Geografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 3:
Geografiya fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa boʻlinadi: a) tabiiy, yaʼni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani oʻz ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproklar Geografiyasi va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy Geografiya, xoʻjalik tarmoqlari Geografiyasi (sanoat Geografiyasi, qishloq xoʻjaligi Geografiyasi, transport Geografiyasi va b.), aholi Geografiyasi, siyosiy Geografiya; v) haritagrafiya. Undan tashqari Geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy Geografiya, rekreatsiya va harbiy Geografiyaham kiradi. Keyingi yillarda, koinotni oʻrganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy Geografiyasi), kosmos yershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik kemadan turib Yer yuzasining suratini olish va haritasini tuzish usullari ham yaratildi. Geografiya eng qadimgi fanlardandir. Odamzod paydo boʻlgandan keyin muayyan davr oʻtgach, tabiiy muhit bilan jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida, ovchilik, yerni ishlash va savdo-sotiq ehtiyojlariga koʻra yaqin-uzoq masofalarga borib kelish, tevarak-atrofni bilish va turli-tuman xalklar oʻrtasida oʻzaro muomala qilish boshlangan. Odamlar ilmiy-amaliy maqsadlarda dengiz yoʻllarini va joylarning tabiatini, xoʻjaligi va xalqlarini oʻrganib turganlar. Shu yoʻllar bilan geografik maʼlumotlar toʻplangan, devor va toshlarga bitilgan, qogʻozga yozilgan. Mil. av. qadimgi dunyoning madaniyat markazlarida (Turon, Shimoliy Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossuriya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira 360 gradusga boʻlindi, sutka 24 soat deb belgilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Yer shar shaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olimlari Fales, Pifagor, Eratosfen va Aristotel), dastlabki globus va ibtidoiy harita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qitʼalariga nom berildi. Iskandariyalik matematik va geograf Eratosfen (mil. av. 3-asrda) Yer aylanasining uzunligini oʻlchab koʻrgan va Yer meridianining (hoz. oʻlchov birligida) 39816 km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ancha yaqindir. Yer yuzida issiq, moʻʼtadil va sovuq mintaqalar borligi, yaʼni geografik zonallik tushunchasi ham qadimgi dunyo Geografiyasining nazariy yutuqlaridandir. Oʻsha davrda baʼzilar Yer yuzida suvlik koʻp desalar, boshqalar, aksincha, quruqlik koʻp der edilar. Shuningdek, Quyosh bilan Yerning munosabati xususida ham ikki mulohaza boʻlgan. Ayrim olimlar (ayniqsa Ptolemey) olamning markazini Yer hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geotsentrik nazariya) desalar, boshqa olimlar geliotsentrik nazariyani ilgari surdilar, yaʼni olamning markazi Quyoshdir, Yer va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makduniy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurishlari hamda finikiyaliklarning Oʻrta dengiz va Afrika tevaragidagi suzishlari geografik tasavvurlarni birmuncha kengaytirdi. Umuman, yunon olimlari Sharqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor boʻlganlar va ulardan oʻz asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. av. 63 yil — mil. 21 yil) dunyo Geografiyasidan 17 jildli kitob yezdi (2 jildi umumiy Geografiya, 8 jildi — Yevropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi — Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90—168 yillar) Geografiya va haritagrafik proyeksiyalarga doyr 8 jild kitob yezdi. Turonlik va eronliklarning muqaddas kitobi Zend Avestoda ayrim geografik maʼlumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Nisoim (Jan. Turkmenistan), Hoʻruyu (Xirot), Hafta Hendu (Yetti Hindiston) va b. tilga olingan, baʼzilari taʼriflangan .
 
