Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Kolombiya_info}}
{{Maʼnolari|Kolumbiya (maʼnolari)}}
'''Kolumbiya''' (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (República de Colombia) — Jan.Janubiy Amerikaning shim.shimoli-gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 1138,9 ming km². Aholisi 46,370 mln. kishi (2012). Poytaxti — Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) shahri. Maʼmuriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7:
 
== Tabiati ==
K.ning sharqiy va shim.shimoliy qismi pasttekislik, gʻarbida And togʻ tizmalari bor. And togʻlarining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Patiya irmoqlari bilan) bir-biridan ajratib turadi. K.ning eng baland joyi — Kristobal-Kolon togʻi (5800 m). And togʻlarining gʻarb va shim.shimoliy da Tinch okean va Karib boʻyi botqoqlashgan pasttekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekisligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va soʻnmagan vulkanlar (Uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va boshqalar) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, zumrad konlari koʻp.
 
K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik temperatura 29°, 1000–2000 m balandlikdagi togʻlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yogʻin 1000–4000 mm. Shim.Shimoli-sharqida 200 mm gacha, Tinch okean pasttekisligida va unga tutash togʻ etaklarida 10000 mm gacha. Daryo koʻp, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va boshqa Yuklarning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va togʻ etaqlaridagi qizilsariq laterit tuproqli yerlarda nam tropik oʻrmonlar bor, qizil tuproqli yerlar savanna (lyanos) bilan qoplangan. Shim.Shimoli-sharqda buta va kaktuslar oʻsadi. Togʻ tepalarida oʻtloqlar (paramos), choʻqqilarida doimiy qorlar bor. Oʻrmonlarda maymun, yaguar, chumolixoʻr, tapir, yalqov, kaltakesak; qushlardan tunan, kolibri va toʻtilar, daryolarda timsoh uchraydi. Milliy bogʻlari: Chiribikete, Paramilo, Syerra-Nevada-de-Santa-Marta.
 
Aholisining aksari kolumbiylar. Ular indeys, ispan, negrlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qoʻshilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili — ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena.
 
== Tarixi ==
Hozirgi K. hududida qadimdan indeys qabilalari yashab kelgan. K. hududiga 1499 yilda ispanlar kelgan. 1530-yillarda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tartibini oʻrnatdilar va mamlakatni Yangi Granada deb atadilar. 1718 yildan Yangi Granada vitse-qirolligiga aylantirildi. 1739 yil Yangi Granada vitse-qirolligi K.dan tashqari hozirgi Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qoʻshib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi. Shulardan eng yirigi 1781 yilgi qoʻzgʻolon boʻldi. Mustaqillik uchun kurash 1810 yildan yanada kuchaydi. 1816 yil may oyida ispan armiyasi qoʻzgʻolonni shafqatsiz bostirdi. Birok, qoʻzgʻolonchilar 1819 yil fevralda mustaqillikka erishgan Venesuela vatanparvarlari yerdamida ispan qoʻshinlarini tor-mor etdilar. 1819 yil dek.dadekabrda Yangi Granada, Venesuela va Ekvador birlashib, Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi tuzilganligi S. Bolivar prezident) eʼlon qilindi. 1830 yil Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va Yangi Granada (Panama bilan birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40- yil lardayillarda mamlakatda Konservativ (yirik zamindorlar) va Liberal (burjua) siyosiy partiyalar vujudga keldi.
 
1851 yil Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863 yildan mamlakat K. Qoʻshma Shtatlari, 1886 yildan K. Respublikasi deb ataldi. Partiyalar oʻrtasidagi raqobat mamlakatda fuqarolar urushiga ("Ming kunlik urush", 1899— 1902) sabab boʻldi. 1903 yil Panama K.dan ajralib, mustaqil davlatga aylandi. 1929—33 yilgi jahon iqtisodiy turgʻunligi K. iktisodiyotiga ancha putur yet-kazdi. 1934 yil K.da baʼzi ilgʻor islohotlar (bepul taʼlim va boshqalar) oʻtkazildi. 1946 yildan K.da terrorchi diktatura oʻrnatildi. Barcha demokratik kuchlar qattiq taʼqib qilindi. Xalqning demokratik gʻalabalarini tugatish siyosati oʻtkazila boshladi. 1948 yil dayilda xalq qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi nobud boʻldi. Maʼmurlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi. Konservatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953 yil davlat toʻntarishi uyushtirdi va harbiy diktatura oʻrnatdi. 1957 yilda umumxalq kurashi natijasida diktatura barham topdi.
 
Konservatorlar bilan liberallar "sherikchilik" asosida "Milliy jabha" blokini tuzdilar (1957—74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal boʻlmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974—78 yillarda bir qator ilgʻor islohotlar oʻtkazdi. 1978 yil saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 yil prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango prezident, liberallar vakili G.B.Lesmus esa vitse-prezident etib saylandi. K. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 iyul — Mustaqillik kuni (1810).
Qator 24:
 
== Xoʻjaligi ==
K. — agrar-industrial mamlakat. Jan.Janubiy Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida importga erk berish, samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirish, xorijiy sarmoyani jalb etish koʻzda tutilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% qishloq xoʻjaligida, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashgʻul. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27%, qishloq xoʻjaligining ulushi 22%.
 
