Gvineya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Gvineya hududi subekvatorial mintaqada. Qirgʻoqlari parchalangan. Relyefi, asosan, oʻrtacha baland (800–1000 m) va past togʻlar, yassi platolardan (300–400 m) iborat. Eng baland joyi — Nimba togʻi, 1752 m. Okean sohili tor pasttekislik. Foydali qazilmalardan boksit, temir, olmos, oltin va b. bor. Iklimi ekvatorial-musson, issiq, yozi sernam. Eng issiq oyning (mart yoki aprel) oʻrtacha t-rasitemperaturasi 27—30°, eng baland joylarida 23° gacha, eng salqin oyniki (avg .avgust) 24—26°, balandliklarda 18° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin 1200–4000 mm. Yomgʻirli mavsum mamlakat shim.dashimolida 5 oy, janubida 7—10 oy. Daryolari koʻp va sersuv. Asosiy daryolari: [[Gambia|Gambiya]], Bafing, Niger va Konkure. Gvineya hududi qizil, qizil-sariq tuproqli. Eng koʻp oʻsimligi — savanna. Sohilda mangra oʻrmonlari bor. Gvineyada tartibsiz ovlash natijasida fil, gippopotam, kiyik, yovvoyi choʻchqa, qoplon, gepard kabi hayvonlar kam qolgan. Maymun, ilon, har xil qush, baliq, hasharotlar (jumladan, sese pashsha) juda koʻp.
 
== Aholisi ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Hoz. hududining bir qismi [[Gana]] (taxminan 4—13-asrlar) va Mali (taxminan 13—16 a lar) kabi oʻrta asr davlatlari tarkibiga kirgan. 1725 yilda Gʻarbiy Afrikaning shim.danshimolidan kirib kelgan koʻchmanchi chorvador fulbe kabilasi Futa-Jallonda harbiy feodal davlat tuzgan. 15-asr oʻrtalarida Gvineyada dastlabki yevropaliklar paydo boʻlgan. Koʻp oʻtmay uning qirgʻoq boʻyi yerlari mustamlakachilar qoʻl ostiga oʻtgach, ular 19-asr gachaasrgacha minglab mahalliy aholini qul qilib Amerikaga olib borib sotgan.
 
19-asrda fransuzlar Gvineyani tobe etish uchun keskin kurash olib bordi. [[Fransiya]] bu kurashda gʻalaba qozondi va 1880—90-yillarda uni bosib oldi. 1895 y.yil Fransiya Gvineyasi nomi bilan alohida mustamlakaga aylantirildi. Gvineya xalqi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurashib keldi. 19-asrning 70—90-yillarida malinke xalqining kurashini, Futa-Jallondagi qoʻzgʻolonlarni (1900) fransuzlar qiyinchilik bilan bostirdi. 1904 yilda Gvineya [[Fransiya]] Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Hukumatni fransuz gubernatori boshqardi. Birinchi jahon urushidan soʻng G.da yevropaliklarning banan, ananas, kofe plantatsiyalari paydo boʻla boshladi. Keyinchalik sanoat korxonalari (asosan konchilik sanoati) vujudga keldi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushidan]] soʻng Gvineyada milliy ozodlik harakati avj olib ketdi. 1945—46 yillarda mamlakatda siyosiy partiyalar, toʻgaraklar tuzildi. Afrika Demokratax Birlashmasining seksiyasi sifatida 1947 yilda tashkil topgan Gvineya Demokratik partiyasi mustamlakachilikka qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirish vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1958 yil 2 oktabr referendumiga muvofiq Gvineya mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. 1978 yildan 1984 yilgacha G. Xalq Revolyutsion Respublikasi deb ataldi. 1984 yil aprelda Gvineya Respublikasi nomini oldi. Gvineya 1958 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 24 iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami —2 oktabr— Mustaqillik kuni (1958).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmasi. Gvineya xalqi birlashmasi (1992 yilda tuzilgan), Birlik va taraqqiyot partiyasi (1992 yilda tuzilgan), Taraqqiyot va yangilanish uchun ittifoq partiyasi (1998 yilda tuzilgan). Gvineya mehnatkashlari kon-federatsiyasi (1984 yil tuzilgan) mamlakatning yagona kasaba uyushmasi markazidir.
 
