlari tomonidan bostirildi. 1929—33 yillardagi iktisodiy tanglik xalq ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Natijada 1931—32 yillarda bir necha marta xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 20-asr boshlaridan 80-yillar oxirigacha Gondurasda diktatorlik rejimlari va harbiy xuntalar hukmroshshk qildi. Nihoyat, 1997 yil 30 noyabrda boʻlib oʻtgan saylovda oʻrta va mayda ishbilarmonlarning Gonduras liberal partiyasi rahbari Karlos Roberto Flores Fakusse gʻalaba qozondi va Gonduras prezidenta etib saylandi; 1998 yil 27 yanvarda vazifasini bajarishga kirishdi. Milliy bayrami — 15 sentabr— Mustaqillik kuni (1821).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 20:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangʻich maktabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati — 6 yil. Qishloq xoʻjaligi, texnika va tijorat maktablari bor. Tegusigalpa milliy universiteti, Gonduras akademiyasi, [[geografiya]] va tarix akademiyasi, geogr. milliy in-tiinstituti, antropologiya va tarix instituti, bir qancha ilmiy jamiyatlar, Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Tegusigalpada milliy muzey mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gondurasda bir necha gaz. va jur,lar, jumladan, "Gaseta" (kundalik gaz., 1830 yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1964 yildan), "Tribuna" ("Minbar", kundalik gaz., 1977 yildan), "Tyempo" ("Vaqt", kundalik gaz., 1970 yildan) gazetalari, "Komersio" ("Savdo", 1970 yildan) jur.jurnal chiqadi. Gonduras milliy radiosi 1976 yil, telekompaniyasi 1959 yil tijorat kompaniyasi tarzida tuzilgan.
 
Adabiyoti mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng ispan tilida rivojlana boshladi. 19-asr shoirlari X. T. Reyes, T. Agilus, X. Sisneros va b. ispan mumtoz adabiyoti namunalariga ergashdilar. Gonduras adabiyotidagi birinchi roman — "Anxelina"ni K. Gutyerros 1898 yilda yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida atoqli adib F. Tursios modernizm ruhida roman va sheʼrlar yezdi. Shoir A. Gilyen Sela ijtimoiy muammolarni qalamga oldi, shoir va yozuvchi R. E. Valye vatanparvarlik mavzularida ijod qildi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushidan]] keyin K. Barrera, X. Karkamo sheʼrlarida, K. Isagirre, R. Amador romanlarida ijtimoiy norozilik ohanglari yangradi.