Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Marokash''', Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki AlMagʻribAl-Magʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—[[Rabot (shahar)|Rabot]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 9:
 
== Tabiati ==
Marokash hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Jan.Janubi-gʻarbdan shim.Shimoli-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Janubiy va janubi-sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. Marokash hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganets, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. Marokash koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°— 28°, yanvar niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shimolida 1000&nbsp;mm ga yaqin, janubida 200&nbsp;mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang . Shim.dagiShimolidagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va Marokash hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va d-rindoktorin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.
 
== Aholisi ==
Qator 19:
702—711 yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil Marokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-asrning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
 
17-asr oxiri va 18-asr boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokashdan, asosan, haydab chiqardilar. 19-asrning 40-yillaridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844 yil Fransiya, 1859 yil Ispaniya Marokash hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy zavodlar, yangi portlar quriddi). 1907 yil Fransiya qoʻshinlari Marokashning shim.Shimoli-sharqidagi Vujda shahri atroflarini, soʻngra Kasablanka shahri va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya shahri atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912 yil tuzilgan Fransiya-Marokash (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyabr) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shimoliy va jan.janubiy qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.
 
Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921 yil rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.
Qator 49:
 
== Tibbiy xizmati ==
Davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka universitetlarining tibbiyot f-tlaridafakultetlarida tayyorlanadi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
859 yil Fosda Afrikada birinchi musulmon universiteti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari boʻlgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912 yildan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956 yil mustaqillik eʼlon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savodsizlikni tugatish choralari kurila boshladi. 1963 yilda bolalarni 6—7 yoshdan 13—14 yoshgacha majburiy oʻqitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 7 yil Oliy oʻquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi universitet (1957), Fos shahrida Karauin nomidagi musulmon universiteti (859),Muhammad bin Abdulloh nomidagi universitet (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi universitet (1975), 12 ta institut va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis sanʼat maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy instituti, agronomiya tadqiqotlari milliy instituti, Muhammad V nomidagi universitet huzurida i.ilmiy t.tadqiqot markazi, Marokash geogr. milliy qoʻmitasi, Milliy gigiyena instituti (Rabotda), Okeanografiya instituti (Kasablankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977 yil Qirollik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi bilan, universitetlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon shaharlarida kutubxonalar bor. Rabotda antik sanʼat va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarogʻ muzeyi, Titvonda arxeologiya, sanʼat va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Marokashda 20 ga yaqin gazeta va bir kancha jur.jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Al-Alam" ("Bayroq", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946 yildan), "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gazeta, 1971 yildan), "Al-Bayon" (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1972 yildan), "Ad-Demokrati" ("Demokrat", arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1982 yildan), "Al-Magʻrib" ("Gʻarb", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1977 yildan), "Opinon" ("Fikr", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1965 yildan), "Risolat alUmma" ("Millat risolasi", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983 yildan), "Lyam alif" (fransuz tilida chiqadigan oylik jur.jurnal, 1966 yildan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959 yilda tuzilgan. Marokash radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 67:
Oʻrta asrlarda Marokashda shoyi, kundal matolar toʻqish, gilamdoʻzlik, kulollik, jezni badiiy ishlash avj olgan. Marokash Fransiya taʼsiri ostida boʻlgan yillarda mamlakatda yevropacha kvartallar qurildi. 1950 yillardan Marokashda zamonaviy uylar qurila boshladi. Marokash mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, koʻp qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshladi. Marokashlik meʼmorlar mahalliy sharoitga moslab, milliy anʼanalar ruhida ishlagan loyihalar asosida turar joylar, jamoat binolari, sanoat inshootlari keng koʻlamda qurila boshladi. Marokash uchun yangilik boʻlgan tasviriy sanʼat rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi meʼmorlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka shaharlarida amaliy sanʼat ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdoʻzlik, charmni kashta bilan bezash sanʼati rivoj topgan, zargarlik, kandakorlik, mis idish va buyumlarni qadama naqsh bilan bezash sanʼati ham keng tarqalgan.
 
Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning oʻzaro taʼsirida rivojlangan. Asl barbar musiqa sanʼati namunalari Marokash qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa sheʼriyat va raqs bilan uzviy bogʻlangan. Qoʻshiq bilan ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. Marokashning shim.Shimoli-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va janubi-gʻarbda yashaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari shakllangan. Axidu kuylari ixcham diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropacha anʼanalarga yaqin, diapazoni keng . Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va boshqalarlardan iborat.
 
Arab musiqa sanʼati turli-tuman boʻlib, arab mumtoz (aloʼ va samoʼ) va xalq (grix) musiqalarini oʻz ichiga oladi. Aloʼ va samoʼ kuylari baʼzan birbiriga yaqin boʻlsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Aloʼ — dunyoviy, saroy sanʼati boʻlib, asosini mumtoz arab sheʼriyati tashkil etadi. Samoʼ — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qoʻshiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va boshqa tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning oʻziga xos magʻribcha uslubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozanda (qonun) va musiqashunos S. Sharqiy mashhur. Marokashda Milliy musiqa, raqs va drama sanʼati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960 yildan Marokashda har yili milliy musiqa festivali oʻtkaziladi.