Malayziya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 1:
{{Malaziya_info}}
'''Malayziya''' (Persekutuan Tanah Malaysiu) – Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini
== Davlat tuzumi ==
Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963 yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957 yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001 yil 12
== Tabiati ==
Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka yarim orolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi – Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. Malayziyadagi eng baland joy – Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°–28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang
== Aholisi ==
Qator 12:
== Tarixi ==
Malayziya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 3–1ming yilliklarda Malakka yarim orolga Xitoyning
Malakka yarim orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka yarim orolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3–14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.
Qator 18:
15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511 yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. Malayziya hududining gʻarbiy qismi – Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi – Joxor 16– 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786–1888 yillar davomida inglizlar hozirgi Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943 yil Malayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945 yil 2 sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi – xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948 yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 yildan Malayya Ittifoqi va 1948 yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949 yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957 yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957 yil 31 avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963 yil 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965 yil Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963 yildan [[BMT]] aʼzosi. 1992 yil 1 yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami – 31
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 26:
Malayziya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi – 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi – 9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi – 17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini – sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.
Temir yoʻllari uz. 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji – 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang
Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AQSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari,
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Xalq maorifi tizimi 6 yillik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 yillik kichik oʻrta maktab va 2 yillik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 45:
Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
Malayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Malayziya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida harsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7–8-asrlargacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-asrdan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17– 18-asrlarda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15–19-asrlarda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-asrda mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-asr 2-yarmida shaharlar (Pinang
20-asrdan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning „kampong“ deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir.
|