Nikaragua: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Karib dengizi qirgʻogʻidagi ensiz (130 km gacha) allyuvial pasttekislik Moskito sohili deb ataladi. Mamlakat shim.shimoliy va markazidagi yassi togʻlikni daryolar kesib oʻtadi (Kordilyera-Isabelya togining eng baland choʻqqisi 2438 m). Gʻarbi va jan.dajanubida tek-tonik botiq, vulkanlar, koʻllar bor. Yirik koʻllari — Nikaragua va Managua. Zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, nikel, simob, mis, qoʻrgʻoshin-rux, kumir, neft konlari bor. Iklimi tropik, passatli, doimiy nam. Oylik oʻrtacha temperatura 25—28°, togʻlarda 16—18°, yillik yogʻin 2000–4000 mm dan 6500 mm gacha. Daryolari shar-sharali, sersuv, eng katta daryosi — Rio-Grande. Mamlakat hududining 50% dan koʻprogʻi oʻrmon, ichki hududlarida savanna koʻp. Nikaraguada bugʻu, maymun, tapir, pekar, chumolixoʻr, shuningdek, juda koʻp kemiruvchilar, kurshapalaklar, qushlar, sudraluvchilar uchraydi. Vol-kan-Masaya, Saslaya milliy boglari bor.
 
== Aholisi ==
Qator 28:
 
== Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Leondagi N. Milliy muxtor universitetining tibbiyot f-tidafakultetida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 yillarda mamlakat aholisining 70%, qishloq aholisining 90% savodsiz boʻlgan. 1979 yildan yalpi majburiy umumiy boshlangʻich taʼlim joriy etila boshladi. Oʻrta taʼlim [oʻrta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor universiteti (1812 yilda asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika universitetining N. boʻlimi (1961), Managuadagi universitet (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geogr. va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geol. mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi in-tiinstituti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda universitet markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya shahrida "Tenderi" muzeyi va boshqa bor.
 
== Matbuoti, radioeshitgirishi va tele-koʻrsatuvi ==
Yirik gazeta va jurnallari: "Barrikada" (kundalik gazeta, 1979 yildan), "Brigadista" (oyiga 2 marta chiqadigan gazeta, 1981 yildan), "Gaseta" (kundalik rasmiy gazeta, 1912 yildan), "Nuevo diario" ("Yangi gazeta", kundalik gazeta, 1980 yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1926 yildan), "Sentroamerikano" ("Markaziy amerikalik", kundalik kechki gazeta, 1917 yildan), "Poder sandinista" ("Sandinochilar hokimiyati", haftalik jur.jurnal, 1980 yildan) va boshqa Axensia Nikaraguense de No-tisias — ANN hukumat axborot agent-ligi 1979 yil tuzilgan. "Telkor" davlat aloqa korporatsiyasi, Nikaragua radiosi hukumat radio st-yasistansiyasi (1979) va Milliy televideniye tizimi (1979) mavjud.
 
== Adabiyoti ==