Oʻrta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-asr) Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9—10-asrlarda Atlantika okeanining shimolida suzib, Islandiya, Grenlandiya va Shimoliy Amerikagacha safar qildilar, rus pomorlari Shimoliy Muz okeanidagi ayrim orollarni oʻzlashtira boshladilar. 13-asr oʻrtalarida Fransiya qiroli Lyudovik IX ningIXning elchisi sifatida Oʻrta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini Mongoliyagacha yetib bordi. Oʻrta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta taʼsir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-asr oxiri) boʻldi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlatlarning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda Geografiya fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-asr oxiri — 9-asr oʻrtalari) Geografiyaga doyr "Surat ul-arz" kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi berilgan. Aslida bu kitob kattagina bir geografik atlasning izohnomasi boʻlgan. Xorazmiy bu kitobini yozishda Ptolemeyning "Geografiya" asaridan qisman foydalangan. Bu bilan qadimgi dunyo Geografiyasining merosi saqlab qolindi. 9-asrdan eʼtiboran arab va fors tillarida yaratilgan barcha geografik asarlar Xorazmiy kitobiga asoslangan. Shunday qilib, Xorazmiy butun Sharq Geografiyasining asoschisi boʻlib qoldi. Ahmad Fargʻoniy (9-asr) va Abu Abdulla Jayxoniy (9—10-asr)lar ham geografik asarlar yaratishdi. Fargʻoniy Misrdagi Nil daryosi suvining sathini kuzatish uchun Qohira sh.shahri yonida "miqyos jadidi" — nilometrni yaratganini alohida taʼkidlash lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi, Yerning yumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. Yerning oʻlchamlari toʻgʻrisida hoz. zamon maʼlumotlariga juda ham yaqin boʻlgan kattaliklarni ishlab chiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850—934) "Suvor ulaqolim" ("Iqlimlar surati") geografik asarini yozib, unga koʻpgina haritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengaytirib, "Kitob almasolik valmamolik" asarini yozdilar. 10-asrda yashagan arab geograflari Masʼudiy va Muqaddasiylar, 12-asr olimi Idrisiy oʻz zamonasi ahdini dunyo Geografiyasi bilan tanishtirishda katta xizmat qildilar. Sharq Geografiyasi faniga Beruniy va Ibn Sinoning taʼsiri juda katta boʻldi. Beruniyning barcha yirik asarlari ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Geodeziya", "Maʼsud qonuni") koʻp jihatdan Geografiyaga taalluqli. Beruniy Sharqda birinchi boʻlib globus yasadi, "Maʼsud qonuni" kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boshqa bir kitobiga dunyo haritasini ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, Yer aylanasining uzunligini oʻlchadi. "Geodeziya" kitobida Amudaryoning oqimi oʻzgargani va Qoraqum choʻlining paydo boʻlishini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor gʻarbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini taʼkidlagan. 5 asrdan soʻng yevropaliklar bu quruqlikning Amerika qitʼasi ekanligini kashf etganlar. 11-asrda balxlik Nosir Hisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yoʻl bosdi — Movarounnahrdan Afrika shim.gacha, Arabiston va Hindistongacha sayohat qilib, "Safarnoma" kitobini yozdi. Maxmud Koshgʻariy Markaziy Osiyodan Kichik Osiyo yarim orolgacha kezib, turkiy qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari, daryo-koʻllari, togʻyaylovlarini tasvirlagan "Devonu lugʻotit turk" asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo haritasi ham ilova qilingan. 13-asr boshida Marv sh.da (hoz. Turkmanistonning Mari sh.dan 30 km sharada) yashagan Abdulla Yoqut Hamaviy "Mujam ul-buldon" geografik lugʻatini yozgan. Shimoliy afrikalik (marokashlik) arab Ibn Battuta 14-asrning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib chiqdi — Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Sumatra o., Movarounnahr, Janubiy Yevropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-asr boshlarida Samarqand rasadxonasida temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l di. Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-asr boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar — "Boburnoma"ni yaratdi. 15-asr oʻrtasi — 17-asrda Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida deyarli barcha materiklarning shakli belgilandi, yer yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, nomaʼlum mamlakatlarning tabiati va xoʻjaligi haqida maʼlumotlar olindi. 17-asrning 1- yarmida yashagan gollandiyalik geograf B. Vareniusning "Umumiy geografiya" kitobi oʻsha davrning eng yirik geografik asari boʻldi. Varenius birinchi boʻlib Yer haqidagi bilimlar sistemasidan umumiy geografiya va xususiy regional geografiyani ajratdi. 16—17-asrlarda haritagrafiya boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi, haritagrafik proyeksiyalar ishlab chiqildi (Geografiya Merkator). 18-asr oxiri va 19-asr davomida Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliyaning ichki rayonlarida geografik tadqiqotlar olib borildi. 19—20-asrlarda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi.
 
