Malavi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Malavi hududining koʻp qismini 3 ming m gacha balandlikdagi yassitogʻlik egallaydi. Mulanje massivi deb atalgan yassitogʻlik chuqur botiqlik sari tik tushib boradi, uning tubida Nyasa koʻli joylashgan. Toshkoʻmir, boksit, apatit konlari bor. Niobiy rudasi, berilliy, oltin, grafit, asbest, qalay, titan, stronsiy, muskovitli mayda konlar maʼlum. Iqlimi — ekvatorial, mussonli: yozi seryogʻin (noyabrdan aprelgacha), qishi quruq. Eng iliq oyi (noyabr)ning oʻrtacha temperaturasi balandliklarda 20—30°, past joylarda 27° gacha, eng salqin oyi (iyul) ning temperaturasi 14— 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750–1500 mm. Nyasa koʻlidan oqib chiqadigan Shire (Zambezi irmogʻi) daryosi dare va koʻl tarmoqlarining asosini tashkil qiladi. Jan.Janubi-sharqda kattagina Shirva shoʻr koʻli joylashgan. Shim.dagiShimolidagi toqqa xos qizil tuproqlarda mavsumli nam tropik oʻrmonlar, qolgan joylarda, jigarrangqizil lateritli tuproklarda kserofit tropik oʻrmonlar, baobab aralash akatsiya savannalari, palma aralash park savannalari usadi. Dare vodiylarida silsilali oʻrmonlar mavjud. Fil, buyvol, karkidon, har xil kiyiklar, zebra,jirafa, arslon, qoplon, gepard, chi-yaboʻri, sirtlon kabilar yashaydi. Hayvonot dunyosini koʻriqlash maqsadida Nika, Livande, Lengve, Kasungu milliy bogʻlari tashkil etilgan.
 
== Aholisi ==
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Malavida qadimdan bantu tili guruhiga mansub qabilalar yashaydi. 15-asr oxirlarida Nyasa kuli atrofida Malavi kabila uyushmalari yuzaga kelgan. 19-asrning 2-choragida Malavi xududiga jan.danjanubidan ngoni, janubi-sharqdan va Mozambikdan vayao qabilalari kelib joylashgan. 19-asrning 60-yillaridan yevro-paliklar kela boshladi. 1891 yilda Malavi Angliyaning Nyasalend protektorati deb eʼlon qilindi. Mamlakat Angliyaning boshqa mustamlakalariga ishchi yetkazib beradigan makonga aylantirildi. 1915 yil mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Garchi u bostirilsada, milliy ozodlik harakati davom etdi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda milliy harakat kuchaydi.
 
1944 yil Malavida dastlabki siyosiy tashkilot — Nyasalend Afrika kongressi (NAK) tuzildi. U tub aholining ijtimoiy huquklarini kengaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. 50-yillar boshlarida NAK Markaziy Afrika mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashini boshqardi. Rodeziya va Nyasalend federatsiyasi tuzilgach (1953), bu federatsiyani tarqatish va Nyasalendga mustaqillik berishni talab qildi. Milliy ozodlik harakati 1959 yil qoʻzgʻolonga aylandi. Mustamlaka hokimiyati qoʻzgʻolonni shafqatsizlik bilan bostirdi, rahbarlarini konslagerlarga joʻnatdi. Lekin milliy ozodlik harakatini tuxtata olmadi. 1959 yil NAK oʻrniga Malavi kongressi partiyasi tuzildi. 1961 yil mustamlakachilar yon berishga majbur boʻldi. Malavida konstitutsiya joriy qilinib, barcha nyasalendliklarga saylov huquqi berildi. 1961 yil saylovda qonun chiqaruvchi kengashdagi koʻpchilik oʻrinni Malavi kongressi partiyasi oldi. 1963 yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasi tarqatib yuborildi. 1964 yil 6 iyuldan Nyasalend Malavi nomi bilan mustaqil davlat boʻldi. 1966 yiliyudsa Malavi Respublikasi eʼlon qilindi. 1971 yildan 1994 yilgacha Malavidagi birdan bir siyosiy partiya — Malavi kongressi partiyasining raisi Xastings Kamuzu Banda Malavi prezidenti buldi. 1994 yil 17 mayda mamlakat tarixida birinchi marta kup partiyali asosda prezident va parlament saylovi oʻtkazildi. Birlashgan demokratik front partiyasining raisi Bakili Muluzi prezident lavozimiga saylandi. Malavi — 1964 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 iyul — Mustakillik kuni (1964).
Qator 21:
 
== Iqtisodiyoti ==
Malavi — iqtisodiy jihatdan qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda q.h.ning ulushi 28%, sanoatning ulushi 14,5%. Iqtisodiyotning negizi — qishloq xoʻjaligi Jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 85%ni mayda dehqon xoʻjaliklari yetishtiradi. Choy, tamaki, yer yongʻoq, shakarqamish, paxta, tung , kauchuk, ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq, sholi, maniok, kartoshka ekiladi. Chorvachiligi suyet rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Koʻl va daryolarda baliq ovlanadi.
 
