Liviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Liviya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Liviya''', Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi (Al-Jamahiriya al-Arabiya al-Libiya ash-Shaʼbiya alIshtirokiya) — Shim.Shimoliy Afrikadagi davlat. Maydoni 1759,5 ming km². Aholisi 5,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Tripoli shahri Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (baladiyya)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8 ⟶ 7:
 
== Tabiati ==
Liviya hududining 98% subtropik chala choʻl (shim.da) va tropik choʻldan (jan.da) iborat. Qirgʻoq chizigʻi nisbatan tekis. Eng katta va yagona qoʻltigʻi — Sidra. Liviya yer yuzasining koʻp qismi plato (balandligi 200–600 m). Jan.da Tibasti togʻligining tarmoqlari (balandligi 2286 m gacha) bor. Mamlakatning sharqiy kismini Liviya nuli egallagan. Geologik jihatdan Liviya hududi Afrika platformasi shim.shimoliy yon bagʻrining bir qismidan iborat. Tokembriy kristalli jinslar yer yuziga chiqib yotadi. Soyliklar choʻkindi jinslar bilan tulgan. Liviyaning markaziy qismida yosh vulkan jinslari koʻp. Yuqori boʻr — paleogen yotqiziqlari orasida neft konlari bor; gaz, temir rudasi, fosforit va boshqa qazilma boyliklar ham mavjud.
 
Iqlimi tropik, choʻlga xos iqlim. temperaturalarning mavsumiy va sutkalik farqi katta. Mamlakat shim.dashimolida subtropik iqlim, Oʻrta dengizga xos. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.dashimolida 11 — 12° va janubida 15—18° gacha, iyulniki shim.dashimolida 27—29° va janubida 32—35°gacha, eng yuqori temperatura (50° dan oshadi) Liviya choʻlining markazida. Yillik yogʻin mamlakat shim.dashimolida 250–350&nbsp;mm dan (Tripolida) 400–625&nbsp;mm gacha (Kirenaikada). Issiq va kuruq hamsin shamoli esib turadi. Doim oquvchi daryolari yoʻq. Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda vohalar bor. Kuruqoʻzanli vodiy koʻp.
 
Sohildagi boʻz va boʻz-jigarrang tuproqli yerlarda akatsiya, tamariks, makvis, kedr, sarv; jan.roqda dagʻal ut va buta usadi. Chul qismida oʻsimlik juda siyrak.
 
Hayvonot dunyosi, asosan, sudralib yuruvchilar (ilon, kaltakesak)dan iborat; chayon kup. Shim.daShimolida sirtlon, kash-qir, tulki, quyon uchraydi. Vodiylarda kushlar bor. Milliy bogi — Kuf.
 
Aholisining 98% arablar. Barbar, tuareg va tubular, yirik shaharlarida yevropalik (asosan, italyan)lar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom (musulmonlarning aksari sunna mazhabida). 90% aholi mamlakatning shim.shimoliy qismida, choʻlda siyrak, bir qismi koʻchmanchi. Ahrlining 82% shaharlarda yashaydi (1990). Yirik shaharlari: Tripoli va Bingʻozi.
 
== Tarixi ==
Qator 27 ⟶ 26:
Liviya takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 yillarda Tashqi ishlar vazirlari kengashi (Ikkinchi jahon urushidan keyin yarash bitimlarini tayyorlash maqsadida taʼsis etilgan xalqaro organ)da, soʻngra BMTda muhokama qilindi.
 
1949 yil noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Liviyaga 1952 yil 1 yanv.danyanvardan mustaqillik berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1950 yilda chaqirilgan Milliy taʼsis majlisi Liviya konstitutsiyasini qabul qildi. 1951 yil 24 dekabrda mustaqil Liviya Qoʻshma Podshohligi (tarkibida Kirenaika, Tripolitaniya, Fetssan vilo-yatlari boʻlgan federatsiya) tuzilganli-gi eʼlon qilindi.
 
1963 yilda Liviya unitar davlat deb eʼlon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamon yirik zamindorlar, qabila shayxlari qoʻlida edi. Demokratik harakatlar qattiqqoʻllik bilan bostirilar edi.
Qator 36 ⟶ 35:
 
== Xoʻjaligi ==
Liviya rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,6%, qishloq xoʻjaligi ningxoʻjaligining ulushi 5,5% (1989).
 
Sanoati neft va gaz konlari, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konservalari, tamaki mahsulotlari), toʻqimachilik (jun gazlama), koʻnchilik korxonalaridan iborat, bir necha elektr st-yalaristansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat korxonalarining koʻpchiligi Tripoli, Bingʻozi va boshqa sha-harlarda joylashgan. Misurotada yirik metallurgiya majmuasi, boshqa shaharlarda quvur, elektr simlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, traktor va avtomobil yigʻuvchi zavodlar bor. Hunarmandchilik rivojdangan.
 