Tabiiy geografiya. Oʻzbekistonda, bu-tun Oʻrta Osiyodagi kabi, oʻlkaning ta-biiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik gʻoyalarning bu jarayon bilan bevosita bogʻliq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy yoʻnalishda amalga oshib, takomillasha bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional landshaftshunoslik yunalishlaridir .
Qator 17:
Regional landshaftshunoslik yoʻnalishi yuqoridagi uch kompleks yoʻnalish va koʻplab tarmoq geografik yoʻnalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yoʻnalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30 yillarda olib borildi. Oʻrta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft haritalari tuzildi. 1943 yil Oʻrta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlashtirish konsepsiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-yillar oxiridan Oʻrta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft haritalarini yaratish bilan Oʻrta Osiyo davlat universitetining geograf olimlari shugʻullandilar. 1960—70 yillarga kelib, Oʻzbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. Gʻulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullayev, S. Abdullayev, I. Abdugʻaniyev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboyev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landshaftshunoslik maktablariga mansubdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlashtirish va landshaft xususiyatlarini tahlil qilish, tabiiy resurslarni baholash bilan shugʻullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekreatsiya geografiyasi (3. Mahamatillayev, A. Zokirov), landshaftlar rekultivatsiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepanov, Oʻ. Abdunazarov, H. Maʼsudov) boʻyicha ham tadqiqotlar oʻtkazdilar.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya i.ilmiy t.tadqiqot boʻlimi 1958 yildan boshlab geografik tadqiqotlar olib bordi.
 
Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toshkent sh.dan tashqari Samarkand (L. Alibekov, A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullayev), Jizzax (S. A. Nishonov), Fargʻona (O. Yu. Sultonov, A. Maqsudov, I. Abdugʻaniyev), Buxoro (I. Nazarov), Qarshi (A. Mamatov, S. Abdullayev) va b. shaharlarda ham olib boriladi.
Qator 23:
Geomorfologiya. Oʻzbekistonda geomorfologiya va u bilan bogʻliq toʻrtlamchi davr shakllanishi geomorfolog Yu. A. Skvorsov va geolog N. P. Vasilkovskiylar nomi bilan, Respublika geomorfologiyasining keyingi yutuqlari geograf-geomorfologlardan — O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D. Mamedovlarning koʻp yillik tadqiqotlari bilan bogʻliq.
 
Meteorologiya va iqlimshunoslik. Bu soha boʻyicha respublikada mumtoz iqlimshunoslik (klimatografiya), sinoptik meteorologiya va dinamik iqlimshunoslik, mikroiqlimshunoslik, agrometeorologik hamda agroiqlimshunoslik , bioiqlimshunoslik va shahar iqlimshunosligi ilmiy yoʻnalishlari vujudga keddi.
 
Mikroiqlimiy va agrometeorologik tadqiqotlar 20-yillarda Mirzachoʻlda voha iqlimini oʻrganishga doyr ishlar bilan boshlandi. 1950- yillardan Oʻrta Osiyo davlat universitetida agrometeorologiya, yerga yaqin havo qatlamlari fizikasi boʻyicha muntazam tadqiqotlar olib borildi va unda L. N. Babushkin, A. T. Muqminova, M. A. Orifxonova kabi koʻplab meteorolog hamda iqlimshunoslar ishtirok etdi. Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga S. A. Sapojnikova, F. A. Muminov, D. Matmurodov, A. S. Hasanov, A. Abdullayev kabi tadqiqotchilar ham munosib hissa qoʻshdilar .
Qator 47:
Oʻrta Osiyo koʻllarini oʻrganishga olimlardan N. L. Korjenevskiy, L. A. Molchanov, N. G. Mallitskiy, A.M. Nikitin va b. hissa qoʻshdilar.
 
Oʻzbekistonda gidrometeorologik tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo regional gidrometeorologiya i.ilmiy t.tadqiqot instituta (Toshkent), Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika hamda Suv muammolari institutlaridir.
 
Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar asosan gidrometriya, suv eroziyasi va oʻzan jarayonlarini oʻrganish (A. R. Rasulov, T. Joʻrayev, S. R. Saidova, M. Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E. Chembarisov, K. Domlajonov), gidroekologiya (A. Nazarov, A. Abdurahmonov, 3. Sirliboyeva), gidromelioratsiya (Sh. Yunusov, E. Joʻrabekov) va irrigatsiya tarixi (A. Razzoqov), suv resurslarini oʻrganish (Sh. Murodov, S. Karimov, U. Tursunov), muzlikshunoslik (M. A. Nosirov, A. Akbarov), koʻlshunoslik (O. Nuriddinov) kabi yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Qator 61:
Oʻzbekistonda biogeografik tadqiqotlar ayni vaktda ularning ikki asosiy tarmogʻi — botanik geografiya va zoogeografiya yoʻnalishlarida ham shakllandi. 1920—40 yillarda oʻlka oʻsimliklari va hayvonoti geografik-ekologik oʻrganildi (M. P. Popov, R. I. Abolin, Ye. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A. Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov).
 
