Kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 15:
19-asr ning 70-yillaridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-yillarda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.
 
19-asr oxiri va 20-asr boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish Kimyo fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835 yildayoq fransuz fizigi A. [[Bekker[[el]] sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 yil dan ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri [[Bekker[[el]] 1896 yilning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (qarang [[Bekker[[el]]). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekanligini [[Bekker[[el]] koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri bilan birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq boʻddi. Yangi elementlarning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani boʻlmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri, yaʼni har bir radioaktiv moddaning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chukur oʻrganishdi, Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barcha kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini olish mumkinligi ishlar koʻlamini fizika bilan bir qatorda Kimyoga ham olib kirdi. Natijada Kimyoning zanjir reaksiyalari mukammal oʻrganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-yemirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektronni yutishi) turli elementlar radioizotoplarini oʻrganishga yordam berdi. Hozirgigacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish, yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
 
Kimyoning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.