Komorlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
15—19-asrlarda orollarda musulmon sultonlari hukmronlik qilgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1598 yilda gollandlar borgan. 19-asrda Fransiya bu orollarni bosib olib, mustamlakaga aylantirgan. 1946 yil Qamar orollari Fransiyaning Madagaskar mustamlakasi tarkibidan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. 1961 yilda Fransiyaning "dengiz orti \ududi"; 1968 yil dayilda ichki oʻzinioʻzi boshqaruv maqomini oldi. 1975 yil 6 iyulda Qamar orollari deputatlar palatasi oʻz tashabbusi bilan mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. 1978 yil 1 oktyabrgacha mamlakat Qamar orollari Respublikasi, soʻngra Qamar orollari Federal Islom Respublikasi deb ataddi; 2002 yildan hozirgi nomda. 1999 yil 30 aprelda polkovnik Azali Assumani rahbarligidagi harbiy toʻntarish natijasida prezident Tojiddin bin Said Massunde hokimiyatdan chetlashtirildi, 1996 yilgi konstitutsiya bekor qilindi, barcha davlat muassasalari tarqatib yuborildi. Muvaqqat konstitutsiya amal qila boshladi. 1999 yil 6 mayda Azali Assumani oʻzini prezident deb eʼlon qildi. Qamar orollari — 1975 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Milliy bayrami — 6 iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1975).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==