Nigeriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan jan.dajanubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining rel-yefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000 m dan ortiq. N. hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan.
 
N.ning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shim.shimoli-gʻarbida oltin konlari ham bor.
 
Iqlimi ekvatorial mussonli iklim. Shim.daShimolida dek.dandekabrdan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500– 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (apr.aprel yoki may)ning oʻrtacha temperaturasi 25— 33°, eng salqin oy (dek.dekabr yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoklari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib krladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻrikxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va boshqa yashaydi.
 
Ahrlisi. N.da turli tillarda suzlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqdar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari qam yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Harkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va boshqa
Qator 21:
N. qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553 yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849 yil Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861 yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnashib ol-dilar. 1885 yilda "Oyl-rivers protekto-rati" (1893 yildan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906 yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914 yil 1 yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.
 
Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiysiyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920 yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922 yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944 yil avg .daavgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gashi (1962 yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945 yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958 yil okt.daoktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960 yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963 yil 1 okt.danoktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.
 
1964 yil 30 dek.dadekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966 yil 15 yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966 yil 29 iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketmaket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999 yil 20 fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27 fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.
 
Milliy bayrami — 1 okt.oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 11 martda tan oldi va oʻsha yil 28 avg .daavgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Qator 35:
Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi.
 
Chorvachilik, asosan, shim.dashimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shim.daShimolida yilqichilik, jan.dajanubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va jan.janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.
 
Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000 yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya k-tiningkombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash z-dlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil z-dlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat jan.dagijanubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.
 
Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakchi rol uynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz z-dlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chikariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilishfaner ishlab chiqarish k-tidankombinatidan, Epadagi k-tkombinat va boshqa 400 mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat jan.dagijanubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
 
== Transporti ==
Qator 48:
 
== Tibbiy xizmati ==
Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga aralash va xususiy shifoxonalar ham bor. Federal sogʻliqni saklash vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini oʻtkazish, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilishi uchun masʼul. Davolash va kasalliklarning oldini olish muassasalariga shtatlarning sogʻliqni saklash vazirliklari bevosita raxbarlik qiladi. Vrachlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamshiralar, doyalar, tish vrachlari va texniklari tayyorlanadigan oʻnlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli shlarida tibbiyot i.t.ilmiy tadqiqot markazlari mavjud. Lagosda Jahon sogʻliqni saklash tashkilotining bezgakka qarshi kurash xalqaro markazi ishlaydi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
N. mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatlikurslar ochildi. 1976 yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 yillik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 yillik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 yillik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 yillik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 universitet bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka universitetlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻkish — bepul. Koʻpgina universitetlarning sirtqi boʻlimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika f-tlarifakultetlari, in-tlariinstitutlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari soxasida i.ilmiy t.tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.
 
Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977 yilda tashkil etilgan), Tibbiyot i.ilmiy t.tadqiqot kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari in-tiinstituti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal in-tiinstituti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari in-tiinstituti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi in-tiinstituti (1939), Moordagi Federal qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1924) va boshqa
 
Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos universitetlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va boshqa shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.
Qator 59:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982 yildan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964 yildan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925 yildan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945 yildan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968 yildan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949 yildan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980 yildan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chikadigan kundalik hukumat gaz., 1965 yildan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978 yilda tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978 yilda tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976 yilda hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida publitsistika shakllandi. 20-asr 20—40-yillarida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-yillarga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-yillarda N.ning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan "Shahar odamlari" (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi "Mayxoʻr" (1952), "Ruhlar oʻrmonidagi hayotim" kabi asarlari N. prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning "Qarindoshlar" (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning "Uylanish masalasi" romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashu-vi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening "Yemirish vaqti keldi", "Notinch hayot", "Xudoning oʻqyoyi" asarlari N. prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-yillardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning "Idanre" poemasi, "Oʻrmon raqsi", "Yoʻl" pyesalari, K. Okigboning "Osmon darvozasi", "Labirintlar" sheʼriy kitoblari va boshqalar). 90-yillarda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jur.larjurnallar nashr qilinadi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Xalq meʼmorligi tabiiy iklim sharoitiga moslashgan. Jan., jan.janubi-sharq, jan.janubi-gʻarbdagi tropik oʻrmonlarda uylar toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda yogʻoch, loy, toʻqima novdadan quriladi, tomi ikki nishabli qilib, poxol va palma barglari bilan yopiladi. Markaziy N.da binolar aylana shaklida devori loydan, tomi poxol, shox-shabbadan konus shaklida ishlanadi. Savanna va chala choʻllarda uylar loydan toʻgʻri burchakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13— 15-asrlarda shaharlar reja asosida qurildi. 14-asrda shim.dashimolida islom dini tarqalgach, masjidlar barggo qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. Binolar haykal, naqshlar bilan koʻproq bezatiddi. N. mustaqillikka erishgach, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyosh toʻsqichli, peshayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boshladi (Ibadan universiteti binolari, Ka-dunadagi Oliy sud binosi va boshqalar). Mu-handis va meʼmorlar Yevropada, shunin-gdek, Lagosdagi texnologiya kollejining , Nsukka va Zariya universitetlarining meʼmorlik f-tlaridafakultetlarida tayyorlanadi.
 