Oʻzbekistonda botanik geografiyaning rivojlanishi va milliy ilmiy kadrlarni yetishtirishda akad.akademik K- 3. Zokirov va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ningakademiyasining muxbir aʼzosi I. I. Granitov salmoqli hissa qoʻshdilar.
 
1950-yillardan boshlab oʻsimliklar geografiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi boʻyicha oʻzbek botaniklaridan — M. M. Orifxonova, P. Q. Zokirov, X.
 
M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib chiqdi. Shuningdek, botanik-geografik i.ilmiy t.lartadqiqotlar rivojiga D. K. Saidov, M. M. Nabiyev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A. I. Usmonov, Oʻ. Pratov, S. S. Soatovlar ham muayyan hissa qoʻshdilar.
 
Hayvonlar geografiyasiga doyr tadqiqotlarni Oʻzbekistonda zooekolog D. N. Kashkarov va zoogeograf N. A. Bobrinskiylar olib bordi. Oʻzbekiston zoogeografiyasining keyingi rivoji T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N. Meklenbursev, H. Solihboyev, Gʻ. S. Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Ishunin va b.ning ilmiy faoliyati bilan bogʻliq.
Qator 83:
Aholishunoslik va aholi geografiyasi. Aholishunoslik muammolarini ilmiy oʻrganish N. V. Smirnov, T. I. Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev, A.A. Qayumovlarning tadqiqotlarida oʻz ifodasini topdi.
 
1960-yillarda Toshkent universitetining geografiya i.ilmiy t.tadqiqot boʻlimida M. K. Qoraxonov rahbarligida majmuali aholishunoslik muammolari turli yoʻnalishlarda tadqiq etildi, ayni vaqtda qishloq joylarini oʻrganish boshlandi (R. Valiyeva, G. R. Asanov, E. Safarov).
 
1972 yil ToshDUToshkent daDavlat Universitetida Aholishunoslik muammolari i.ilmiy t.tadqiqot laboratoriyasi ish boshladi.
 
Yirik poytaxt shaharlar (T. I. Raimov, E. Toshbekov) va shahar aglomeratsiyalarini (O. B. Otamirzayev, N. X. Mamatqulov) hamda umuman regiondagi aholi punktlari tizimlari, urbanizatsiyaning rivojlanishini (T. I. Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev, X. S. Salimov va b.) oʻrganish ham geograflarning diqqat markazida boʻldi.
Qator 97:
Haritagrafiya. Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonning umumiy geografik haritalarini tuzish bilan geograf N. L. Korjenevskiy shugʻullandi. Ye. P. Korovin 1933 yil tuzib, "Urta Osiyo va Kozogʻiston oʻsimliklari" monografiyasiga ilova qilgan geobotanik harita muhim biogeografik, ekologik va geografik ahamiyat kasb etdi. 1920-yillarda haritagrafiya bilan R. I. Abolin, 1930—50 yillarda I. I. Granitov shugʻullandi. 1940—50 yillarda Oʻzbekistonning geografik jihatdan muhim ahamiyatga molik tuproq va tuproq-iqlim haritalari nashr etildi. 1960-yillarda "Uz-Giprozem" instituti ishlab chiqarish hamda oʻquv maqsadlarida 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli 10 dan ortiq qishloq xoʻjaligi haritasini va landshaftlar haritasini nashr etdi. Usha yillarda Oʻzbekiston barcha viloyatlarining tabiiy-oʻlkashunoslik oʻquv haritalari chop etildi (T.M. Mirzaliyev).
 
Oʻzbekistan haritagrafiyasining ilmiy markazlari Oʻzbekistan Millim untininguniversitetining Geodeziya va haritagrafiya kafedrasi va Oʻzbekistan Fanlar akademiyasining Seysmologiya i-ti tarkibidagi Geografiya boʻlimidir. ToshDUToshkent Davlat Universiteti haritashunoslari (T. M. Mirzaliyev, Ye. G. Brodskiy, A. E. Egamberdiyev, L. M. Qoʻziboyeva, L. G. Soliyeva) tashabbusi va ishtirokida 1981 yil Oʻzbekistonning birinchi oʻquv maʼlumotnomali atlasi rus va oʻzbek tillarida nashr etildi.
 
