Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 49:
Milliy demokratik partiya, 1978 yilda tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (soʻl) partiya, 1976—77 yillarda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978 yilda asos solingan; Liberallar partiyasi, 1976—77 yillarda tashkil etilgan, 1990 yil yanvargacha Liberalso-sialistik partiya deb atalgan; „Al-Vafd“ partiyasi, 1978 yilda tuzilgan; „Al-Umma“ („Millat“) partiyasi, 1983 yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan. Misr mexnat federatsiyasi kasaba uyushmasi, 1957 yilda asos solingan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
Misr — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp miqdorda yetkazib beradi. 70-yillar oxiri —80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi.
 
Qator 65:
Misr chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sement, metall, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH. Chet el say-yohligi anchagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti.
 
Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sogʻliqni saqlash departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar universitetlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika f-tida, shuningdek, chet ellarda tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Universitetlarning tibbiyot f-tlaridafakultetlarida i.t.larilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Misrni 7-asrda arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari koʻplab ochila boshladi. 10-asrda al-Azhar musulmon untigauniversitetga asos solindi. Dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 yillik boshlangʻich maktab eng koʻp tarqalgan oʻquv yurti edi.
 
1952 yildan keyin boshlangʻich va oʻrta maktab isloh qilindi. 1956 yilda barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy bepul boshlangʻich taʼlim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962 yilgi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha boʻlgan barcha davlat oʻquv yurtlarida bepul taʼlimni joriy etdi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 yillik boshlangʻich taʼlim, soʻngra 3 yillik toʻliqsiz tayyorlov maktabi, 3 yillik toʻliq oʻrta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega boʻlgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shuningdek, 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi.
 
Oliy taʼlim tizimiga universitet, institut va 4 yillik kollejlar kiradi. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan 2 yillik texnika intlariinstitutlari ham bor. Mamlakatdagi 14 ta untning eng yiriklari: K,ohira, Ayn ushShams, Iskandariya universitetlari, Qohiradagi Amerika untiuniversitet, Al-Azhar untiuniversitet. Eng yirik institutlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika institutlari, Asvondagi industrial institut va boshqa
 
Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), Misr institutining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira untiuniversitet kutubxonasi (1908), Iskandariya untiuniversitet kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon untiuniversitet kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892).
 
Yirik muzeylari: Islom sanʼati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), Misr muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), Transport yoʻli muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892).
 
Ilmiy muassasalari: Qohiradagi Misr instituti (1798), Misr va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida i.t.ilmiy tadqiqot markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot instituti, Okeanografiya va baliq i.t.ilmiy tadqiqot instituti, Astronomiya instituti, Neft tadqiqot instituti, Axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi va boshqa bor.
 
== Matbuoti, telekoʻrsatuvi va radioeshittirishi ==
Matbuoti, telekoʻrsatuvi va radioeshittirishi. Misrda vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: „Alaqrom“ („Ehrom“, kundalik gaz., 1875 yildan), „Al-axbor“ („Xabarlar“, kundalik gaz., 1944 yildan), „Al-jumhuriya“ („Respublika“, kundalik gaz., 1953 yildan), „Al-aholi“ (kundalik gaz., 1978 yildan), „Axbor al-Yaum“ („Kun yangiliklari“, kundalik gaz., 1944 yildan). „Alahror“ („Liberallar“, haftalik gaz., 1977 yildan), „Al-Vafd“ („Delegatsiya“, haftalik gaz., 1984 yildan), „Axer saa“ („Soʻnggi soatda“, haftalik jur., 1934 yildan), „Alka-vakib“ („Yulduzlar“, haftalik jur., 1952 yildan), „Oktobr“ („Oktyabr“, oylik jur., 1976 yildan) — hammasi arab tilida; „Jurnal d’Ejipt“ („Misr gazetasi“, fransuz tilida chikadigan kundalik xususiy gaz., 1936 yildan), „Ijipshn gazett“ („Misr gazetasi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1880 yildan), „Ijipshn meyl“ („Misr pochtasi“, ingliz tilida chikadigan gaz., 1910 yildan) va boshqa Yaqin Sharq axborot agentligi (MENA), Misrning rasmiy axborot agentligi, 1955 yildatuzilgan. Misr radioeshittirish va telekoʻrsatuv uyushmasi 1928 yilda tashkil etilgan.
 