N. shim.dashimolida topilgan Nok madaniyati mahsuli boʻlgan goʻzal haykaltaroshlik va oʻymakorlik asarlari miloddan avvalgi 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boshlarida Ife va Benin sanʼatining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar ishlangani maʼlum. N. xalqlari yogʻochdan sanamlar, ajdodlar, cha-vandozlar, bolali ayollar haykalchalarini qadimdan yasab kelganlar. N.da yangi tasviriy sanʼatni rivojlantirishda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-rosh va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy anʼanalar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa sanʼati yutuqlari ijo-diy oʻzlashtirilgani koʻzga tashlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong , A. Lasekan va boshqa shuhrat qozongan.
 
Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yaxlit yogʻochdan odam va hayvon qiyofasi tasvirlangan, goʻzal naqsh solinib, manzaralar oʻyib ishlangan roʻzgʻor anjomlari, gʻaroyib shakldagi sopol, shisha va charm idishlar, zar-garlik buyumlari tayyorlanadi. Bida oynasozlari naqshli idishlar, Kano zargarlari oltin va kumush bezaklar, na-qshli bilaguzuklar yasaydilar. Benin-Sitida bronza quymalar va fil suyagi oʻymakorligi anʼanalari sak^panib qolgan. Niqob (marosimlarda, karnavallarda taqiladi), oʻyma naqshli kursilar tayyorlash, matolar toʻqish, kashtachilik, naqqoshlik sanʼati rivoj topgan. Novda, poxol va qamishdan savat hamda bordon toʻqish, yogʻochdan yelpigʻich, qovoq poʻstlogʻidan turli guldor idish va qoshiqlar yasash keng tarqalgan.
Qator 76:
 
== Teatri ==
N.da yashovchi xalqpar anʼanaviy teatr tomoshalarining asosini maishiy va marosim raqslari tashkil etadi. Qishloqlardagi bayram va tan-tanali ayyomlarda milliy libos va niqob kiyib yurishgan, afsonaviy mazmundagi oʻyinlar oʻtkazib kelingan. Ularda tabiat kuchlarini ifodalovchi ilohlar, ajdodlarning arvohlari, afsona qahramonlari ishtirok etgan. 19-asr oʻrtalarida shu asosda zamonaviy teatr shakllana boshladi. Yoruba teat-rining asoschilaridan biri, shoir va qoʻshiqchi Xubert Ogunde 1944—45 yillarda sayyor teatr jamosini tashkil etib, uning uchun nasihat va targʻibot ruhidagi pyesalarini yozdi. Mustaqillik yillarida bu truppa professional sayyor jamoaga aylandi. Dramaturg va rej.rejissyor Duro Ladipning 60-yillarda tuzgan teatr truppasi keyinchalik "Milliy teatr" nomini oldi. Havaskorlik drama teatrlarida esa Yevropa drama-turgiyasi va sahna texnikasidan foy-dalanila boshladi. Bir qancha shtatlarda yangi jamoalar tuzilgan.
 
== Kinosi ==
1945—47 yillarda bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1960 yillar boshida rej.rejissyor Sh. Olushola televideniye uchun bir qancha adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlashtirdi. Shundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toshkentdagi xalqaro festivallarda namoyish etidsi. Birinchi toʻla metrajli filmi "Ikki kishi va echki" (1966) dir. "Shaxu Garbay" (1971), "Ikki taqdir" (1972), "Loray bobo" (1973), "Ovu-Arusun" (1974), "Qora maʼbuda" (1977), "Aye" (1979), "Pul hukmronligi" (1981), "Ozodlik uchun" (1981) va boshqa badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film ishlab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->