Vanuatu — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
 
== Tarixi ==
Vanuatuda bir necha ming yillardan beri odamlar yashaydi. taxminan 4 ming yil avval Yangi Gebrid arxipelagining shim.shimoliy va markaziy orollariga koʻchib kelgan kishilar shu yerda oʻrnashib qoldi. Orollar portugaliyaliklar tomonidan 1606 yilda kashf etilgan. 1774 yilda orollar ingliz sayyohi J. Kuk tomonidan tadqiq etilgan va Yevropadagi Gebrid orollariga oʻxshashligi uchun Yangi Gebrid deb atalgan. 1906 yildan Buyuk Britaniya bilan Fransiyaning mushtarak mustamlakasi boʻlgan. Mahalliy aholining koʻp yillik ozodlik kurashi natijasida Vanuatu 1980 yil 30 iyulda mustaqil deb eʼlon qilindi. Vanuatu—1981 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami —30 iyul — Mustaqillik kuni (1980).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Vanuatu leyboristlar partiyasi, 1986 yil tashkil etilgan; Vanuaku partiyasi, 1971 yil tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1986 yilda asos solingan; Melaneziya taraqqiyparvar partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1994 yilda asos solingan; Milliy birlashgan partiya, 1991 yilda tashkil etilgan; Yangi xalq partiyasi, 1986 yilda tuzilgan; Moʻʼtadil partiyalar ittifoqi, 1980 yilda tuzilgan. Vanuatu kasaba uyushmalari kengashi, 5 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
Vanuatuda "Vanuatu uikli" (ingliz, fransuz va bislama tillarida, 1980 yildan), "Treyding post" ("Savdo pochtasi", ingliz tilida) haftalik gaz.lari chiqadi. 1987 yildan Paknyus mintaqaviy axborot agentligi mavjud. Vanuatuda "Vanuatu teleradioeshittirish korporatsiyasp" faoliyat koʻrsatadi. Vanuatu radiosi 1966 yildan (ingliz, fransuz va bislama tillarida) ishlaydi.
 
Vanuatu maktablarida taʼlim ingliz va fransuz tillarida olib boriladi. Oʻqish bepul. Boshlangich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarning 85% ga yaqini davlat boshlangʻich maktablariga boradi. Bu maktablarning soni 270 dan ortiq. Oʻrta maktablarga bolalar 12 yoshdan qabul qilinadi; unda oʻqish muddati 7 yil Oʻrta maktablarda 4269 oʻquvchi oʻqiydi. Davlat maktablaridan tashqari, xususiy va missionerlik maktablari ham bor. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini ped. kollejlari tayyorlaydi. 1989 yil mayda Port-Vila sh.da Jan.-Tinch okeani untininguniversitetining filiali ochilgan. Port-Vila sh.da shuningdek, Madaniy markaz hamda uning muzeyi va kutubxonasi bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}