San-Tome va Prinsipi — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
 
== Tabiati ==
Orollar vulkan faoliyati natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi PikodeTome — 2024 m (San Tome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari bilan). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. Oʻrtacha oylik tratemperatura 23—27°. Yillik yogʻin 1000–3000 mm gacha. Deyarli yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Nam tropik oʻrmonlar va mangro chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, qisqichbaqa, krevetka, langust, ustritsa kabilar bor.
 
== Aholisi ==
 
== Xoʻjaligi ==
San Tome va Prinsipi — iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajoʻxori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, xonaki parranda boqiladi). Dengizdan baliq, toshbaqa va boshqa hayvonlar ovlanadi. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Keramika va gʻisht zavodlari, tikuvchilik f-kasifabrikasi ham qurilgan. San Tome va Prinsipida tor izli temir yoʻl va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: San Tome, Santu Antonyu va Portu Alegri. Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, sement, avtomobil va boshqa sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, [[Ispaniya]], [[Niderlandlar|Niderlandiya]], [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Germaniya|GFR]], [[Angola]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — dobra.
 
== Maorifi ==
 
== Adabiyoti ==
Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud boʻlsa ham, adabiyot portugal tilida 19-asrning 2-yarmida yuzaga keldi. Sheʼriyatning asoschisi — K. da Koshta Alegri. Uning "Sheʼrlar" kitobida irqiy xurofotlardan norozilik goyalari aks etgan, "Qora dunyo" qadriyatlari madh qilingan. F.J.V. Tenreyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20-asr ningasrning 50—60 yillarida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular oʻz ijodida xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini zamonaviy badiiy ifoda shakllari bilan qoʻshishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pyesalar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reyshning "Plantatsiya" romani, "Qogʻozboy toʻra" pyesasi va boshqa asarlar).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==