Adabiyoti eng qad. adabiyotlardan boʻlib, miloddan avvalgi 3ming yillikda paydo boʻlgan. Qad. Misr va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qoʻshiklar kabi adabiy yodgorliklarning koʻpgina namunasi shoxlar sagʻanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Oʻrta va Yangi shoxlik (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) papiruslarida yozilgan koʻpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari maʼlum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, ishqiy lirika kabilar. Milodiy 7—15-asrlarda arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi Misr adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-asrlar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-asr boshlaridan Misr adabiyoti Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurash taʼsirida arab tilida rivojlandi. 19-asrning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati bilan Misrda dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birinchi arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi maʼrifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) oʻz sheʼrlarida ingliz mustabidlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va „shoirlar amiri“ Ahmad Shavqiy (1869—1932) ham oʻz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarshi kurashni tasvirladi. Yangi Misr adabiyoti va publitsistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham oʻsha davrning yirik maʼrifatparvaridir. 1919—24 yillarda Misr xalqining inglizlarga qarshi qoʻzgʻolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-yillar Misr adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy oʻrinni egalladi. Uning asoschisi „Shayx Juma va boshqa hikoyalar“ nomli ilk novellalar toʻplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks ettiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik gʻoyalariga sodiq qoldilar. 20-yillarda Misr adabiyotida maishiy mavzudagi dramalar ham paydo boʻddi. Misr Tay-murning „Halokat“, Farax Antuanning „Yangi va koʻhna Misr“, Antuan Yazbekning „Uyda boʻron“ va „Qurbon“ pyesalarida zamonaviy mavzular oʻz ifodasini topgan. 20—30-yillarda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qad. Misr adabiyoti tarixiga oid „Kleopatraning oʻlimi“, „Antara“ kabi sheʼriy temperaturagediyalar yaratdi. 30-yillarda sheʼriyat taraqqiyotida „Apolo“ („Apollon“) toʻgaragi muhim roloʻynadi. Misr adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik gʻoyalarni kuylagan bir qancha isteʼdodli yoshlar paydo boʻldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui boʻldi. 40— 50-yillar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ashSharkaviy ijodi asosiy oʻrinni egallaydi. Hamisiyning „Qonli koʻylak“, „Qotmagan qon“, „Biz oʻlmaymiz“ va Sharkaviyning „Bayroq“, „Markaziy koʻcha ortidan“ kabi toʻplamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xuddi shu mavzu romantik ruxda Yusuf asSiboyining „Yuragimni qaytarib ber“ va Ishoq Abdul Quddusning „Oʻyimizda erkak bor“ asarlarida oʻz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan soʻnggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. „Ovloqkoʻchalar“, „Ibtido va institutiho“ nomli romanlari va „Bayn al-Qasrayn“, „As-Sukkariya“ trilogiyasi adibga shuhrat keltirdi. U 50-yillarda tanqidiy realizm anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi „Kuzgi bedanalar“, „Yoʻl“, „Gado“ kabi romanlar yozdi. Misr jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yoʻnalishdir. 60—90-yillar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning „Zaʼfaron“ koʻchasidagi hangomalar", al-Kuayidning „Misr diyoridagi jang“, „Qishki tush“, S Ibrohimning „Avgust yulduzi“ romanlari bor.
Qator 111 ⟶ 112:
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}`[[Turkum:Misr]]
[[Turkum:MisrBMT aʼzolari]]
 
[[Turkum:Misr]]