Moʻlali botigʻi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Moʻlali botigʻi''' - [[Qizilqum]]dagi [[botiq]]. [[Navoiy viloyati]]ning [[Tomdi tumani]]da, Taxtatov va [[Yetimtogʻ (togʻ)|Yetimtogʻ]] tizmalarining janubiy etaklarida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uz. 38–42 km, eni 10–30 km. Eng chuqur joyining mutlaqbal. 150 m. Oʻrtacha chuq. 35–40 m. Qadimda bir necha marta dengiz bosgan, [[neogen]] davridan boshlab Moʻlali botigʻi qoz. shaklini ola boshlagan. [[Uchlamchi sistema|Uchlamchi]] va [[toʻrtlamchi sistema|toʻrtlamchi]] davr [[choʻkindi togʻ jinslari|choʻkindi jinslari]] [[qum]], [[gil]] va [[qumtosh]]lardan iborat. Botiqning janubiy qismida tekis, koʻzanakli doʻng, marzali qum shakllari tarkib topgan. Ilgari Moʻlali botigʻidan tuz qazib olingan. [[Iqlim]]i keskin [[kontinental iqlim|kontinental]]. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 100— PO mm. Moʻlali botigʻida shoʻrxok, [[shoʻrtoblar|shoʻrtob]], [[taqir tuproqlar|taqir]], [[qumli tuproqlar|qumli]], togʻlarga yaqin joylarda esa [[shagʻal]]li [[tuproq]]lar uchraydi. Qumli yerlarda [[iloq]], oq [[saksovul]], [[qandim]], [[astragal]], [[shuvoq]], [[efemerlar]], shoʻrxok kumliklarda qora saksovul, qorabaroq, sarsazan, baʼzan, [[yulgʻun]], shohilak tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan [[boʻri]], [[tulki]], [[kaltakesaklar|kaltakesak]], [[ilonlar|ilon]], [[yumronqoziq]], [[qoʻshoyoqlar|qoʻshoyoq]], [[qumsichqonlar|qumsichqon]] va boshqa yashaydi. Moʻlali botigʻida qishda va yozda [[qorakoʻl qoʻy zoti|qorakoʻl qoʻylar]], [[yilqi]] boqiladi. [[Yaylov]]larning mahsuldorligi gektariga 0,5—1 s.
 
MOʻLDATOV — Ichki Tyanshandagi togʻ tizmasi. Qirgʻizistonda, Soʻnkoʻldan janubida. Gʻarbdan sharqqa choʻzilgan. Koʻkoʻmeren, Soʻnkoʻl va Norin daryolari oraligʻida. Uz. 150&nbsp;km. Eng baland joyi 4100 m. Asosan, ohaktoshdan tuzilgan. Yon bagʻirlarining quyi qismi togʻ dasht oʻsimliklari bilan qoplangan, undan yuqorida qoraqaragʻay, archa va boshqa oʻsadi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==