Nepal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Nepal''' (Nepal), Nepal Qirolligi (Nepal Adhirajya) — Jan.Janubiy Osiyoda, Himolay togʻining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 140,8 ming km². Aholisi 25,87 mln. kishi (2002). Poy-taxti — Katmandu shahri Maʼmuriy jihatdan 14 zona (zone)ra, zonalar tuman (district)lapra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
 
== Tabiati ==
N. hududining aksar qismini Himolay togʻlari egallaydi. Shim,-gʻarbdan jan.janubi-sharqqa tomon 2 togʻ tiz-masi choʻzilgan. N.ning shim.shimoliy va sharqiy chegaralarida Jomolungma (Everest, Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, 8848 m) va Kanchenjanga (8585 m) togʻlari joylashgan. Oldingi tizmalar ancha past (Mahabharata, 2959 m gacha, Sivalik, 2277 m gacha). Togʻlar oraligʻida koʻpgina vodiy va havzalar bor. Ularning eng kattasi — Katmandu vodiysi. Jan.daJanubida Hindgangtekisligining shim.shimoliy chekkasi yotadi.
 
Iklimi baland mintaqaga xos subekvatorial mussonli. Jan.daJanubida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15°, soyliklarda 0—10°, 4 ming m dan yuqorida yilning koʻp vaqtida temperatura manfiy. Iyulning temperaturasi jan.dajanubida 30°, soyliklarda 20°, 4,5—5 ming m balandliklarda 10°. Jan.Janubiy togʻ etaklari va yon bagʻirlarida yiliga 2000&nbsp;mm dan ortiq, soyliklarda 1500&nbsp;mm dan kam yogʻin tushadi.
 
Daryolari joʻshqin, katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Yirik daryolari: Karnili, Gandak, Kosi, Baghmati. Himolay etaklari va jan.janubiy yon bagʻirlarida musson iklimli oʻrmonlar, bot-qokliklarda changalzorlar, qiyaliklarning oʻrta qismida doim yashil oʻrmonlar, 3 ming m dan yuqorida igna bargli oʻrmonlar, 4 ming m dan yuqorida changalzorlar, subalp va alp oʻtloqlari bor. Hayvonot dunyosi boy va xil-ma-xil. Changalzorlarda fil, yoʻlbars, leopard, karkidon, toʻngʻiz, turli may-munlar, qushlardan toʻtiqush, tovus uchraydi. Zaharli ilon koʻp. Togʻlarda himolay ayigʻi, qor qoploni, arhar va yovvoyi echkilar yashaydi. Lantang , Sagarmatha, Chitauen milliy bogʻlari bor.
 
Aholisi hind va tibet-xitoy tili oilasining 60 til va shevasida soʻzlashadi (shundan 14 tasi oʻz yozuviga ega). Asosiy xalqi nepallar (52,3%) mamlakatning markazi va jan.janubi-gʻarbida yashaydi. Maytxillar, bxojpurlar, ta-manglar, tharular, nevarlar ham bor. Davlat tili — nepal tili. Aholining 90% ga yaqini hinduilikka eʼtiqod qiladi, 7,5% budda, 2% ga yaqini is-lom dinida. 10%ga yaqin aqoli shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Katmandu, Biratnagar, Patan, Bhaqtapur.
 
== Tarixi ==
Qator 21:
18-asr oxiriga kelib, N. hududi gʻarbda Kashmir, sharqda Sekkimgacha kengaydi. 18-asrning 2-yarmidan N.ga Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi xavf sola boshladi. 1814 yil kompaniya gurkhlarni ingliz chegara postlariga hujum qilishda ayblab, N.ga urush eʼlon qildi. N. qoʻshinlari inglizlarning harbiy kuchlariga qarshi tura olmadi. 1816 yil N. Angliya bilan asoratli shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaga koʻra, Katmanduda Angliyaning rezidenti boʻlishiga ruxsat etildi; mamlakatning tashqi siyosati butunlay inglizlar nazorati ostiga oʻtdi. 1846 yilda kompaniya Rana urugʻi boshligʻi Jang Baxrdirga davlat toʻntarishi oʻtkazib, hokimiyatni egallashda yordam berdi. Qirol nomigagina davlat boshligʻi boʻlib qoldi. Rana uru-gʻidan chiqqan hokimlar tashqi siyosatda inglizlar koʻrsatmasiga muvofiq ish koʻrdilar. N.ning tashqi davlatlardan ajratib qoʻyilganligi, mamlakat boyliklari chet elga olib ketilishi, mamlakatning geografik va iqtisodiy jihatdan ajralganligi ishlab chiqa-ruvchi kuchlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qildi.
 
