Kamerun — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
Kamerun ekvatorial va shimoliy subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Yer yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitogʻlik (1500–2000 m). Kamerun markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qoʻltigʻi sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gazeta.
 
Iqlimi janubida ekvatorial, nam iqlim. Oʻrtacha temperatura fevral yoki martda 24— 28°, iyulyo avgustda 22°—24°. Yillikyogʻin ichki hududlarda 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining gʻarbiy va jan.janubi-gʻarbiy yon bagʻirlarida — 10000 mm gacha). Kamerunning boshqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomgʻir, qishi quruq. Oʻrtacha temperaturaa 19°—24°, shim.dashimolida 26°—33°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Daryolari koʻp va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Koʻplarida kema qatnay olmaydi. Hududining ‘/, qismiga yaqini oʻrmon. Jan. dagiJanubiydagi qizgʻish-sariq ferralit tuproqda doim yashil oʻrmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yogʻoch beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) koʻp. Shim.dagiShimolidagi qizil-qoʻngʻir va qora tropik tuproklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv aygʻiri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qoʻtos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. koʻp. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, Vaza milliy bogʻlari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qoʻriqxonalari barpo etilgan.
 
Aholisining koʻpchiligi bantu (duala, balundu, basa va boshqa), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy eʼtiqodni saqlagan, 35% qismidan ortigʻi xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va boshqa.
 
== Tarixi ==
Kamerun hududidan oʻrta va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Kamerunda dastlab pigmeylar yashab, ovchilik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. 16-asrning 2-yarmidan Kamerunga portugallar, gollandlar, 18-asr boshlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din daʼvatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Yevropaliklar Kamerundan fil suyagi, palma moyi, murch va boshqa olib ketgan. 17— 18-asrlarda Shim.Shimoliy Kamerunda Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida fulbe koʻchmanchilari Shimoliy va Markaziy Kamerunda bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-asrda Markaziy Kamerunda shakllangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18—19-asrlarda Markaziy va Janubiy Kamerunda yana bir qancha davlatlar paydo boʻldi.
 
20-asr boshlarida [[Germaniya]] Kamerunning shimoliy va markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. Birinchi jahon urushi davrida ingliz-fransuz qoʻshinlari Kamerun hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy Kamerun Fransiya, Gʻarbiy Kamerun Buyuk Britaniya nazoratiga oʻtdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1944) hamda Kamerun xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida Kamerun xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi.
 
Nihoyat, 1960 yil 1 yanv.dayanvarda Sharqiy Kamerun mustaqilligi eʼlon qilinib, 13 no-yab.dan Kamerun Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961 yil 1 oktabrda Gʻarbiy Kamerunning Kamerun Respublikasiga birlashuvi natijasida Kamerun Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini koʻtarish choralari koʻrildi: yagona pul va oʻlchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar Kamerun milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-sʼyezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972 yil 20 maydagi referendum natijasida KFR Kamerun Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984 yil 25 yanvardan boshlab Kamerun Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Kamerun — 1960 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika eʼlon qilingan kun (1972).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Kamerunda neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charmpoyabzal, toʻqimachilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Qimmatli nav yogʻoch (temir yogʻoch, qizil yogʻoch) eksport qilishda Kamerun dunyoda 6-oʻrinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat oʻzini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan koʻprogʻi yoqilgʻi yordamida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 2,6 mlrd. kVtsoat ).
 
Qishloq xoʻjaligi ningxoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan koʻprogʻi oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar bilan band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yongʻoq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham yetishtiriladi. Kamerun shim.shimoliy va gʻarbida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik muhim rol oʻynaydi. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qoʻltigʻida turli baliqlar ovlanadi.
 
== Transporti ==
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼri-fiy muassasalari ==
6—12 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Taʼlim Sharqiy Kamerunda fransuz, Gʻarbiy Kamerunda ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% oʻqishga jalb etilgan. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Yaunde untiuniversiteti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy q.x.qishloq xoʻjaligi kolleji, Milliy maʼmuriy maktab, Milliy sport instituti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga koʻmaklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini oʻrganish mintaqa i.t.ilmiy tadqiqot markazi, Q.Qishloq x.xoʻjaligi tadqiqot inti, Demografiya tadqiqotlari instituti, Geogr. milliy instituti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta intiinstituti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde untiuniversiteti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari institutining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy Kamerun xalqlari sanʼati muzeyi, Bafusamda bamilike sanʼati muzeyi, Fumbanda bamum sanʼati muzeyi bor .
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Kamerunda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Kamerun tribyun" ("Kamerun minbari", ingliz va fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1974 yildan), "Kamerun autluk" ("Kamerun istiqboli", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1971 yildan), "Kamerun nuvo" ("Yangi Kamerun", fransuz tilidagi xususiy gazeta, 1984 yildan), "Kamerun tayms" ("Kamerun vaqti", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1960 yildan), "Ofjektif" ("Maqsad", fransuz tilidagi oylik jur.jurnal, 1979 yildan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978 yilda tashkil etilgan. Kamerun radio va telekoʻrsa-tuvi — hukumat mahkamasi, 1988 yilda tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955 yildan olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Xalq ogʻzaki ijodiyoti Kamerun xalqi hayotida muhim rol oʻynaydi. 20-asr boshlarida bamum yozuvi paydo boʻlib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-yillardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida boʻlib, milliy ozodlik harakati bilan chambarchas bogʻlangan. Koʻpchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-asr 50-yillaridagi ozodlik kurashining taʼsiri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" sheʼriy toʻplami va boshqa). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini koʻrsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va h.k.). Kamerun mustaqillikka erishgach, Kamerun madaniyati jamiyati, Kamerun shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963 yildan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jur.jurnal chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (koʻp xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy oʻrin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalarini davom ettirish bilan birga hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy sheʼrlardan iborat "Negrcha niqoblar" toʻplami keyingi yillardagi salmoqli asar boʻldi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
 
== Teatri ==
Kamerun xalqlari oʻrtasida qadimdan raqs-musiqa oʻyinlari — pantomimalar odat boʻlgan. Ayrim raqslar baʼzan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga oʻxshab ketadi. 1955 yil Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona oʻzining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961 yil dayilda Dualada Kamerun xalq, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning koʻriklari, sanʼat festivallari oʻtkazildi.
 
== Kinosi ==