Yaman — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
{{Yaman_info}}<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
 
'''Yaman''' (اليَمَن‎‎) (Yaman Respublikasi) — Arabiston yarim orolning jan.janubiy qismidagi davlat. Mayt.Maydon 528 ming km². Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — [[Sano|Sanaa]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
 
== Tarixi ==
Mil. av. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillik boshida Ya. hududida oʻziga xos jan.janubiy arab madaniyati shakllandi. Shu davrda Xadramaut, Qatabon, Saba, keyinchalik Mani davlatlari paydo boʻldi. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida Saba davlatining mavqei oshib, qoʻshni davlatlar unga tobe boʻlib qoldi. Mil. 4-asr boshida Ya.ning barcha hududi Himyariylar podsholigiga birlashdi. 4—6-asrlarda Ya.da iudaizm va xristianlik tarqaddi. 6-asr boshida Ya.ni efioplar, 6-asr oxirida Sosoniylar bosib oldi. 629—630 yillarda Ya. Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Ya. hududida arabmusulmon madaniyati qaror topdi. [[Islom]] dini sekin asta hukmron dinga aylana bordi. 9-asrda Ya.da mustaqil Ziyodiylar davlati (poytaxti Zabid shahri), Yafuriylar davlati (poytaxti Sano shahri) vujudga keldi. 10-asrda Ya. hududining bir qismi shialarning Zaydiylar mazhabi tarafdorlari qoʻliga oʻtdi. Keyingi davrlarda Ya.da turli sulolalar hukmronlik qildi. 16asr boshida Ya. Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. 17-asr boshida u yerda turklarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilib, Zaydiy imomlari boshchiligida 1633 yil mustaqil davlat (imomatlik) tuzildi. 19-asr boshida Ya.ga vahhobiylar tez-tez hujum qilib turdi, keyinchalik Misr podshosi Muhammad Ash qoʻshinlari bostirib kirdi. 1840 yilgacha Ya. Misrga tobe boʻlib qoldi. 1839 yildan Janubiy Yaman (Adan mustamlakasi va Adan protektoratlari)da [[Buyuk Britaniya]] oʻz hukmronligini oʻrnata boshladi. 19-asrning 70-yillari boshida Shim.Shimoliy Yamanda Turkiya hukmronligi tiklandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Shim.Shimoliy Yamanda [[Turkiya]] hukmronligiga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1904— 11 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonlar natijasida Shim.Shimoliy Yaman muxtoriyatga erishdi. 1918 yil mustaqil qirollik deb eʼlon qilindi. 1962 yil 26 sentyabrda Sanoda boʻlgan inqilob natijasida monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Shim.Shimoliy Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Janubiy Yaman xalqining inglizlar hukmronligiga qarshi ozodlik kurashi Shim.Shimoliy Yamandagi ozodlik harakatlarining muvaffaqiyatlaridan soʻng avj olib ketdi. Buyuk Britaniya Adan shahri va Adan protektoratida oʻz mavqeini saqlab qolish maqsadida 1959 yil jan.dajanubida Arab amirliklari federatsiyasi (1962 yildan Janubiy Arabiston federatsiyasi, JAF)ni tuzdi. Xalq ommasi JAFga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash Shim.Shimoliy Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganidan keyin yanada kuchayib ketdi. Mustaqillik uchun kurash natijasida Janubiy Yamanning katta hududi ozodlik kuchlari qoʻliga oʻtdi. Buyuk Britaniya Janubiy Yamanni mustaqil deb tan olishga majbur boʻldi va 1967 yil 30 noyab.danoyabrda Adandan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketdi. Oʻsha kuni mustaqil Janubiy Yaman Xalq Respublikasi (1970 yildan Ya. Xalq Demokratik Respublikasi) tuzilganligi eʼlon qilindi. 1990 yil Yaman Arab Respublikasi bilan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashishi natijasida Ya. Respublikasi tashkil topdi. Ammo mamlakatda janublik va shimolliklarni ajratib tashlashga boʻlgan harakatlar saqlanib qoldi; bu 1994 yil shimolliklar gʻalabasi bilan tugagan yirik harbiy toʻqnashuvga ham olib keldi. Ya. — 1947 yildan BMT aʼzosi. OʻzROʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 30 dek.dekabr da tan olgan va 1996 yil 21 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Midliy bayrami — 22 may — Milliy birlik kuni (1990).
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
 
== Xoʻjaligi ==
Ya. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.qishloq xoʻjaligi 23,9%, kon sanoati 16,6%, qayta ishlash sanoati 10,1% ni tashkil etadi.
 
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Faol aholining 70% dan ortigʻi q.x.daqishloq xoʻjaligida band. Mahsuloti eksport qilinadigan asosiy oʻsimligi kofe; xurmo oʻstiriladi. Bogʻdorchilik (anjir, oʻrik, mango, anor va boshqalar) va tokchilik rivojlangan. Texnika va efir moyli oʻsimliklardan zanjabil, kunjut, paxta, tamaki, donli ekinlardan durra, tariq, arpa, bugʻdoy, makkajoʻxori, dukkaklilar, sabzavot ekinlari ekiladi. Mamlakatning jan.janubiy va jan.janubi-sharqidagi choʻl va chala choʻllarda voha dehqonchiligi rivojlangan (tariq, joʻxori, bugʻdoy, arpa, kunjut, paxta, kofe, tamaki, sabzavot, kokos va xurmo palmasi yetishtiriladi). Chorvachilikda qoramol (asosan, zebu), ‘ qoʻy, tuya, ot, eshak, parranda boqiladi. Mamlakat jan.janubiy va jan.janubi-sharqida koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan. Asalarichilik bilan ham shugʻullaniladi. Baliq ovlanadi. Qizil dengizning qirgʻoqqa yaqin joylaridan marvarid olinadi.
 
