Liberiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
L. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986 yil kabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1997 yil 2 avg .danavgustdan Ch. Teylor). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan iborat: vakillar palatasi va senat.
 
== Tabiati ==
Sohili birmuncha parchalangan pasttekislik, koʻp joylarida tokembriy kristalli zamini yer yuziga chiqib yotadi. Yer yuzasi mamlakat ichkarisiga tomon balandlashib, Leon-Liberiya qiriga ulanib ketadi. Eng baland joyi 1381 m (Kolaxun togʻi). Te-mir, olmos, oltin, boksit, grafit, marganets, uran konlari bor. Iklimi issiq va sernam. Oylik oʻrtacha temperatura 24° atrofida. Yillik yogʻin ichki r-nlaridarayonlarida 1500–2000 mm, sohilda 5000 mm gacha. Daryo koʻp; ularning aksari Leon-Liberiya qiridan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Katta daryolari: Mano, Loffa, Sent-Pol, Sent-Jol, Sess va boshqa L. hududining 1/3 qismi doim yashil kalin ekvatorial oʻrmonlar. Tuprogʻi qizil-sariq laterit tuproq. Qi-zil, palisandra, kauchuk (geveya) va boshqa qimmatbaho daraxtlar usadi. Kofe daraxti, moyli palmalar ham bor. L.ning Gvineya Respublikasi bilan che-garadosh qismlari baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi hamda akatsiya va baobabli savannadan iborat. Sohili mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Savannalarda buyvol, kiyik, qoplon, toʻngʻiz va boshqa uchraydi. Oʻrmonlarda maymun, ilon, qush, hasharotlar (setse pashsha) koʻp. Sapo milliy bogʻi va boshqa koʻriqxonalar bor.
 
Aholisining koʻpchiligi mande xalqlari (kpelle, loma, mano va boshqalar) tillarida soʻzlashuvchi oʻzaro yaqin xalqlardan iborat. L.ning jan.janubiy qismida va sohilda Gvineya guruhiga mansub xalqdar (kru, grebo, kran, gere va boshqalar), shim.shimoli-gʻarbida atlantika guruhi tiliga mansub xalqlar (gola, kisi va boshqalar) yashaydi. Aholining 2% amerikalik negrlar av-lodlari. Shahar aholisi 46%. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining aksari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon va xristian. Yirik shaharlari: Monroviya, Ganta, Byukenen, Harper, Robertspor.
 
== Tarixi ==
L. xalqining qad. tarixi kam oʻrganilgan. 15-asrning 2-yarmidan hozirgi L.ning sohil qismida yevropaliklar (portugallar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar) paydo boʻla boshladi. 1821 yil AQShdan kelgan bir guruh sobiq qul negrlar mahalliy qabila boshliklaridan Mesurado burunini sotib oldilar. Bu yerda AQSH prezidenti J. Monro sharafiga Monroviya nomi bilan manzilgoh barpo qilindi. Keyinchalik bir qator aholi yashaydigan hudud L. nomini oldi. 1834—36 yillarda Merilend, Bassa-Kov, Grinvill kabi shaharchalar paydo boʻldi. 1839 yil 1 apr.daaprelda mazkur manzilgohlarning (Merilend bundan istisno, u 1857 yil L. respublikasiga qoʻshildi) barchasini federatsiya asosida birlashtiruvchi L. Hamdoʻstligi tuzshtdi. 1847 yil 26 iyulda L. respublika deb eʼlon qilindi. Oʻzlarini amerikalik liberiylar deb atagan muhojirlar davlat idoralarida va iqtisodiyotda hukmron mavqeni egalladilar. Lekin mamlakat iqtisodiyoti deyarli chet elliklar taʼsirida edi. 1918 yil boshlarida L. Birinchi jahon urushi (1914—18) da Antanta tomonida qatnashdi.
 
Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillarida L. 1944 yilda fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. Urushdan keyin L. hukumati mamlakatdagi tub aholi bilan amerikaliklarning avlodlari oʻrtasidagi tengsizlikni tugatish maqsadida "birlashish siyosati", shuningdek, mam-lakatda yagona xalq — liberiylar yashashligini eʼlon qildi. 1945 yil tub aholi erkaklariga saylash va davlat muassasalarida ishlash huquqi berildi. 1980 yilda S Dou boshchiligidagi askar va kichik zobitlar davlat toʻntarishi uyushtirdilar. Hokimiyat Xalq najot kengashi qoʻliga oʻtdi. 1989 yilda Milliy vatanparvar jabhasi Charlz Teylor boshchiligida prezident S. Douning isteʼfoga chiqishini talab qilib, qurolli kurash boshladi. 1990 yil 2 sentabrda "L. kelajagiga bagʻishlangan milliy anjuman"da muvaqqat hukumat tuzildi va prezident S. Dou agʻdarib tashlandi. 1993 yil iyulda mamlakatdagi uch siyosiy kuch oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bi-timni imzoladi. Saylovgacha oliy hokimiyatni boshqaruvchi Davlat kengashi tuzildi. Lekin belgilangan mud-datda mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishilmadi. 1995 yil 19 avg .daavgustda bir-biriga qarshi boʻlgan 5 guruh yetak-chilari mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish toʻgʻrisidagi yangi bitimni im-zoladilar. Oʻtish davri uchun yana hoki-miyatning oliy organi — Davlat kengashi tuzildi va u umumiy demokratik saylov oʻtkazishga tayyorgarlikni boshladi. 1997 yil 19 iyulda oʻtkazilgan say-lovda mamlakat prezidenta va parlamenta saylandi. L. — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 iyul— Mustaqillik kuni (1847).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 35:
Sogʻliqni saqlash asosan davlat ixtiyorida. Vrachlar L. universitetida, tibbiyot milliy institutida tayyorlanadi.
 
Maorifi va ilmiy muassasalari. L.da amerikacha oʻqish tartibi joriy etilgan, oʻqish ingliz tilida olib boriladi. 4—6 yoshdagi bolalar bogʻchalarda tarbiyalanadi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil Rasman 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablarida oʻqish bepul, oliy oʻquv yurtlarida pulli. Oliy oʻquv yurtlari: Monroviyadagi davlat untiuniversiteti (1862, 1951 yildan universitet), Kattington universitet kolleji (1889), Texnologiya kolleji (1978). Ilmiy muassasalari: Suakokodagi markaziy tajriba st-yasistansiyasi (1946), Harbeldagi tropik tibbiyot instituti, geogr. va qora metallurgiya jamiyati va boshqa L. davlat universitetining kutubxonasi, Monroviyada hukumat ku-tubxonasi, Milliy va Afrika muzeylari bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L.da bir qancha gaz. va jur.jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Deyli observer ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981 yildan), "Gerald" ("Xabarchi", ingliz tilidagi gaz., 1987 yildan), "Sandi pipl" ("Yakshanbada xalq", ingliz tilidagi gaz.,), "Sandi ekspress" ("Yakshanba ek-spressi", ingliz tilidagi gaz.,) "Laybirian star" ("Liberiya yulduzi", ingliz tilidagi haftalik jur.jurnal, 1954 yildan). L. axborot agentligi 1978 yilda tuzilgan. L. radioeshittirish tizimi hukumat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati boʻlib, 1960 yil tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Kru, vai, malinke va boshqa xalqlar, ingliz tilida soʻzlaydigan amerikalik negrlarning avlodlari folklor (ertak, afsona, masal, maqol va boshqalar)ga boy. 1957 yil nashr etilgan "Grebo qabilasining tarixiy afsonalari va folklori" kitobida uning ayrim namunalari berilgan. 19-asrning 30-yillarida M.D.Bukre vai xalqi tilida shu xalqning ilk tarixini yezdi. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida rav-naq topdi. Adabiy kuchlar Yozuvchilar jamiyati atrofiga toʻplanishgan. Bayti Mur ("Yulduz changi" sheʼrlar toʻplamining muallifi), Liberiya universitetining prof.professor R. T. Dempster (L. adabiyoti antologiyasini tuzgan), yozuvchi Doris Benks Xenris, shuningdek, Edip Brayt ("Kundalik" pyesasining muallifi) L.ning mashhur adiblari hisoblanadi. L. adiblarining eng yaxshi asarlari mustamlakachilarni krralaydi, vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etadi.
 
Meʼmorligi va xalq sanʼati. L.ning markaziy hududlarida turar joylar, asosan, aylana, qisman toʻrtburchak sinchli kulbalardan iborat. Bu kulbalar loy bilan suvaladi, tomi, odatda, poxol, shox-shabba bilan yopiladi. Devorlari naqsh, yogʻoch oʻymakorligi bilan be-zatiladi. Sohillardagi shaharlarda (Monroviya va boshqa shaharlarda) 2—3 qavatli sinchli yogʻoch uylar (devorining pastki qismi betondan), shuningdek, ayvonli tosh uylar koʻp. Keyingi yillarda yirik jamoat binolari zamonaviy Yevropa meʼmorligi uslubida kurila boshladi. Turli diniy marosimlarda kiyiladigan kiyimlarning bir qismi boʻlib xizmat qiladigan yogʻoch ni-qoblar koʻp tayyorlanadi. Bu niqoblarning baʼzilarida xalqning etnik xu-susiyatlari, ayrimlarida masharabozlik unsurlari koʻrinadi. Xalq sanʼati turlari orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻquvchilik, mayda-chuyda metall anjomlar tayyorlash keng tapqalgan.