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar oʻrmonlar bilan birga 4,2 mln.ga (2%). Asosiy ekinlari: arpa va bugʻdoy. Sabzavot, meva (apelsin, mandarin, xurmo, uzum), yer yongʻoq, zaytun, tamaki ham yetishtiriladi. Liviya Sahroi Kabiridagi aholining asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, tuya, yilqi, eshak boqiladi. Sohil yaqinidagi suvda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
Qator 48 ⟶ 47:
 
== Tibbiy xizmati ==
Shifokorlar Bingozidagi universitetning tibbiyot f-tidafakultetida, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari maxsus maktablarda tayyorlanadi. Tibbiy xizmat tizimi asosan davlat qaramogʻida.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1975 yildan 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil Barcha bosqichlardagi taʼlim — bepul. Liviyada 10 universitet, 17 oliy oʻquv yurti, 14 i.t.ilmiy tadqiqot markazi bor. 1975 yilda Afrikadagi eng yirik neft tadqiqotlari lab.laboratoriya tashkil etilgan. Tripolida Davlat kutubxonasi (1917) va universitet kutubxonasi, Bingʻozida Xalq kutubxonasi, Bingʻozi untiuniversiteti kutubxonasi bor. Tripolida arxeologiya, etn., islom, tabiat tarixi muzeylari, Leptis-Magna, Sabrata va boshqa shaharlarda qad. tarix muzeylari mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L .da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.larjurnallar: "Al-Fajr alJadid" ("Yangi tong", arab tilidagi kundalik gaz., 1978 yildan), "Al-Jamahiriya" (arab tilidagi haftalik gaz., 1980 yildan), "Az-Zahf al-Axdar" ("Yashil hujum", arab tilidagi haftalik gaz., 1980 yildan), "Al-Muntijun" ("Ishlab chiqaruvchi", arab tilidagi haftalik gaz., 1978 yildan), "Jeysh ash-Shaʼb" ("Xalq armiyasi", arab tilidagi oylik jur.jurnal, 1971 yildan). Jamahiriya axborot agentligi (JANA) — rasmiy axborot mahkamasi boʻlib, 1965 yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish korporatsiyasi 1957 yilda tuzilgan. Telekoʻrsatuv xizmati 1968 yilda tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 63 ⟶ 62:
 
== Musiqasi ==
Liviya va qoʻshni Magʻrib mamlakatlarining musiqasi koʻp asrlar davomida oʻzaro hamohang rivojlanib keldi. Shu sababli mazkur mamlakatning musiqa madaniyati (musiqa asboblari, janrlari, parda oʻlchovlari) mushtarakdir. Liviya musiqasi tarixiga oid maʼlumotlar deyarli yoʻq. Mamlakat tub aholisi — barbarlar musiqasida ohang , sheʼr va raqs oʻzaro qovushib ketgan. Surnay, rubob, ud, qonun, tor kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Azon aytish, Qurʼon suralarini oʻqishda aloxida musiqiy ohang beriladi. Maqamlar tizimi ham rivojlangan.
 
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yevropa musiqasi taʼsir eta boshladi. Konsert ijrochiligi, estrada musiqasi kabi yangi shakllar paydo boʻldi. Mustaqillikka erishilgach (1951), musikaga eʼtibor kuchaydi. Teatr va musiqa ishlari bosh boshqarmasi tuzildi (1973). Milliy folklor ansambli shuxrat qozondi. Tripolidagi sanʼat va hunarmandchilik maktabi, Bingʻozidagi universitetda musika kadrlari tayyorlanadi.
 
== Teatri ==
Xalq tomosha anʼanalariga aylanib qolgan "Fonusxayol", qoʻgʻirchoq teatrlari va oʻziga xos ogʻzaki jur.jurnal (koniakl axborot) Liviyada zamonaviy teatrning paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1935 yil Darnada Muhammad Abulhodi birinchi teatr truppasini tuzdi va bu truppa Misr, Yevropa teatri sanʼati taʼsirida rivojlandi. Liviya mustaqillik yillarida qator havaskorlik toʻgaraklari va professional uyushmalar: milliy musikali drama truppasi, Abdulhamid al-Mijrob rahbarligida Tripolidagi "Al-Amal", Misurotadagi "At-Toj-al-Fiddi" va boshqa paydo boʻldi. 1951 yil Mustafo Muhammad Lamir Milliy teatr uyushmasi (aktyor va dramaturglar birlashmasi) — birinchi Liviya teatrini tuzdi. Bu teatr re-pertuaridan Molyer, N. V. Gogol, hozirgi zamon Misr va Liviya dramaturglari asarlari mustahkam oʻrin oldi. Keyingi yillarda bir qancha xalq musiqa-raqs guruxlari ishlay boshladi. 1963 yil Tripolida musiqa-drama bilim yurti tashkil etildi. Bingʻozida xalq teatri truppasi, Tripoli va Darna shaharlarida milliy teatrlar mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->