Qatar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 4:
'''Qatar''', Qatar Davlati (دولة قطر, ''Davlatu Qatar'') — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Qatarya.o.dajoylashgan. Maydoni 11,4 ming km². Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Doʻha shahri
== Davlat tuzumi ==
Q. — mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003 yil apr.dagiapreldagi referendumda maʼqullangan va 2005 yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995 yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Sohil qismi past, marjon riflari bilan oʻralgan. Yer yuzasi choʻl landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 m), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor.
 
Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 32°, eng yuqori temperatura 45". Yillik yogʻin 125 mm chamasida. Q.da muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Choʻl oʻsimliklari oʻsadi.
 
Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91%. Asosiy shaharlari: Doʻha, UmmSaid, Doʻhan.
 
== Tarixi ==
Qatar ya.o.dayarim orolda aholi miloddan avvalgi 3—2-ming yillikdan yashab kelgan. Q.ni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Q. hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Q.ni birlashtirdi. 1871 — 1914 yillarda Q. yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71 yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971 yil 1 sentyabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Q. — 1971 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 sentyabr — Mustaqillik kuni (1971). OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 30 dek.dadekabrda tan olgan va 1997 yil 27 noyabrdan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Q.da siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻq.
 
== Xoʻjaligi ==
Q. iqtisodiyotining asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Doʻhan r-nidarayonida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 1%, sanoatniki 49%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 50% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, oʻgʻit, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya zavodi ishlaydi. Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zdlarizavodlari bor. Yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
 
Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10% ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi.
Qator 25:
Q.da temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 1,2 ming km (90% qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uz. 550 km dan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji — 636 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Doʻha va UmmSaid. Q. chetga neft va neft mahsulotlari, oʻgʻit, sement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziqovqat, sanoat jihozlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Oʻrta umumiy taʼlim va hunartexnika oʻquv yurtlari, universitet bor. Milliy muzey, akvarium, etn. muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Q.da bir qancha gaz. va jur.jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "alArab" ("Arabcha", arab tilidagi kundalik gaz., 1957 yildan), "Asuak alXolij" ("Koʻrfaz bozorlari", arab tilidagi oylik jur.jurnal, 1980 yildan), "alVatan" ("Vatan", arab tilidagi kundalik gaz., 1995 yildan), "Galf tayms" ("Koʻrfaz vaqti", ingliz tilidagi kundalik va haftalik gaz., 1978 yildan), "arRayya" ("Bayroq", arab tilidagi kundalik gaz., 1978 yildan), "ashSharq" ("Sharq", arab tilidagi kundalik gaz., 1985 yildan). Q. axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, 1975 yil tuzilgan. "Katar brodkasting servis" hukumat xizmati 1968 yil, "Katar televiji servis" telekoʻrsatuv xizmati 1970 yil tashkil etilgan. Q.da "alJazira" mustaqil arab yoʻldosh telekanali (1996 yil asos solingan) qarorgohi joylashgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->