Ruminiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 49:
Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika institutida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va boshqa
 
==Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari==
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. R.da taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8-yillik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2-yillik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buharest universiteti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara sh.laridashaharlarida untlar, politexnika intlariinstitutlari va boshqa oʻquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy FAFanlar akademiyasi, ularning filiallari va i.t.ilmiy tadqiqot institutlari, idoraviy i.t.ilmiy tadqiqot institutlari bor. FAningFanlar akademiyasining kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest universitetining markaziy kutubxonasi, politexnika institutining kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.
 
==Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. R.da koʻpgina gaz., jur.jurnal va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: "Adeverul" ("Haqiqat", mustaqil kundalik gaz., 1989-yildan), "Az" ("Bugun", kundalik gaz., 1990-yildan), "Viktorul rominesk" ("Ruminiya kelajagi", kundalik gaz., 1990-yildan), "Vyasa kapitaley" ("Poytaxt hayoti", kundalik gaz., 1990-yildan), "Demokratsiya" ("Demokratiya", haftanoma, 1990-yildan), "Dreptatya" ("Adolat", kundalik gaz., 1990-yildan), "Lumya az" ("Bugungi dunyo", mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-yildan), "Rominiya libere" ("Ozod Ruminiya", kundalik mustaqil gaz., 1943-yildan), "Tribuna ekonomika" ("Iqgisodiy minbar", haftalik jur.jurnal, 1990-yildan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991-yil asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990 -yil"Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-yil Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qoʻshiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi boʻlib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-asrda dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki boʻldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672—1745) va boshqa ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi boʻldi. 18-asr oxiri va 19-asr 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik sheʼriyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. G. Asaki bilan Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-asr 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida eʼtibor berdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida, ayniqsa, Birinchi jahon urushidan soʻng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari oʻz ifodasini topdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng , ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yoʻliga oʻtgach, adabiyotga sotsialistik realizm zoʻrlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.
 
== Meʼmorchiligi ==
Ruminiya hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz boʻylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hozirgi Mangaliya; Istriya; Tomi, hozirgi Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya togʻlarida daklar qalʼalarining harobalari saqlangan. Transilvaniya oʻrta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya meʼmorligi bilan birga, moldovan meʼmorligi oʻziga xos tarzda rivojlangan. 14—17-asrlarda tosh va gʻishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar bilan, oʻymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16—18-asrlarda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512—17; Buharestdagi Stavropolis cherkovi, 1724—30; Buharest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700—02 va boshqalar) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18-asr oxiri meʼmorligida klassitsizm urf boʻldi. 19-asr 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq meʼmorlik ruhida jamoat binolari (Buharestdagi Ateneum, Adliya saroyi va boshqalar) va xalq meʼmorligi anʼanalari asosida binolar (Buharestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-asr 30-yillarida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan boʻlsa (Buharestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi.
 
Tasviriy sanʼati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idishlar, haykalchalar, 4-asrga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-asrdan boshlab Transilvaniya sanʼati Markaziy Yevropa sanʼati bilan hamohang rivojlangan (14—15-asr devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-asr qabr haykaltaroshligi). 18-asr devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14— 18-asrlar amaliy bezak sanʼatida metallga badiiy ishlov berish urf boʻldi. Valaxiya va Moldovaning oʻrta asrlar sanʼati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya taʼsirida boʻldi. 16-asr cherkovlari devoriy rasmlar bilan, 17—18-asrlarda esa oʻymakorlik bilan bezatildi. 14— 15-asrlarda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo boʻddi. 16-asr rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-asrlardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692 , rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida dunyoviy sanʼat yuksaldi. 20-asr boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm anʼanalari xalqchil milliy ideallar bilan qoʻshiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va boshqalar). Siyosiy grafika yuqori darajaga koʻtarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va boshqalar). 20-asr 2-yarmida amaliy bezak sanʼatining har xil turlari — kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. anʼanalardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi.
 
== Musiqasi ==