Ikkinchi jahon urushidan soʻng Osiyo mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashining muvaffaqiyatlari va mustamlakachilik siyosatining inqirozi N. xalqiga qaramlikdan qutulish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Hindistondagi nepallik siyosiy muhojirlarning faoliyati kuchaydi. Kalkuttada N. milliy kongressi partiyasiga asos shtili (1947). Rana hukmronligiga qarshi birlashgan front tuzildi va uning harakati natijasida Rana hukmronligi tugatildi (1951). 1951 yil 18fev.dabosh18fevraldabosh vazir mansabining nasldan naslga utishi bekor qilindi. N.ning muvaqqat kon-stitutsiyasida partiya va tashkilotlar tuzish huquqi, umumiy saylov huquqi eʼlon qilindi. 1959 yil parlamentsaylo-vida N. kongressi partiyasi gʻalaba qozondi. Bu hukumat yer islohoti oʻtkazish, maʼmuriy apparatni va sud ishlarini qayta tashkil etish, mexnatkashlar ahvo-lini yaxshilashga vaʼda qildi, lekin ularni amalga oshira olmadi.
 
Ijtimoiy va iqtisodiy nizolar keskinlashgan sharoitda qirol Mahendra Bir Bikram Shoh Dev (1955—72 yillar N. qiroli boʻlgan) parlament va hukumat aʼzolarini tarqatib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi (1960 yil 15 dek.dekabr). Barcha siyosiy partiya va tash-kilotlarning faoliyati taqiklandi. Yangi konstitutsiya (1962)ga muvofiq, N.da panchayatlar — mahalliy va mar-kaziy hokimiyat (Milliy panchayat) ijroiya organlari tartibi oʻrnatildi. Hukumat nazoratidagi dehqonlar, ishchilar, yoshlar, xotin-qizlar, bolalar tashkilotlari tuzildi. Balogʻatga yetmaganlarni nikoxdan oʻtkazish, turli mehnat majburiyati, majburiy mehnat shakllari taqiqlandi, kasta (tabaqa) tizimi bekor qilindi. N. — 1955 yildan Qoʻshilmaslik harakati, 1956 yildan BMT aʼzosi. N. qirolligi 1992 yil 2 yanvarda OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 28 dek.dekabr — qirol tugʻilgan kun (1945).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
1961 yil 5 yanvarda qirol farmoni bilan mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar taqikdangan edi. 1979 yil 2 mayda kup partiyali tizimga qaytish masalasi yuzasidan milliy referendum oʻtkazildi. 1990 yil 11 apr.daaprelda siyosiy partiyalarning oshkora faoliyatiga ijozat berildi. Asosiy partiya va kasaba uyushmalari: Milliy demokratik partiya, 1990 yil mayda asos solingan; N. kongressi partiyasi, 1947 yilda tuzilgan, 1960 yil dek.dadekabrda taqiqlangan, 1990 yil apr.danapreldan yana oshkora fa-oliyatboshlagan; N. kommunistik partiyasi, 1991 yilda tuzilgan. N.ning barcha kasaba uyushmalari 1990 yil 11 apr.danapreldan oshkora faoliyat koʻrsata boshladi.
 
== Xoʻjaligi ==
N. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 60%, sanoat va qurilishning ulushi 14%. Iqtisodiy faol aholining 92% agrar sohada band.
 
Qishloq xoʻjal i gining asosiy mahsuloti — sholi. N.da shakarqamish, jut, choy, tamaki, yer yongʻoq, xantal, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya, sitrus mevalar, arpa, javdar, kartoshka, kora bushoy, tof sholisi, beda, ziravorlar ham yetishtiriladi. Ularning baʼzilari 4 ming m balandlikda ekiladi. N. shim.dashimolida qoʻtos, szo (qoʻtos bilan sigirning duragayi), qoʻy, echki, oʻrta va jan.janubiy qismida zebusimon sigir va buyvol boqiladi. Qoramoldan, asosan, ulov sifatida foydalaniladi. Togʻ oʻrmonlarida yogʻoch tayyorlanadi.
 