Sanoatida neft, osh tuzi, temir rudasi, yarim qimmatbaho toshlar qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, energetika, toʻqimachilik, paxta tozalash, oziq-ovqat (tamaki, kofeni qayta ishlash korxonalari) sanoati mavjud. Yiliga oʻrtacha 1,96 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor anjomlari, mato, koʻnpoyabzal, kulolchilik va zargarlik butomlari, tigʻli qurollar ishlab chiqariladi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Davlat maktablarida oʻqish bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktablarda ham 6 yil Oliy oʻquv yurtlari: Adandagi oliy ped. kolleji (1970 yil tashkil etilgan), un-tuniversitet (1975), Musiqa inti, Sano shahridagi un-tuniversitet (1974). I.t.lar Adandagi untdauniversitetda olib boriladi. Sano shahrida kutubxona (1925), Adan shahrida "Misvat" va un-tuniversitet kutubxonalari, arxeologiya muzeyi bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ya.da bir qancha gaz. va jur.jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Arbaatashar oktobr" ("14 oktyabr", arab tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1968 yildan), "AlJumhuriya" ("Respublika", arab tilidagi kundalik gaz.gazeta, 1948 yildan), "AsSakafa alJadida" ("Yangi madaniyat", arab tilidagi oylik jur.jurnal, 1970 yildan), "AsSaura" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik hukumat gaz.gazeta, 1948 yildan), "AsSauri" ("Inqilobchi", kundalik gaz.gazeta, 1967 yildan), "Saut alUmmal" ("Ishchilar ovozi", arab tilidagi kundalik gaz.). Adan axborot agentligi, hukumat agentligi, 1970 yil tuzilgan; Saba axborot agentligi, hukumat agentligi, 1970 yil tashkil etilgan. Ya. radiotelevideniye xizmati, davlat tomonidan nazorat qilinadi, Adan shahrida joylashgan.
 
== Adabiyoti ==
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Ya. hududida Mariba, Karnovu va boshqalar qadimgi shahar qoldiqlari topilgan (mil. av. 2-ming yillikka oid), ularning aksariyati toʻrtburchak shaklida qurilib, atroflari baland (10–12 m) devorlar bilan oʻralgan; irrigatsiya inshootlari (Maribadagi toʻgʻon, mil. av. 7-asr) va tosh ibodatxonalarning qoldiqlari, tosh va bronzadan ishlangan haykalchalar ham topilgan. Qatabon podsholigi (mil. av. 9—1-asrlar)ning poytaxti — Timna shahri xarobalari: tosh istehkomlarning qismlari, toshdan qurilgan binolarning devoriy yozuvlari, boʻrtma tasvirli stelalar, Xadramautda mil. av. 4—3-asrlarga oid shahar vayronalari (istehkom devorlari, minora tipidagi uylar, qabrtoshlar), suv havzalari (Adanda) saqlanib qolgan. Mamlakatning turli r-nlaridanrayonlaridan mil. av. 1-ming yillikka oid odam va hayvonlarning bronza va oltindan ishlangan tasvirlari, geometrik naqshli sopol buyumlar, Timnada devoriy bronza boʻrtmalar va ellini tusidagi haykalchalar (mil. av. 1-asr) topilgan. Ya.da islom dini tarqalishi bilan masjidlar qurila boshladi. 7—16-asrlarda minorali masjidlar (Sano shahridagi al-Jomiy al-Kabir masjidi, 670-yillar, 8, 10 va 12-asrlarda kengaytirildi; Taiz shahridagi alAshrafiya masjidi, 13asr), "qubba" — avliyolar maqbaralari qurildi. 20-asrda shaharlarda milliy meʼmoriy anʼanalar saqlangan holda zamonaviy tipda sanoat va irrigatsiya korxonalari, turar joy va maʼmuriy binolar barpo etildi. Ya.da qadimdan amaliy bezak sanʼati turlari (kumush, toshdan buyumlar yasash, gilamchilik, zargarlik, kiyimga gul tikish) keng tarqalgan.
 
== Musiqasi ==
Ya. musiqasida Vizantiya, Bobil, [[Misr]] madaniyati taʼsiri seziladi, boshqa arab mamlakatlari (Saudiya Arabistoni, Iroq va boshqalar) musiqa anʼanalariga yaqinlik mavjud. Arxiak musiqa namunalari saqlanib qolgan (folklar sheʼriyatini badiiy oʻqish); qoʻshiq va cholgʻu uslubini belgilovchi lad (maqam), ritmik formulalar tizimi shakllangan. Musiqa asboblari:: ud (lyutna), qonut (sitra), mizmar (surnay turi), zarbli — tabl, def, mirvas, xager va boshqalar Qadimda shoirdostonchilar, roviylar (rivoyat, nasihat aytimlarini ijro etuvchilar) sanʼati rivojlangan. Islom davridan boshlab diniy shakllar bilan birga dunyoviy mazmundagi maual, muvashshax, takasim va boshqalar janrlar keng oʻrin olgan. Shuningdek, Ya.da erkaklarning jangovar davra qoʻshiqlari (albara), toʻy raqslari (zeffa, murakkax va boshqalar), ayollarning yakka va jamoa qoʻshiqlari tarqalgan. Musiqaning zamonaviy shakllari ham rivojlangan. Musiqa boʻyicha kadrlar Adan shahridagi Musiqa in-tidainstitutida tayyorlanadi. Milliy qoʻshiq va raqs ansambli bor.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->