Markaziy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 6:
 
==Tabiati==
Mamlakat hududining katta qismini Azande qiri (balandligi 600–900 m) egallagan. Qirda keng vodiylar va balandligi 1300–1400 m li gumbazsimon togʻlar koʻp. Olmos, uran rudasi, lignit, temirli kvarsit konlari bor. Iklimi ekvatorial mussonli iqlim; issiq, yozi seryomgʻir. Eng issyak, oyi (mart)ning oʻrtacha temperaturasi 26—ZG, eng salq-in oyi (shimolida dekabr yoki yanvar, janubida iyul yoki avgust)niki 21—25°. Yillik yogʻin shimolidan jan.ga tomon 1000–1200 mm dan 1600–1800 mm gacha ortib boradi. Mamlakat jan.janubiy chegaralari boʻylab MARning asosiy daryosi — Ubangi (Kongo daryosining oʻng irmogi), shim.shimoliy qismidan Chad koʻliga quyiluvchi Shari daryosi irmoqlari oqib oʻtadi. Daryolar toʻlib oqqan davrda kema qatnaydi.
 
Oʻsimliklar qoplami, asosan, savanna, ayrim joylari esa yilning quruq faslida bargini toʻkuvchi siyrak daraxtli tropik oʻrmonlardan iborat. Mamlakatning jan.janubiy qismida daryo sohillari boʻylab doim yashil oʻrmonlar, eng chekka janubidagi qizilsariq laterit tuproqlarda sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Yirik hayvonlardan fil, karkidon, buyvol, kiyik, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, qashqir, sirtlon yashaydi. Oʻrmonlarda maymun koʻp. Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilonlar, kalta-kesaklar, hasharotlar, janubida setse pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan.
 
== Aholisi ==
Qator 14:
 
==Tarixi==
MARning eng qadimgi tarixi yetarlicha oʻrganilmagan. Bir vaqtlar bu yerda pigmeylar yashaganligi haqida rivoyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo boʻlgan. 19-asrda hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi hududining shim.shimoli-gʻarbiy qismi Bagirma va Vadai davlatlari, 90-yillarda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900 yilga kelib Fransiyaning Ubangi-ShariChad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa fransuz mustamlakalari bilan Fransiya Ekvatorial Afrikasi tarkibiga kiritilgan. 1914 yilda Ubangi-Shari (hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi) Chaddan ajratildi. 1958 yil Ubangi-Shari Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi muxtor respublika deb eʼlon qilindi va Markaziy Afrika Respublikasi deb atala boshladi. 1960 yil 13 avg .danavgustdan mustaqil davlat. MARda 1966 yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, polkovnik J. Bokassa prezident lavozimini egalladi. 1976 yilda Markaziy Afrika Respublikasi konsti-tutsiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator boʻldi. 1979 yil yana bir toʻntarish natijasida imperator agʻdarib tashlandi, mamlakat yana respublika deb eʼlon kdlindi. 1981 yil MARda navbatdagi harbiy toʻntarish roʻy berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Kon-stitutsiyaning amal qilishi toʻxtatildi. 1993 yil 22 avgust va 19 sentabrda boʻlib oʻtgan umumiy saylovda Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 yil muddatga prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoliyat koʻrsata boshladi. Markaziy Afrika Respublikasi 1960 yil sentabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 20:
 
== Iqtisodiyoti ==
Markaziy Afrika Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yal pi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 41,6%, ishlab chiqaradigan sanoat ulushi 8,8%, kon sanoati ulushi 2,9%ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 85% qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining asosiy qismini mayda dehqon xoʻjaliklari beradi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: maniok, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, banan, dukkaklilar. Eksport uchun paxta, kofe, shuningdek yer yongʻoq, kunjut, moyli palma, geveya, tamaki ekiladi. Chor-vachilikda qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Daryolardan baliq ovlanadi. Mamlakatning jan.janubi-gʻarbiy qismidagi oʻrmonlarda eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
 
Sanoatida konchilik asosiy oʻrinni oladi: olmos va uran qazib olinadi. Markaziy Afrika Respublikasi sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan mayda korxonalar (paxta va kofe tozalash, yogʻmoy, un, sut-pishlok, zavodlari va boshqalar)dan iborat. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, boʻyoq f-kalari, gʻishtfayans, kislorod-atsetilen, taxta tilish zavodlari va boshqa korxonalar bor. Yiliga 96 mln. kVtsoatdan koʻproq elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Qator 31:
1962 yil mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Barcha maktablarda bolalar fransuz tilida oʻqitiladi. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil 4 yillik umumiy taʼlim kollejlari toʻliqsiz oʻrta, 7 yillik litseylar toʻliq oʻrta maʼlumot beradi. Hunar maktablari, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va litseylari ham mavjud.
 
Bangida universitet (1969 yilda tashkil etilgan) va Oliy normal (ped.) maktab, toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasalari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), Demografiya tadqiqot markazi, Paster instituti (1961), Paxta va toʻqimachilik sanoati i.t.ilmiy tadqiqot instituti, Markaziy Afrika Agronomiya tadqiqot instituti (1948, Bukokoda). Bangi untiuniversiteti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot instituti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi kutubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholgʻu asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi bor.
 
==Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi==