Kongo Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Kongo Respublikasi hududi, asosan, Kongo botigʻida joylashgan. Mayombe togʻlari (balandligi 930 m gacha) kambar (eni 40– 50 km) dengiz boʻyi pasttekisligiga parallel yotadi. Mamlakatning shim.shimoli-gʻarbi tekislik boʻlib, unda ayrim togʻlar qad koʻtargan (Nabemba choʻqqisi — 1000 m). Kongo Respublikasining qolgan qismi botqoqlashgan allyuvial tekisliklardan iborat.
 
Iqlimi issiq; shim.shimoliy sernam ekvatorial, jan.janubiy quruq subekvatorial iqlim. Eng issiq oyi (aprel)ning oʻrtacha temperaturasi 24—27°, eng salqin oyi (iyul)niki 20—25°. Yillik yogʻin 1500–2000 mm, jan.janubiy chekkasida 1200–1400 mm. Daryo koʻp, hammasi sersuv. Yiriklari Kongo .va uning oʻng irmoqlari — Ubangi, Sanga, Likvala, Alima. Kema katnaydi. Qizil-sariq ferralitli tuprok,larda qimmatbaho yogʻoch beradigan (limba, okume va boshqalar) oʻrmonlar, jan.dajanubida savannalar mavjud. Hayvonlardan maymun, fil, begemot, qoplon yashaydi; parranda turlari koʻp. Timsoh, ilon, hasharotlar (jumladan, setse pashsha va h.k.) uchraydi. Kongo Respublikasida Lefini qoʻriqxonasi va Odzala milliy bogʻi bor.
 
Aholisi bantu tili oilasiga mansub xalqlar (kongo, teke, mboshi, sanga, bobangilar)dan iborat. Tropik oʻrmonlarda pigmey qabilalari yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining 46% shaharlarda yashaydi. Dindorlar — katoliklar, protestantlar, bir qismi anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, musulmonlar ham bor. Yirik shaharlari: Brazzavil, Nkayi, Lubomo, Mosenjo.
Qator 19:
Kongo Respublikasi hududida vililar yashaydigan sohilda Loango, tekelar yashaydigan Malebo atrofida Teke (Tio) davlatlari vujudga kelgan. Ular bilan yevropaliklar oʻrtasida aloqa oʻrnatila borgan, qul savdosida hamkorlik qilingan. 19-asr oxirida Kongo daryosi havzasida fransuzlar paydo boʻlgan. Ekspeditsiya qoʻmondoni P. Savornyan de Brazza 1880 yilda Nkuna manzili (hozirgi Brazzavil shahri)ga asos soldi. 1880 yildan Kongo Respublikasi Fransiya protektorati, 1886 yildan mustamlakasiga aylantirildi. 1903 yildan Oʻrta Kongo Respublikasi deb nomlandi.
 
Kongo Respublikasi 1960 yil 15 avg .daavgustda mustaqillikka erishdi. Shu yilning 20 sentabrdan BMT aʼzosi, 1969 yil 30 dek.dadekabrda Xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1991 yildan mamlakat Kongo Respublikasi Respublikasi deb atala boshladi. Milliy bayrami —15 avg .avgust — Mustaqillik kuni (1960).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 39:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Kongo Respublikasida bir qancha gaz. nashr etiladi. Yiriklari: "Mveti" ("Yulduz" fransuz tilidagi kundalik gaz., 1977 yil danyildan), "Bakento ya Kongo" ("Kongo xotinqizlari", fransuz tilida 3 oyda 1 marta chiqadigan gaz.), "Vua de la klass uvriyer" ("Ishchilar sinfi ovozi", fransuz tilida 1 yilda 6 marta chiqadigan gaz.), "Jenes e revolyuson" ("Yoshlar va inqilob", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1977 yildan), "Kombattan ruj" ("Qizil jangchi", fransuz tilidagi oylik gaz.), "Smen afriken" ("Afrika haftasi", fransuz tilidagi gaz., 1952 yil danyildan). Kongo Respublikasi axborot agentligi 1962 yilda tuzilgan. Kongo Respublikasi milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuviga 1962 yilda asos solingan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 57:
 
== Kinosi ==
70-yillarning boshida hujjatli filmlar chiqarildi. 1974 yil birinchi toʻliq metrajli badiiy film — "Qalin puli" (rej.rejissyor S.Komiba) yaratildi; film Kongo Respublikasi yozuvchisi J.Malonganing "Mpfumu Ma Mazono afsonasi" romani asosida ekranlashtirildi. 1977 yil Kongo Respublikasida kinematografiya milliy boshqarmasi tashqil etildi. Uning "Ibodatxona", "Jangchilar" (rej.rejissyor J.M.Chissuku) filmlari yaxshi koʻtib olindi. 1980—90-yillarda ham bir qancha badiiy filmlar yaratildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Ma'muriy-hududiy bo'linishi ==