Sanoati aksariyat kichik va yarim kustar korxonalardan iborat. Ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanib, oziqovqat va keng isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Birganj, Biratnagarda qand-shakar, Janakpurda tamaki, sholi oqlash va boshqa oziq-ovqat korxonalari, jut va ip gazlama fabrikalari bor. Yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo, charm poyab-zal, gʻishtcherepitsa ishlab chiqarish, temirchilik korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Foydali qazilmalar — koʻmir, oltin, ohaktosh, temir ruda, slanets, mis, qoʻrgʻoshin, slyuda, magnezit, talk, oxra konlari topilgan boʻlsa ham, deyarli oʻzlashtirilmagan. Ulardan oz miqdorda kustar usudda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 740 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
Qator 43:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
N.da 400 dan koʻproq gaz. va jur.jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Avaj" ("Ovoz", nepal tilida chiqadigan haftalik gaz.), "Arati" ("Chirok", nepal tilida chiqadigan haftalik gaz., 1966 yildan), "Arpan", ("Fi-doyilik", nepal tilida chiqadigan haftanoma, 1964 yildan), "Gorkxapatra" ("Gurkxlar gazetasi", nepal tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954 yildan), "Kommoner" ("Oddiy inson", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954 yildan), "Mazerlend" ("Vatan", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1957 yildan), "Nepali" ("Nepallik", hind tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 yildan), "Rayzning Nepal" ("Tiklana-yotgan Nepal", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1965 yildan) "Samiksha" ("Tanqid", nepal tilida chiqadigan haftalik gaz., 1958 yildan). Rashtriya Samachar Samiti — RSS milliy axborot agentligi 1962 yil dayilda tuzilgan. N. radiosi 1951 yildan, N. televideniyesi 1986 yildan ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 50:
19-asrda nepal tilining davlat tiliga aylanishi bilan nepal adabiyoti yaratila boshladi. Basanta, Indiras, Yadunath, Ragxunath, B. Kesari kabi shoirlar anʼanaviy syujet (Krishna hayoti ta-rixi va boshqalar)dan foydalandilar. Bxanubhaqta Acharya ijodi sheʼriyatda yangi bosqich boʻldi. 19-asr boshida nasriy asarlar ham yozila boshladi (Matsyend-ranatha toʻgʻrisida rivoyat" va boshqalar). 1888 yil maʼrifatparvar Motiram Bhatta N.da birinchi oynoma — "Gurkha Bharat ji-van"ga asos soldi. 20-asrda shoir Dx. Koirala birinchi boʻlib oddiy inson mav-zuiga murojaat qildi. N. adabiyoti hind chhayavadasi (romantizmi) va ingliz romantikasi taʼsirida rivojlandi. G. Maynali, P. Shalisher, B. Bhikshu, K. Malla, B. Tivari, M. Koirala, B. P. Koirala, Gothale va boshqalarning oʻrta va quyi tabaqa aholi xayoti tasvirlangan hiko-yalari bosilib chiqdi. Rudraraj Pan-deyning "Rupmati", "Sevgi", "Gunohini yuvish", Ramirasadning "Taqdir gar-dishi" romanlarida maʼnaviy kamolotga yetish gʻoyasi aks ettirilgan. 30-yillarda dramaturg B. Sama oʻz pyesalari ("Men", "Sevgiga bagʻishlangan")da yosh bolalar nikohi va xotin-qizlar xuquqsizligiga qarshi chiqdi. 1951 yil Rana sulolasining agʻdarilishi N. adabiyotida ham oʻz aksini topdi. 50-yillar sheʼriyatida barcha irq hamda xalqdar oʻrtasida tinchlik va birodarlik gʻoyalari kuylandi.
 
Nevar tilidagi adabiyot 14-asr oxiridan boshlab rivojlandi. 15-asrda tarixiy voqeanomalar, afsona va rivoyatlarga boy vanshavallar yaratildi. Nevar tiliga sanskrit, fors va arab tilidagi asarlar, "Ming bir kecha" va boshqa tarjima qilindi. Yozuvchi Nishthanand Bajracharya (1858—1935) diniy asar — "Aʼlo donishmandlik"ni sanskritchadan tarjima qildi (1909) va Budda xayotiga oid "Cheksiz ufklar" nasriy asarini yezdi. 1925 yil asos solingan "Buddha dharma patrika" jur.jurnal nevar adabiyotining rivojlanishiga turtki berdi. 1951 yilga kelib, Rana sulolasi agʻdarilgach, nevar adabiyoti keng rivojlanish imkoniyatiga ega boʻldi. Chet ellarga ketgan koʻpgina adiblar vatanga kaytdi. 1951 yil "Nevar tili jamiya-ti" tuzildi, u nevar tilida asarlar nashr etdi. Sudarshan Sramaren, Satya-mohan Joʻshi, Hemlal Joʻshilar tari-xiy dramalar yaratdilar. Ishvarananda Shresthacharya "Koʻzgu", "Sovuq qon" romanlarida shahar oʻrta tabaqasining ogʻir hayotini tasvirladi. Shoirlardan D. Shrestxa, K. Chandra, Kxvabilu va boshqa vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==