== Sanoati ==
Qator 37:
 
== Tibbiy xizmati ==
Bemorlarga, asosan, xususiy tarzda xizmat koʻrsatiladi. Vrachlar 9 ta oliy oʻquv yurtining tibbiyot f-tidafakultetida tayyorlanadi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi bepul va majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 6 yil Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Mutaxassislar hunar-texnika bilim yurtlari va ped. oʻquv yurtlarida, oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 200 dan koʻproq oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 25 davlat va 35 xususiy universitet bor. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Bogotada K. Milliy untiuniversiteti (1867 yil dayilda asos solingan), Valye untiuniversiteti (1945), Xaverian xususiy katolik untiuniversiteti va boshqa Ilmiy muassasalari: K. tarix akademiyasi(1902), K. yuridik fanlar akademiyasi (1894), Tibbiyot fanlari akademiyasi (1890) — hammasi Bogotada; Kartaxena, Medelin, Tunxa va boshqa shaharlarda tarix akademiyalari, bir qancha ilmiy jamiyatlar ishlaydi. Bogotada Milliy kutubxona, Medelinda universitet kutubxonasi, Bogotada Milliy universitet kutubxonasi va boshqa bor. Muzeylari: Milliy, Mustamlaka davri sanʼati, Milliy antropologiya, Milliy arxeologiya muzeylari, Oltin buyumlar muzeyi, S. Bolivar muzeyi — (hammasi Bogotada), Medelindagi tabiiy fanlar muzeyi va universitet muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da 30 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Ekspektador" ("Kuzatuvchi", 1887 yil danyildan), "Tyempo" ("Vaqt", 1911 yildan), "Pays" ("Mamlakat", 1950 yildan), "Nuevo siglo" ("Yangi asr", 1932 yil danyildan), "Kolombiano" ("Kolumbiyalik", 1912 yildan). Ankol hukumat axborot agentligi ishlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980 yilda asos so-lingan. Radioeshittirish 1929 yil dan, telekursatuv (toʻla davlat tasarrufida) 1954 yildan ishlaydi. Mamlakatda hammasi boʻlib 200 ga yaqin radiost-yaradiostansiya, 50 telestudiya bor.
 
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 yilda paydo boʻlgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-asr boshlarida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash yillari (1810—26)da vatanparvarlik ruhidagi klassitsizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va boshqa ijodi). X. X. Ortiye, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va boshqa yozuvchilar indeys qabilalarining oʻtmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida "Yelkan ramzi", "Arboledlar jamiyati" va boshqa toʻgaraqlarda uyushgan X.A.Silva, M.A.Osodio va boshqa shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. Birinchi jahon urushidan soʻng K. adabiyotida "avangardizm" paydo boʻldi. "Konrod epopeyasi" dostonining muallifi — A.M.Mutis, L.K.Lopes va boshqa ijtimoiy sheʼriyat anʼanalarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimoiy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va boshqa ijodida kishilarning tabiat bilan toʻqnashuvini tasvirlash asosiy mavzu boʻldi. X.A.Osorio Lisarasoning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi "Yer ostidagi odam" va taraqqiyparvar arbob Gaytan oʻlimi toʻgʻrisidagi "Nafrat kuni" romanlari K. nasrining yutugʻihisoblanadi. 50-yillarda koʻproq partizanlar qarakatiga bagʻishlangan asarlar turkumi ("zoʻravonlik haqida romanlar") paydo boʻldi. G.G.Markesning "Yolgʻizlikning yuz yili" romani K. nasri rivojida muqim rol oʻynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va boshqa oʻz asarlari bilan K. sheʼriyatiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
Qator 50:
 
== Tasviriy sanʼati ==
K. hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulollik buyumlari, oltin, kumush haykallar, tilla taqinchoqlar tayyorlash) rivojlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillik boshlarida San-Agustin madaniyati (Jan. K. oʻrmonlaridagi tosh qaykalchalar, boʻrtma tasvirlar), bu madaniyatga yaqin Tyerradentro, Narino, Kalima madaniyatlari ham mavjud boʻlgan. 16-asrgacha markaziy va shim.shimoliy viloyatlarda chibcha indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumush zeb-ziynat buyumlari, haykalchalar, idishlar, toʻqimachilik, oʻymakorlik namunalari). 16—17-asrlarda mahalliy rassomlik maktabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mavzularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19—20-asr boshlarida P.X.Figeroa, X.M.Espinosa kabi rassomlar xalqning mustaqillik uchun kurashi mavzularida asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqish kuchaydi. P.N.Gomes Agudelo, I.Gomes Haramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L.A.Akunya kabi rassomlar, X.O.Betankur, R.Roso va boshqa haykaltaroshlar mashhur. 1930 yilda asos solingan K. Badiiy akademiyasi keyinchalik Bogota nafis sanʼat maktabiga aylantirildi.
 
