Lyuksemburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
Luksemburg — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868 yil 17 okt.daoktabrda kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Hersog (2000 yildan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Hersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. L .da Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Hersog tomonidan umrbod tayinlanadi.
 
== Tabiati ==
Mamlakat hududining koʻp qismi tepaliklar uchrab turadigan 300–400 m balandlikdagi tekisliklardan iborat. Shim.daShimolida Ardenna va Reyn Slanetsli togʻlarining tarmoqlari (balandligi 400–500 m) joylashgan. Temir ruda, slanets, ohaktosh konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, yumshoq. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 0 dan 2° gacha, iyulniki 17° atro-fida. Yillik yogʻin 700–800 mm. Daryolari zich, sertarmoq, asosiy daryosi — Mozel. Tuprogi aksar qismida qoʻngʻir oʻrmon va chimli podzol tuproq. Luksemburg hududining 1/3 qismi (asosan, shim.) oʻrmon.
 
== Aholisi ==
Aholisining 71% lyuksemburglar 29% chet elliklar (italyanlar, nemislar, fransuzlar va boshqalar). Rasmiy tillari — nemis, fransuz tillari va Luksemburg shevasi (fransik moze-lan), bu sheva 1982 yil avg .dagiavgustdagi qonunga binoan, milliy til maqomini olgan. Dindorlarning aksari katoliklar (95% dan ortiq), protestant, yahudiylar ham bor. Adolisining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Lyuksemburg , Esh.
 
== Tarixi ==
Mil. boshlarida Luksemburg hududi Rim imperiyasi, milodiy 6—7-asrlarda Franklar davlati tarkibiga kirgan. 963 yildan graflik, 1354 yildan gersoglik, Luksemburg qalʼasi uning markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Luksemburg hududi Ispaniyaga, soʻng Avstriya va Fransiyaga tobe boʻlgan. 1814—15 yil Vena kongressi qarori bilan rasman mustaqil davlat — Luksemburg Buyuk gersogligi tuzilgan, uni 1890 yilgacha Niderlandiya qiroli boshqargan. Luksemburgning hozirgi chegaralari 1839 yil Belgiya-Niderlandiya shartnomasi asosida belgilangan (bu sana Luksemburg mustaqilligi yili sifatida bayram qilinadi). 1867 yil London konferensiyasida Luksemburg "abadiy betaraf" davlat deb eʼlon qilindi. 1890 yilda Luksemburg Niderlandiya boshkaruvidan qutulib, toʻla mustaqillikka erishdi. 1921 yildan Belgiya bilan iqtisodiy, jumladan, bojxona ittifoqi-da. 1- va 2-jahon urushlari vaqtida Germaniya Luksemburg betarafligini buzib, uning hududini bosib oldi. 1945 yil fev.dafevralda Luksemburg hududi Amerika-Angliya qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1948 yilda Luksemburg konstitutsiyasidan Luksemburgning betarafligi haqidagi modda chiqarib tashlandi. Luksemburg —1945 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. 1991 yil 31 dekabrda OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992 yil 10 iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 23 iyun — Buyuk Gersog tugilgan kun (1921).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 18:
 
== Iqtisodiyoti ==
Luksemburg — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4%. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: qora metalurgiya, kimyo, koʻnchilik, sement, fayans, yogochsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati. Yiliga 1,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Luksemburg aholi jon boshiga choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Metallurgiya sanoati uchun kerakli koʻmir va koks Germaniyadan, temir rudaning koʻp qismi Fransiyadan oli-nadi. Asosiy metallurgiya k-tlarikombinatlari Lyuksemburg shahri va temir konlari at-rofida joylashgan. Domna shlakidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Lyuksemburg (atroflari), Differdanj, Esh, Dyu-delanj shaharlari. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 135 ming ga ga yaqin.
 
Kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻp. Mexanizatsiya va rentabellik darajasi juda yuqori. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, javdar), kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Daryo vodiylarida bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 50% ga yaqini oʻtloqdan iborat. Chorvachilikda jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 80% hosil qilinadi. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Luksemburg hududidan xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtadi. Transport yoʻli uzunligi — 275 km va avtomobil yoʻllar uz. — 5 ming km. Aviatsiya transporta rivojlangan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 90% ga yaqini chetga chiqariladi. Chetdan mashina va uskuna, mineral xom ashyo, gazlama, neft hamda oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamla-katlari. Luksemburg — Gʻarbiy Yevropaning mo-liyaviy markazlaridan biri. Bu yerda koʻpgina bank va kompaniyalarning idoralari joylashgan. Pul birligi — Luksemburg franki; Belgiya franki ham teng muomalada.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Luksemburgda 6—15 yoshdagi bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangich majburiy maktabda oʻqish muddati —8—9 yil, oʻrta maktabda (pulli) —6—7 yil, zamonaviy litseyda — 6 yil, klassik litseyda — 7 yil Luksemburgda oliy oʻquv yurtlari yoʻq. 1969 yilda xorijiy un-tlargauniversitetlarga borib oʻqishga tayyorlovchi un-tuniversitet markazi ochilgan. 1973 yilda barpo etilgan Mehnat untiuniversiteti toʻla maxsus maʼlumot bermaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Ilmiy muassasalari: Tabiatshunoslar jamiyati (1872), bakteriologiya lab.laboratoriya, tibbiy tadqiqot kolleji (1818), Buyuk Hersog instituti (tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, tilshunoslik, adabiyot va sanʼat, ijtimoiy fanlar seksiyalari bor) va boshqa Luksemburg shahrida Milliy kutubxona (1798), Milliy muzey va rasmlar koʻrgazmasi mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Luksemburgda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Luksemburger vort", "Vua dyu Luksemburg". ("Luksemburg ovozi", nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1848 yildan), "Tageblatsaytung fir Letseburg" ("Luksemburg kundalik varaqagazetasi", nemis va fransuz tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1912 yildan), "Letseburger jurnal" ("Luksemburg gazetasi", nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1880 yildan), "Republiken lorren" ("Lotaringiya respublikachisi", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1961 yildan), "Saytung fum letseburger follek" ("Luksemburg xalqi gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1946 yildan), "Sotsiale fortshret" ("Ijtimoiy taraqqiyot", nemis tilida 2 haftada bir marta chiqadigan jur.jurnal, 1920 yildan), "Eko de l’ endyustri" ("Sanoat aks sadosi", fransuz tilidagi oylik jur.jurnal, 1920 yildan), "OGB-L—aktyuel/aktyualite" (Luksemburg kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasining nemis, fransuz tillarida va Lyuksemburg shevasida chiqadigan haftanomasi, 1919 yildan). Radio — Tele Lyuksemburg xususiy kompaniyasi, 1931 yilda tuzilgan; u "Kompani lyuksemburjuaz de telediffyuzon"ning bosh kompaniyasidir.
 
== Meʼmorligi ==