== Xoʻjaligi ==
Gvineya— kon sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.qishloq xoʻjaligi ulushi 28%, sanoat ulushi 27,5% (jumladan, kon sanoati ulushi 23,9%)ni tashkil etadi. Mustaqillikka erishgach, Gvineya milliy iqtisodiyoti ancha tez oʻsa boshladi. Ajnabiylarga qarashli kompaniyalar, banklar, elektr st-yalarstansiyalar, bir qancha korxonalar davlat ixtiyoriga olindi .
 
Qishloq xoʻjaligi — Gvineya iqtisodiyotining negizi. Mehnatga qobiliyatli aholining 74% qishloq xoʻjaligida band. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — [[Qahva|kofe]], [[banan]], [[ananas]], [[sholi]]; shuningdek oqjoʻxori, makkajoʻxori, tariq, maniok, batat, yer yongʻoq va boshqa ekinlar ham ekiladi. Eng muhim texnika ekini — yogʻli palma. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligida qoloq tarmoq; qoramol, qoʻy va echki boqiladi, baliq ovlanadi. Elektr energiyaning koʻpini GESlar beradi. Yiliga 521 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Gvineyada gugurt-tamaki va toʻqimachilik kombinatlari, gʻisht, mebel, avtomobil va velosiped yigʻish, konserva, yogʻ, sabzavot-meva konservalash, yogʻoch tilish zavodlari bor. T. i. uz.—662 km, avtomobil yoʻllari uz.—28,4 ming km. Muhim avtomagistrali Konakri, Kindia, Kankan, Beyla, Nzerekore sh.larishaharlari orqali oʻtadi. Yirik dengiz portlari: Konakri, Kamsar. Mamlakat ichkarisida yuklarning kupi Milo daryosida tashiladi. Gvineya chetga alyuminiy oksidi, kofe, banan, olmos, oltin, boksit, palma yogʻi, ananas, temir ruda chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobil, neft mahsulotlari, metall buyumlar, oziq-ovqat va b. oladi. [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Fransiya]], [[Germaniya]], [[Ispaniya]], [[Kamerun]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — Gvineya franki .
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy muassasalari. Gvineyada aholini emlash va kambagʻallarga tibbiy xizmat — bepul. Shifokorlar Konakri politexnika intininginstitutining tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda katta yoshli aholining 90% savodsiz, odiy oʻquv yurtlari yoʻq edi. 1968 yilda savodsizlikni tugatish milliy boshqarmasi tuzildi, boshlangʻich maktabda milliy tillar oʻqitila boshladi. 7 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻrta maktab 6 yillik. Hunartexnika taʼlimi malakali ishchilar tayyorlaydi. Oliy uquv yurtlari: Konakri politexnika instituti. Kankan politexnika instituti, Fulayya qishloq xoʻjaligi instituti. I.-t. ishlari [[Konakri]] i.-t. va hujjatlashtirish instituti, Kindia mikrobiologiya instituti, Kankan sholi, Kindia meva institutlari, okeanshunoslik, geliofizika va tropik iqlim sharoitida konstruktiv materiallarni sinash ilmiy tadqiqot markazida olib boriladi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekursatuvi. Gvineyada bir qancha gaz. va jur.larjurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Jurnal ofisyel de Gine" ("Gvineya rasmiy gazetasi", fransuz tilidagi hukumat xabarnomasi, oyiga 2 marta chiqadi), "Xoroyya" ("Qadr-qimmat", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1961 yildan chikadi), "Fonike" (oylik jur.jurnal, 1974 yilda asos solingan). Gvineya matbuot agentligi 1960 yilda tuzilgan. Gvineya radioeshittirish va telekursatuvi xizmati hukumatga qarashli. Milliy telekursatuv 1977 yil maydan buyon berib boriladi.
 
== Adabiyoti ==