London: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 46:
Shaharda poytaxt aholisi ehtiyojlarini taʼminlash, L. porti orqali keltiriladigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash bilan bogʻliq sanoat tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, priborsozlik), shuningdek, elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari bor. Stanoksozlik va kema taʼmirlash ham muhim ahamiyatga ega. Chetdan keltiriladigan xom ashyo hisobiga rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tikuvchilik, koʻn-teri, poyabzal, mebel, poligrafiya, farmatsevtika, sement, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Harbiy sanoat rivojlangan. L. porti orqali chetga sanoat mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft, oziq-ovqat, oʻrmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi. L.da dunyoda eng birinchi metropoliten qurilgan (1860—63). L.da turli moliyaviy, savdo, sugʻurta kompaniyalari, banklar, savdo va fond birjalari, nashriyotlar, gaz. tahririyatlari, xal-qaro va Britaniya monopoliyasi va xorij firmalari filiallari toʻplangan.
 
L. — mamlakatning muhim madaniy markazi. Bu yerda London universiteti, Siti universiteti, politexnika institutlari, Qirollik drama sanʼati akademiyasi, Qirollik musiqa akademiyasi, London Qirollik jamiyati, shuningdek, koʻpgina ilmiy jamiyatlar va muassasalar bor. Un-tlarUniversitetlar qoshida yirik kutubxonalar mavjud. 30 dan ortiq muzey, jumladan, Britaniya muzeyi (1753), tabiat muzeyi, ilmiy muzey, geologiya muzeyi, L. muzeyi, Milliy galereya va boshqa, yirik konsert zallari, teatrlar ishlab turibdi.
 
L. yagona markazdan emas, balki mustaqil shaharchalar va aholi punktlarining sekin-asta qoʻshilib ketishidan tashkil topganligi bilan boshka yirik shaharlardan farq qiladi. Tari-xiy markazlari — Vestminster (siyosiy idoralar, Vestminster abbatligi, Bakingem va Sent-Jeyms saroylari, Yangi Vestminster sobori va boshqa joylashgan) va Siti (bank, birja, yirik monopoliya idoralari oʻrnashgan).
Qator 52:
Qad. binolar orasida gotika uslubida qurilgan Sautuork sobori (13—15-asrlar), Xemptonkort saroyi (1515—36, 1689—94) diqqatga sazovor. Vestminsterdagi Uest-Endda mehmonxonalar, savdo koʻchalari, kollejlar, muzeylar, tomoshaxona-sayilgoxlar joylashgan. Klassitsizm, neoklassitsizm namunalari saqlangan. Zamonaviy uslubda koʻplab binolar qurilgan.
 
L.da 1908 yilda 4-Olimpiya oʻyinlari, 1948 yilda 14-Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==