Geografiya boʻlimi 1981—2000 yillarda Oʻzbekistonning 70 bosma taboqdan ziyod akademik atlasi, Toshkent shahrining atlasi, paxtachilik va tibbiy-geografiya atlaslari, "Turkiston — umumiy uyimiz" albom atlasi, Oʻzbekistonning ekologik haritasidan tashqari tabiatii muhofaza qilish, choʻllashish va landshaft haritalarini nashr qildi. L. X. Gʻulomova haritagrafik tadqiqotlarda kosmik usullardan foydalanish boʻyicha, M. Asomov, Sh. Buzrukov, A. Bozorboyev, J. Koraboyev, T. Qoraboyevalar haritagrafiyaning turli yoʻnalish va mavzulari boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqdalar.
 
Geografiya boʻlimi respublika hududini majmuali tabiiy va ijtimoiyiqtisodiy geografik oʻrganish, tabiiy muhitni muhofaza qilish muammolari va tabiatiing inson taʼsirida oʻzgarishini bashorat qilish, mavzuli va hududiy atlas va haritalar tuzish masalalari bilan shugʻullanadi. Boʻlim tarkibida oʻlkani majmuali geografik bashoratlash, atrof muhit muhofazasi, haritagrafiya va masofadan tadqiq etish laboratoriyalari faoliyat koʻrsatmoqaa. Boʻlimda hozirgacha 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilindi. Boʻlim Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va MDH davlatlari Fanlar akademiyasi larining i.ilmiy t.tadqiqot muassasalari bilan ijodiy hamkorlik qilmoqda. Oʻzbekistonda geografik tadqiqot ishlari va geograf kadrlar tayyorlash ishlari bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston millim universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat untiuniversiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. universiteti, viloyat universitetlari shugʻullanadi.
 
Amaliy geografiya hoz. zamon geografik tadqiqot yoʻnalishlaridan biri. Asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq taxlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda vujudga kelayotgan turli tabiiy-geografik, geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilishdan iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogr. hamda haritagrafiya fanlariga tegishli. Yana q. Amaliy geografiya.
Qator 107:
Geografiya taʼlimi. Oʻzbekistan hududida Geografiya 18—19-asrlarda madrasalarda umumiy holda, 19-asrning 80-yillarida rus-tuzem maktablarida, 1900 yildan yangi usul maktablarida dastur boʻyicha oʻqitildi. 19-asr 90-yillaridan Geografiyadan birinchi oʻquv qoʻllanmasi — "Yer xususida ilmdan olingan soʻzlar" oʻzbek tilida nashr etildi. 1880-yillarda Hoji Yusuf Hayʼatiy (1842—1924) geografik globus yasadi. 1905 yilda yangi usul maktablari uchun "Turkiston va unga yondosh mamlakatlarning haritasi" nashr qilindi.
 
20-asrda Turkistonda geografiya taʼlimi rivojlandi. M. Behbudiyning "Qisqacha umumiy geografiya" (1902), "Aholi geografiyasiga kirish" (1903), Fotih Karimning "Geografiya" (1914), Muhammad Aminkarimiyning "Jugrofiyai riyoziy" (1914), Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining "Yer yuzi" (1915), N.I. Balashovning "Turkiston geografiya oʻqumligi" (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 yildan1990 yilgacha umumiy taʼlim maktablarida faqat Oʻzbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qoʻllanmalar asosida oʻqitildi. G.ni oʻqitish metodikasi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, darsliklari nashr qilindi. Geografiyaga oid O. Ibrohimovning "Geografiya terminlari" (1935), M. Bektemirov va Saidrasulovning "Qisqacha ruscha-oʻzbekcha geografiya terminlari lugʻati" (1940), N, Dolimov va b.ning "Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati" (1953), H.H. Hasanovning "Geografik terminlar lugʻati" (1964), S. Qorayev, P. Gʻulomov, R. Rahimbekovning "Geografik terminlar va tushunchalar izohli lugʻati" (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. taʼlimi ham ancha rivojlandi. davlat universitetlari va pedagogika institutlarida Geografiya f-tlarifakultetlari ochildi. Oliy maktablar uchun Geografiyadan darslik va oʻquv qoʻllanmalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi hamda yangilari yozildi. Geografiya taʼlimining yangi davlat standarti, oʻquv dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, geografik terminlar lugʻati va haritalar yaratildi.
 
== Adabiyotlar ==
* Preobrajenskiy V. S. i dr., Geografiya v menyayushemsya mire. Vek XX. M., 1997, 274 s; Hasanov H., Oʻrtaosiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriyev M., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiney, 2-nashr, T., 1968.
 
Ziyovuddin Akramov, Asomiddin Rafitsov, Shuhrat Azimov.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->