Kiyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 42:
Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960 yildan). Ukraina Fanlar akademiyasi, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, [[Taras Shevchenko|T. G. Shevchenkoning]] adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va b.), respublika stadioni bor.
 
Kiyevda Sofiya sobori (11-asr; qoʻngʻiroqxonasi 17–19-asrlar), Oltin darvoza (11-asr), Vidubetsk monastiri (II-asr), Spas cherkovi (11-asr oxiri – 12-asr boshi), Kirill cherkovi (12-asr), Kiyev Pechera lavrasi (12–18-asrlar), Andreyev cherkovi (18-asr), Vladimir sobori (19-asr) saqlangan. 1947–54 yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli – Kreshchatik barpo etilgan. 60–80-yillarda Rusanovka, Obolon va boshqalar turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), "1941–45 yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi" memorial majmuasi (1981) barpo etildi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>[[Tasvir:Kyjiv sofienkathedrale.jpg|right|thumb|250px|Sofianing maydoni]]
 
== Havolalar ==