Sanoat, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Sement, qand z-dlari, tamaki, toʻqimachilik, paxta tozalash, tikuv f-kalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. Oʻrmon xoʻjaligida qurilishbop yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 414 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti unchalik rivojlanmagan. Transport yoʻli uz. — 789 km, avtomobil yoʻllari uz. — 11,4 ming km, shundan 2,8 ming km asfaltlangan. Lilongve va Chilena shaharlarida xalqaro aeroportlar bor. Malavi chetga tamaki, choy, qand-shakar, qimmatbaho yogʻoch, yer yongʻoq, jun, teri, tung moyi, paxta sotadi, chetdan oziq-ovqat, qora va rangli metall, neft mahsulotlari, gazlama sotib oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, JAR, Yaponiya, Germaniya, Zimbabve, AQSH. Pul birligi — kvacha.
Qator 28:
 
== Maorifi, ilmiy va madaiiymaʼrifiy muassasalari ==
19-asr oxirlarida xristian daʼvatkorlari mamlakatda da-stlabki maktablarni ochishgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda (1964) katta yoshdagi aholining 90% savodsiz boʻlgan. 1990-yillarga kelib savodsizlik darajasi 61%. Boshlangʻich taʼlim 8 yillik, oʻrta taʼlim 4 yillik. Quyi kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 1 yil davomida hunarmandchilik maktablarida, oʻrta kasb-hunar taʼlimi esa oʻrta maktab negizida 3 yil davomida texnika instituti va bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab uchun oʻqituvchilar ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar esa universitet va Blantayrlimbedagi ped. kollejida tayyorlanadi. Zom-bedagi universitetning turli shaharlarda f-tfakultet va kollejlari bor. Mazkur universitetning kutubxonasi, Lilongveda M. milliy kutubxona mahkamasi, Zombeda Milliy arxiv va uning kutubxonasi, Lilongveda Britaniya Kengashining kutubxonasi, Blantayrlimbeda Malavi muzeyi, Zombeda Malavi geol. mahkamasi, Malavi ilmiytarixiy jamiyati, Blantayrlimbeda Malavi tibbiyot uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida bir qancha i.t.ilmiy tadqiqot institutlari va ularning turli sohalardagi tadqiqot hamda tajriba stansiyalari mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Malavida nashr etiladigan yirik gazeta va jur.larjurnallar: "Malavi gavernment gazett" ("Malavi hukumat gazetasi", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1894 yildan), "Deyli Tayme" ("Har kungi vaqt", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1895 yildan), "Afriken" ("Afrikalik", ingliz va chicheva tilida 2 haftada bir marta chiqadigan gazeta, 1950 yildan), "Malavi nyus" ("Malavi yangiliklari", ingliz va chicheva tillarida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1959 yildan), "Zis iz Malavi" ("Bu—Malavi", ingliz va chicheva tillarida chiqadigan oylikjur., 1964 yildan). Malavi ax-borot agentligi (MANA) Axborot departamenta nazoratida, 1966 yil asos solingan. Malavi radioeshittirish korporatsiyasi, yarim tijorat mahkamasi, 1964 yilda tuzilgan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 40:
 
== Musiqasi ==
20-asr oʻrtalarigacha Malavida anʼanaviy musiqa ustun boʻlgan. 50- yillarda radio va grammofon yozuvi tufayli amerikacha ommaviy musiqa va turli jan.janubiy afrikacha uslublar tarqaldi. Kongodan gitara, Lotin Amerikasidan afrikalashtirilgan lumba uslubi kirib keldi. Musiqadagi tashqi taʼsir bilan ichki rivojlanish birga qoʻshilib, yangi musiqiy uslublar yuzaga keldi. Mamlakatning siyosiy hayoti va xalq turmushini aks ettiruvchi yangi qoʻshiq va raqslar yaratiddi. Malavi xalqlari orasida rubobni eslatuvchi bir torli mngoli gʻijjagi, zeze deb ataluvchi yassi sitra, shuningdek, puflab chalinadigan nkangala va gubo, chang kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Birinchi jahon urushidan keyin lipenga (uzunchoq qovokdan yasalgan surnay), mahalliy materialdan yasalgan harbiy doʻmbira paydo boʻddi. Xalq tabiblari bemorlarni davolashda musiqa va raqsdan foydalanishadi. Qizlarni uzatishda yor-yor aytish keng ommalashgan. Hozirgi paytda "kvela" uslubi, ayniqsa, keng urf boʻlgan. Unda mahalliy musiqiy anʼanalar yevropacha ommaviy musiqa bilan qorishib ketgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->