Islandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Islandiya_info}}
{{Maʼnolari|Islandiya (maʼnolari)}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Islandiya''' (Island), Islandiya Respublikasi (Lydveldid Island) — Atlantika okeanining shim.shimoliy qismidagi Islandiya oroalda joylashgan davlat. Mayd. 103 ming km{{sup|2}}. Aholisi 278 ming kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti — Reykyavik shahri.
== Davlat tuzumi ==
Islandiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944 yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996 yildan Olavur Ragnar Grimsson), u aholi tomonidan toʻgʻri saylov yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni prezident bilan alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi.
 
== Tabiati ==
Islandiya qirgʻogʻi jan.dajanubida tekis, qolgan qirgʻoklari yirik qoʻltiq va fiordlar bilan parchalangan. Yer yuzasining koʻp qismi vulkanlardan xreil boʻlgan plato. Bal. 800 m li togʻ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi harakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m).Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bugli, maʼdanli buloklar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz ikli-mi, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilida yanv.ningyanvarning oʻrtacha temperaturaasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogʻin 500–4000&nbsp;mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km{{sup|2}} muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400&nbsp;km{{sup|2}}, qalinligi 1000 m) va boshqa. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toʻyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Oʻsimligi kam, jami 400 tur kjsak oʻsimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa oʻsmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va oʻtloq. Kichikroq oq qayin oʻrmonlari saklangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shim.shimoliy bugʻusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bogʻlari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qoʻriqxonalar bor.
 
Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til — [[island tili]]. Dindor aholining 93 % [[Protestantizm|protestant]] (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: [[Reykyavik]], Koupa-vogur, Akureyri.
 
== Tarixi ==
Islandiya hududiga taxminan 870 yildan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, [[Shvetsiya|Shvetsiyadan]] kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xoʻjaligi xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000 yilda Shim.Shimoliy Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930 yilda oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka qishloq xoʻjaligi xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262—64 yillarda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380 yildan esa u ([[Norvegiya]] ham) [[Daniya]] bilan uniya (ittifoq) da boʻlgan. 1397 yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537 yildan yana Daniya qara-mogʻida.
 
19-asr 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874—1903 yillari Islandiya baʼzi muxtor huquklarga ega boʻldi. [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushi]] davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). Islandiyaning doimiy betarafligi eʼlon qilindi. 1944 yil maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya bilan uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda Islandiya Respublika deb eʼlon qilindi.
 
Islandiya — 1946 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1997 yil 25 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 36:
Islandiyada 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim, 16 yoshdagi bolalar uchun 3 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Oliy taʼlim ti-zimida 5 universitet, jumladan, Reykyavik universiteti, 11 ixtisoslashgan institut bor.
 
Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik untiuniversiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti (1937) dir. Unda baliqchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi fanlari va b. boʻlimlar bor. Un-tUniversitet xuzurida bakteriologiya va patologiya institutlari ham mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jur.jurnal lar nashr etiladi. Yiriklari: "Altidubladid" ("Xalq, gazetasi", kundalik gaz., 1919 yildan) , "Altidumadu-rini" ("Sotsial-demokrat", haftalik gaz., 1931 yildan), "Vikan" ("Hafta", 2 haftada chiqadigan bezakli jur.jurnal, 1938 yildan) "Vinnan" ("Mehnat", oylik jur.jurnal, 1943 yildan), "Morgunbladid" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gaz., 1913 yildan), "Toudvilinn" ("Xalq erki", kundalik gaz., 1936 yildan). Islandiyada davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966 yil tashkil etilgan.
 
Adabiyeti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakchi janr boʻlgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiyada madaniyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoʻshiqlar qatorida qahramonlik qoʻshiqlari ham yaratildi. 18-asrdava 19-asr boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugʻorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-asr boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati 11 — 13-asrlardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogʻoch oʻymakorligi sanʼati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus ("uzun uy") deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oʻyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogʻoch chetdan keltirilgan. 18-asroʻr-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-asrda keltirilgan yogʻoch, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni qurish urf boʻldi. 1920 yillar meʼmorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, poʻlat sinch) joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri sh.laridashaharlarida 4—5 qavatli uylar, maʼmuriy, jamoat binolari daniyaliklar taʼsirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi meʼmorlar yetishib chik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va b.).
 
Tasviriy sanʼat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida ham qad. naqqoshlik, oʻymakorlik anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asrda milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyadada rassomlik sanʼati — portret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyadaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygʻonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-asrda Kyarval izgʻirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik anʼanalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanʼati turlari (oʻymakorlik, kashtachilik va b.) rivojlangan.
Qator 50:
 
== Teatri ==
Skaldlar sheʼriyati va qad. xalq dostonlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1720 yildan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsata boshladi. Bu teatr 1799 yilda Reykyavikka koʻchdi va 19-asrning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi boʻldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-asr 2-yarmidan havaskorlik teatr toʻgaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalashtirildi. 1897 yilda tashkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pyesalari, shuningdek, V. Shekspir, F. Shiller asarlari sahnalashtirildi. 1950 yil milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan oʻrin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mavjud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I. ning eng yaxshi rej.rejissyor va aktyorlaridir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>{{Yevropa}}
 
== Manbalar ==