Lixtenshteyn: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 4:
'''Lixtenshteyn''' (Liechtenstein), Lixtenshteyn Knyazligi (Fürstentum Liechtenstein)— Markaziy Yevropadagi davlat (knyazlik). Reyn daryosining oʻng sohilida, Avstriya bilan Shveysariya orasida joylashgan. Maydoni 160 km², aholisi 32,5 ming kishi (2001); koʻpchiligi lixtenshteynliklar (asli avstriyaliklar va shveysariyalik nemislar). Davlat tili — nemis tili. Hukmron dini — katolitsizm. Poytaxti — Vaduts shahri Yirik shaharlari: Shan, Balsers, Trizen. L. hududi maʼmuriy jihatdan 11 jamoaga boʻlinadi.
== Davlat tuzumi ==
L. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1921 yil 5 okt.daoktabrda kuchga kirgan (1938, 1939, 1965 va 1990 yilda oʻzgartirishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — knyaz (1990 yildan knyaz Xans Adam II fon Lixtenshteyn). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz va bir palatali parlament (landtag), ijroiya hokimiyatni hukumat — bosh vazir, uning oʻrinbosari va 3 aʼzo amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 17:
 
== Xoʻjaligi ==
L. — industrial-agrar mamlakat. Mehnatga yaroqli aholining 45,2% sanoatda, 45% xizmat koʻrsatish tarmogʻida band. Metallsozlik, priborsozlik, mashinasozlik (press va shtamplash uskunalari, hisoblash va aniq mashinalar, yuksak vakuumli texnika), kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kulolchilik korxonalari, chinnidan yasama tosh tayyorlash f-kasifabrikasi, elektr st-yalaristansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 153 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Elektron texnika, mikroprotsessorlar ishlab chiqarish, ay-niqsa, rivojlangan. Sanoat mahsulotining koʻp qismi eksport qilinadi. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 2% band. Chorvachilik, ayniqsa, sut-goʻsht yetishtirish (qishloq xoʻjaligi mahsulotining 75%) ustun. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilikdan yuqori hosil olinadi. Avstriyadan Shveysariyaga boradigan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari L. orqali oʻtadi. L. — xalqaro moliya markazlaridan biri. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Shveysariya franki.
 
Madaniyati. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqishi majburiy. Oʻqish muddati — boshlangʻich maktabda 5, toʻliq-siz oʻrta maktabda 3, toʻliq oʻrta maktab (gimnaziya)da 5 yil Gimnaziyada oʻqishni davom ettirmaydigan bolalar 8 yillik xalq maktabida oʻqishga majbur. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oliy maʼlumot olmoqchi boʻlganlar chet ellarga, asosan, Avstriya, Germaniya va Shveysariyaga borib oʻqiydi. Vaduts shahrida kechki texnikum, musiqa maktabi, Davlat muzeyi bor. "Lixtenshteyner faterland" ("Lixtenshteyn vatani", 1913 yildan) va "Lixtenshteyner folsblat" ("Lixtenshteyn xalq varaqasi", 1878 yildan) gaz.lari nashr etiladi. Press-und informationsamt hukumat matbuot va axborot agentligi (1962) va Lixtenshteyn radiosi (1995) faoliyat koʻrsatadi. L. hududida bir qancha meʼmoriy yodgorliklar: Vaduts, Balsers va Nendeln atroflarida Rim istehkomlarining qoldiqlari, oʻrta asr qasrlarining vayronalari saqlanib qolgan. Vaduts va Gutenberg qasrlari, Eshendagi cherkov, Trizen va Trizenbergdagi ibodatxonachalar qayta tiklangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>