Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toshloqli yassitogʻlikdan, ozrogʻi pasttekislik (eni 20–30 km)dan iborat. Gʻarb va janubida Antilivan togʻ tizmasi va balandligi 2814 m gacha boʻlgan AshShayx togʻi joylashgan. Suriya hududining katta qismini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. Gʻarbda Ansoriya va AzZaviya togʻ tizmalari, jan.janubi-gʻarbda AdDruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. Suriya hududining jan.janubi-sharqini Suriya choʻlining bir qismi, shimol-sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va boshqa konlar bor. Iklimi Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yogʻingarchilik koʻp, yozi quruq. Oʻrtacha tempatura yanvarda 12°, avgustda 27°; yillik yogʻin 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Furot daryosining Suriya hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari – Xobur va Belix. Shimoli-sharqiy chegara boʻylab Dajla daryosi oʻtadi, shimoli-gʻarbda Oʻrta dengiz havzasiga mansub boʻlgan AlAsi (Oront) daryosi va shimolida Hims koʻli bor. Platoda boʻz tuproqli qumloqqumoq choʻllar, janubida toshloqshagʻalli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklarda shoʻrxok yerlar uchraydi. Sharqiy Tavr togʻ oldi boʻz jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz boʻyida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va togʻoʻrmon tuproqli yerlar boshlanadi. Ansoriya togʻining sharqiy yon bagʻrida togʻ dashtlari uchraydi. Sohil va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻrmonlarda eman, qaragʻay, sarv daraxtlari oʻsadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudraluvchilar, togʻlarda suriya ayigʻi, toʻngʻiz, oʻrmon mushugi va boshqalardan iborat.
 
== Aholisi ==
Qator 14:
Suriya hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-asrda Suriyaning koʻp qismini Misr, 14-asrda Xett podshoxligi egallab olgan, 12-asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsada, 8-asr oxirida Ossuriyata, 7-asr oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-asr oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 yil Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-asrda Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 yil Rim, mil. 4-asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633–40 yillarda Arab xalifaligi, 1516 yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va Suriya 1818 yilgacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832–40 yillarda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840 yil Suriyada Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 yil okabrda Suriyani ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919 yil [[Angliya]] [[Fransiya]] kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20 yillarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 yil Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930 yil mayda Suriya respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 yil dekabrda bekor qilindi. 1946 yil 17 apreldagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958 yil Suriya Misr bilan yagona davlat – Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961 yil 28 sentabrda uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963 yil 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, Suriya Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971 yil 12 martdan [[Hafiz Asad]] prezident boʻldi.
 
1967 yil iyunda Suriyaga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 yil oktabrda Suriya boshka arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S– 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan va 1992 yil 24 aprabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 17 apr, – Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun (1946).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas), 1947 yil aprelda Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954 yil danyildan xoz. nomda; Suriya kommunistik partiyasi, 1924 yil tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 yil asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. Suriya ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938 yil tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 27:
 
== Tibbiy xizmati ==
Suriyada tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi universitetda veterinariya ftifakulteti ochilgan.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 33:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz. va jurnalilari: "AsSaura" ("Inkilob", arab tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1963 yildan), "AlBaas" ("Uygonish", arab tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1962 yildan), "AlJamaxir alArabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nidal ashShaab" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gaz.gazeta, 1934 yildan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz.gazeta, 1981 yildan), "AlFido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "AlMuhandis alArabi" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961 yildan), "Nidal alFellahin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965 yildan). Suriya arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965 yil asos solingan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946 yil tuzilgan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 43:
Suriyaning qad. sanʼat yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada – hozirgi Halab) ravnaq topishi bilan birga meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16–14-asrlardagi sanʼat asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining taʼsiri seziladi. Mil. av. 9-asrda Ossuriya, mil. av. 4-asrdan mil. 4-asrgacha yunon meʼmorligi anʼanalari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).
 
5–6-asrlarda Suriyada mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7–8-asrlarda Suriya arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, Madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va boshqa barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-asr, Damashkdagi toqiravoqli jome masjid, 705–715 yillar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims sh.shahri yaqinidagi Klark deShevalye qoʻrgʻoni, 12-asr). 13–15-asrlarda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi.
 
Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516–1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-asrning 60–90yillarida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi universitet korpuslari, Latakiyadagi munitsipalitet binosi va boshqalar). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va boshqalar). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.