== Musiqasi ==
Ispan istilochilarining xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, hozirgi Kolumbiya hududida yashagan indeyslarda harbiy musiqa yaxshi rivojlangan, ular gʻalabani musiqa va qoʻshiqlar bilan nishonlagan. Motam marosimlarida marhumning botirligini taʼriflovchi qoʻshiqlar aytilgan. Hosil yigʻimi, qabila boshligʻi uchun saroy qurilishi ommaviy raqs va qoʻshiq bilan yakunlangan. Bosqinchilar kelgach, indeys musiqasiga yevropacha unsurlar taʼsir eta boshladi.
 
K. musiqasida kreol, indeys, negr ohanglari qorishib ketgan. 17-asr boshlarida professional musiqa vujudga keldi va 18-asr oxiridan dunyoviy musiqa rivojlana boshladi. 1784 yil Bogotada birinchi puflama sozlar orkestri tuzildi. 19-asrning 40-yillarida K. musiqa sanʼatining rivojlanishida Italiya opera truppalari va K.da yashovchi Yevropa kompozitorlarining roli katta boʻldi. 19-asr boshlarida K.da yashagan ingliz E. Prays K. Filarmonik konsert jamiyatini, uning oʻgʻli J.Prays Milliy musiqa akademiyasini tashkil etdi (1882; 1910 yildan Milliy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindichi (milliy madhiya muallifi), "Ester" va "Florinda" operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-asrning mashhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliy simfonik orkestrning asoschisi — dirijyor G. Espinosa, kompozitorlar G. Uribe Olgin, A. Mariya Valensiya, qoʻshiqchi L. Masia, musiqashunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va boshqa 20-asrda K. musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogotada opera teatri, milliy konservatoriya, folklorni oʻrganuvchi i.t.ilmiy tadqiqot markazi, "Folklor baleti" bor. K. milliy radiosi mumtoz va milliy musiqani targʻib qilish sohasida katta ish olib borayotir.
 
== Teatri ==
18-asr oxirlarida Bogotada ilk bor teatr tomoshalari koʻrsatilgan. X.M.Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A.L.Gomes, A.Alvares Lyeras, L.E.Osorno va boshqa 19-asrda hamda 20-asr 1-yarmida koʻzga koʻringan K. dramaturglari hisoblanadi. 50-yillar oʻrtalarida K. teatrining faoliyati yaxshilandi, truppalar paydo boʻldi, festivallar oʻtkazildi. Milliy drama sanʼati maktablari tashkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanishida Kalidagi Tajriba teatri, madaniyat uyi va "La mama" truppalari, shuningdek, Bogotadagi Xalq teatri muhim rol oʻynaydi. Un-tUniversitet teatrlari ham keng yoʻlga qoʻyilgan (ular 1966 yildan festival oʻtkazib turadi). Zamonaviy mashhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K.X.Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hozirgi K. teatri sanʼatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan.
 
== Kinosi ==
K.da dastlabki hujjatli filmlar ("San-Kristobal manzarasi", "Bogotada harbiy parad") 1907 yil dayilda suratga olindi. 1910-yillarda voqeiy filmlar yaratishga kirishildi. 1914 yilda rej.rejissyor F.Markoning "Ishonch tantanasi" toʻla metrajli yarim hujjatli filmi chiqarildi. "Aura yoki gunafshalar" (1923), "Antokiya osmoni ostida" (1924), "Kondorlar uyasi" (1925) koʻngilochar va xajviy kinolentalari bilan badiiy filmlar yaratishga asos solindi. 1937 yilda aka-uka Aseveolar birinchi ovozli hujjatdi filmni yaratdilar. 1939 yildagi "Vodiy gullari" filmi dastlabki ovozli badiiy film boʻldi. 50-yillar oxiri va 60-yillarda milliy kino sanʼati yuksala boshladi. Ilgor ijtimoiy yoʻnalishdagi filmlar ("Tosh ildizlar", "Kolumbiyaning uch tarixi", "Achchiq yer", "Donaso" va boshqalar) yaratildi. Hujjatli kino rej.laridanrejissyorlaridan K.Alvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning shakllanib, kamol topishiga katta taʼsir oʻtkazdi ("Kunlardan bir kun", "Demokratiya nima" va boshqa filmlar). Keyingi yillarda "Qachongacha" (rej.rejissyor B.Ventura), "Firibgarlik" (rej.rejissyor L.Sanches), "Toza qon" (rej.rejissyor L.Ospina), "Diyorimiz ovo-zi: oʻtmish va kelajak" (rej.rejissyor M. Rodriges, X.Silva) va boshqa filmlar muvaffaqiyat qozondi. 1960 yildan Kartaxenada Xalqaro kinofestivallar oʻtkazib turiladi. 1971 yil Bogotada kinematografiya instituti tashkil qilingan. Unda rej.larrejissyorlar, ssenariychilar, operatorlar tayyorlanadi. K.da 650 kinoteatr bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->