Shri Lanka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Shri_Lanka_info}}
'''Shri Lanka''' (1972 yilgacha Seylon), Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi — Hind okeanidagi Shri Lanka orolda, Hindiston ya.o.danyarim jan.oroldan janubi-sharqda joylashgan davlat. Maydoni 65,6 ming km². Aholisi 19,5 mln. kishi (2002). Rasmiy poytaxti — JayavardenapuraKotte (parlament joylashgan); amaldagi poytaxti — [[Kolombo]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (rgoutse)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Orol sohillarining aksariyat qismi past, lagunali, marjon riflari bilan oʻralgan, kam parchalangan. Hududining 80%dan ortigʻi pasttekislik, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Markazi va jan.dajanubida zinapoyasimon togʻlik joylashgan. Eng baland joyi — Pidurutalagala togʻi (2524 m). Shri Lankada grafit, kvars, qimmatbaho toshlar, kaolin va boshqalar bor. Iklimi mussonli, shim.shimoliy va sharqida subekvatorial, jan.janubiy va gʻarbida ekvatorial iklim. Havo temperaturasi tekisliklarda 26—30°; togʻlarda 15—20° gacha pasayadi. Yillik yogʻin togʻlikning jan.janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 5000 m gacha, togʻ etaklarida 2000 mm gacha, shim.shimoli-gʻarbiy va jan.janubi-sharqiy sohillarida 1000 mm dan kam. Daryolari qisqa va sersuv (eng yirigi Maxaveli daryosi); quyi oqimida kema qatnaydi. Tuproqlari qizil va laterit, daryo vodiylari va sohilida allyuvial tuproq. Mamlakat hududining 44% nam tropik oʻrmon bilan qoplangan. Yassitogʻliklar savanna tipidagi yalangliklardan iborat. Sohilida mangra oʻrmonlari va kokos palmazorlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: fil, maymun, kiyik, toʻngʻiz, qoplon, silovsinlar yashaydi; timsoh, toshbaqa, ilonning bir qancha turi, kaltakesak bor. Qush va hasharot koʻp. Vilpattu, Yala (Ruxunu), GalOya milliy bogʻlari, Kandi shahri yaqinida botanika bogʻi bor.
 
== Aholisi ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Shri Lanka hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 5-asrda Hindistondan hindlar koʻchib oʻtishgan. Mil. av. 3-asrda dastlabki yirik davlat uyushmasi paydo boʻldi. 15-asrda 3 yirik davlat (singallarning Kotte va Kandi, tamillarning Jafna davlatlari) vujudga keldi. 16-asrda Portugaliya orol sohilini bosib oldi. 17-asr oʻrtalarida Niderlandiya portugallarni siqib chiqarib, orolning 1/4 qismini egallab oldi. 18-asr oʻrtalaridan Angliya bilan Niderlandiya oʻrtasida orolni egallash uchun kurash avj oldi. 1795—96 yillarda orolni inglizlar bosib oldi. Orol dastlab Angliyaning OstIndiya kompaniyasiga qarashli Madras prezidentligiga qoʻshib yuborildi. 1802 yildan Buyuk Britaniyaning alohida mustamlakasiga aylandi. Seylon aholisining mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1796, 1818, 1848). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida siyosiy tashkilotlar vujudga keldi, milliy ozodlik harakati avj oldi. 1919 yil birinchi yirik siyosiy partiya — Seylon milliy kongressi tuzildi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) mamlakatdagi demokratik kuchlar milliy mustaqillik uchun kurashni yanada avj oldirdilar. 1948 yil 4 fevralda Buyuk Britaniya Seylonga dominion maqomi asosida mustaqillik berishga majbur boʻldi. Mamlakatda chet el harbiy bazalari tugatildi, iqtisodiyotda davlat sektori kengaydi, qishloq xoʻjaligida islohotlar oʻtkazildi; tashqi siyosatda betaraflik, harbiy bloklarda qatnashmaslik yoʻli tutildi. 1972 yil 22 mayda Seylon Shri Lanka Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1978 yil 7 sentyabrdan Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. 1977 yildan iqtisodiyotda xususiy sektorni mustahkamlash va unga xorijiy sarmoyani jalb etish siyosati amalga oshirilmoqda. 1980-yillardan etnik ziddiyatlar keskinlashgan. Shri Lanka — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 4 fevral — Mustaqillik kuni (1948). OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 12 fevralda tan olgan va 1999 yil 13 oktyabrda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Birlashgan erkinlik ittifoqi, 1993 yil tuzilgan; Shri Lanka Kommunistik partiyasi, 1943 yil 3 iyudda tashkil etilgan; Shri Lanka xalq partiyasi, 1984 yil yanvarda tuzilgan; Birlashgan milliy partiya, 1946 yil asos solingan. Shri Lanka ozodlik partiyasi, 1951 yil tashkil etilgan; Shri Lanka sotsialistik partiyasi, 1935 yil dek.dadekabrda tuzilgan; Shri Lanka musulmonlar kongressi, 1980 yil tashkil etilgan; Tamil ozodlik birlashgan fronti, Tamil millatchi partiyalar bloki, 1972 yil asos solingan. Demokratik ishchilar kongressi, 1956 yil tashkil etilgan; Seylon ishchilar kongressi, 1940 yil tuzilgan; Seylon kasaba uyushmasi federatsiyasi, 1941 yil asos solingan; Umumseylon erkin kasaba uyushmalari federatsiyasi.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 30:
 
== Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Shri Lankada vrachlar untlarning 2 tibbiyot ftidafakultetida tayyorlanadi. Mamlakatda 12 yillik maktab joriy qilingan. Boshlangʻich va kichik oʻrta maktabda taʼlim majburiy. Oʻqish davlat maktablarida bepul va u singal yoki tamil tillarida, oliy oʻquv yurtlarida ingliz tilida ham olib boriladi. Kolombo, Jafna, Moratuva va boshqalarshaharlarda untlar bor. Shuningdek, Kolomboda Texnologiya kolleji, Yuridik kollej, Jafna va boshqalar shaharlarda kollejlar bor.institutlarni Shri Lanka milliy ilmiy kengashi (1968 yil tuzilgan) muvofiklashtiradi.institutlar ilmiy va sanoat tadqiqotlari instituti (1955), qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1972), tibbiyot tadqiqotlari instituti (1900), astronomiya rasadxonasi (1907), qishloq xoʻjaligi markaziy ilmiy tekshirish instituti (1965), choy instituti (1925)daolib boriladi. Kutubxonalari: Shri Lanka milliy muzeyi kutubxonasi, Kolombodagi jamoat va yuridik kutubxonalar, untlar huzuridagi kutubxonalar. Shri Lanka milliy muzeyi Kolombo, Kandi, Ratnapura, Anuradhapuradagi milliy muzeylarni birlashtiradi.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 36:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Shri Lankada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Aylend" ("Orol", ingliz va singal tillaridagi haftalik gaz.gazeta, 1981 yildan), "Davasa" ("Kun", singal tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1961 yildan), "Deyli nyus" ("Hafta yangiliklari", ingliz tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1918 yildan), "Deyli observer" ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik kechki gaz.gazeta, 1834 yildan), "Dinamina" ("Kun yangiliklari", singal tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1909 yildan), "Navayugayya" ("Yangi asr", singal tilidagi jur.jurnal, 1956 yildan), "San" ("Quyosh", ingliz tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1964 yildan), "Silumina" ("Tojdagi qimmatbaho tosh", "Dinamina" gaz. ning yakshanbada chiqadigan bezakli nashri, 1930 yildan). Lankapuvat, milliy axborot agentligi, 1978 yil tuzilgan; Press Trast of Seylon, Shri Lankaning milliy kooperativ axborot agentligi, 1951 yil tashkil etilgan. Shri Lanka radioeshittirish korporatsiyasi, davlat xizmati, 1967 yil asos solingan. Telekoʻrsatuvlar 1979 yildan boshlangan.
 
== Sanʼatlari ==