Okean: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 4:
'''Okean''', Dunyo okeani (yun. Okeanos — [[Yer]]ni aylanib oqadigan azim daryo) — [[Yer]]ning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, [[Yer]] yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan O. bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
 
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz O.lariga boʻldi. 1845 yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz O. [[Yer]] sharida O. suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda O. suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va jan.janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida O. suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan O. atmosfera va [[Yer]] pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham O.ning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va [[Yer]] poʻstiga bogʻliq.
 
O. issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. O. tufayli [[Yer]]da temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. O. oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. O. energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. O. va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi O. yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang [[Dengiz transporti]]).
Qator 16:
O. tubining materiklarga yondosh kismlarining [[Yer]] pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh O. qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
 
Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining shim.Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan O. qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; O.ning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.
 
Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari O. tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.
Qator 22:
O. tubi choʻkindilari. Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi O.ning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
 
O. tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, O. qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar O.ning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shimoliy kenglikdan 50° jan.janubiy kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; O. qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi. O.ning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan choʻkindilari shakllanadi. O. tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km²), chuqursuv qizil gillari (PO mln. km² dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km²ga yakin) eng koʻp maydonni egallagan.
 
O. tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, O. oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va boshqa elementlar] boʻlgan qatlamlar ana shular jumlasidandir.
Qator 34:
Suvlari geokimyosi. O. suvi oʻrta[[cha 35 g/l konsentratsiyali tuzlar eritmasidan iborat]]. O.da hammasi boʻlib 5-YU22 g erigan tuzlar bor. O. tuzlari massasi tarkibi materiklardan keladigan choʻkindilarning erishi, atmosfera bilan modda almashish jarayoni va O. tubi choʻkindilari, shuningdek, dengiz organizmlarining hayot faoliyati natijasida tartibga solib turiladi. Ti, Mn, Zr va boshqa baʼzi metallarning ionlari gidroliz natijasida koagulyasiyalanadi va gid-rooksidlar shaklida O. tubiga choʻkadi. Dengiz suvining bir kancha mikroelementlari — Si, Pb, Mo, Hg, Zn, U, Ag, siyrak yer elementlari va boshqa turli xil tabiiy sorbentlar — organik modda, temir va marganets gidrooksidlari, kalsiy fosfat, silikatlar bilan adsorbsiyalanish yoʻli orqali choʻkadi.
 
O. suvida atmosferadan tushadigan va okean suvi katlamlarida vujudga keladigan turli xil gazlar ham erigan holda mavjud. O.dagi hayot faoliyatini belgilab beradigan O2 va SO2 ayniqsamuhim ahamiyatga ega. Bir qancha inert (kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaydigan) gazlar —N2, Ar, Kg , Xe ham bor. Suvning ustki qatlamlarida (100– 150 m) O2 miqdori eng koʻp (7—8 ml/ l); chuqurlashgan sari 3,0—0,5 ml/l ga tushib qoladi, bir xil joylarda umuman O2 yoʻq. SO2 esa, aksincha, suvning chuqur qatlamlarida eng koʻp boʻladi.
 
Fitoplanktonning fotosintetik faoliyati suvning ustki (100–150 m gacha chuqurlikda boʻlgan) qatlamlaridagi erigan gazlarni kislorod bilan boyitadi, SO2 ni yutadi. Organizmlar ugleroddan tashqari Si, Ca, Mg, K, Vg , I, R, Na, shuningdek, fiziologik ahamiyatga ega boʻlgan V, Zn, Cu, Co, Ni kabi bir qancha ogʻir metallarni ham yutadi. Organizmlar oʻlganda bu elementlarning bir qismi choʻkadi va tegishli sharoitda toʻplana boradi. Temir-mar-ganetsli konkretsiyalarda Si, Zn, Ni, So, Mo, Ag, Ti, Pb va boshqa elementlar ham Yigiladi. Temir-marganetsli konkretsiyalarning umumiy miqdorini 10p ga teng deb hisoblash qabul qilingan.
 
Mineral va energetika resurslari. O. boy mineral resurslar manbaidir. Ular dengiz suvlarida erigan hoddagi kimyoviy elementlar; dengiz tubi ta-gidagi va tubi yuzasidagi foydali kazilmalardan iborat.
Qator 42:
20-asrning 70-yillarigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda.
 
O.dan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km² ga teng (shelf umumiy maydonining ‘/2 qismi). taxminan hisobga koʻra. O. dagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m³. 20-asr 70-yillar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100–110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni O.ning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va O. shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shimoliy dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.
 
Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va boshqa mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va boshqa qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va boshqalar) keng tarqalgan.
Qator 48:
O. tubining keng maydonlarida oʻziga xos koʻp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir necha trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir necha marta koʻp. Baʼzi mamlakatlarda 4 ming m chuqurlikdan sanoat yoʻli bilan konkretsiyalar qazib chiqarish sinab koʻrilmoqda.
 
Neft va gazdan boshka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. O.dan energiya olish uchun toʻlqinlar kuchi, suv koʻtarilishi va qaytishi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi temperatura tafovutidan foydalanish mumkin. Suv koʻtarilishi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv koʻtarilishi elektr stansiyasi Fransiyaning La-Mansh sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); RFdaRossiya Federatsiyasida Kola yarim orolning shimolida Kislaya Guba suv koʻtarilishi va qaytishi bilan ishlaydigan elektr styasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv koʻtarilishi va qay-tishi elektr stansiyalari qurish loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQSH, Buyuk Britaniyada ham bunday stansiyalar loyihalari ishlab chiqilmokda. O.ning ter-mik energiyasidan foydalanishda tropik oʻlkalarda sharoit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirgʻoq zonasidagi suvlarning temperaturasi ustki qatlamlarda 30°, 400–500 m chuqurliqda esa 8—10°. Birinchi gidrotermal elektr stansiyasi Abidjan yaqinida (Kot-d’Ivuar)da quriddi. O. ogʻir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boshqarish masalasi xal qilinsa, ogʻir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi.
 
Gidrologik rejimi. O.ning i s -siqlik balansi. O. issiqlik balansining asosiy tarkibiy qismlari: radiatsiya balansi (quyoshning yalpi radiatsiyasidan O.ning nur qaytarishi ayirmasi), bugʻlanishga sarflanadigan issiklik, okean yuzasi bilan atmosfera oʻrtasidagi turbulent issiklik almashinishi va oqimlarning issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib ketishi.
 
Jami radiatsiya yukrri kengliklardan quyi kengliklarga qarab kupaya boradi va atmosfera bosimi yukrri bulgan joylarda 20° shimoliy kenglik va 20° jan.janubiy kenglikda maksimumga yetadi, bu narsa tropik va subekvatorial kengliklarda bulut kam boʻlishiga bogʻliq. Bosim baland joylarda bugʻlanishga ham maksimal issiqlik sarf boʻladi. Turbulent issiqlik almashinish barcha kengliklarda ham boshqalardan kam boʻladi. O. suvi 30° shimoliy kenglik bilan 30° jan.janubiy kenglik orasida issiqlikni yutadi va yuqori kengliklarda esa issiqlikni atmosferaga beradi. Bu faktlar yilning sovuq yarmida oʻrta va qutbiy kengliklarda iklimni anchagina yumshatib tu-radi. 3-jadvalda O. issiklik balansining tarkibi kkal/sm2 yilda kenglik mintaqalari boʻyicha berilganSuv balansi. O. yuzasidan bugʻlanadigan namlik, yogʻin suvlari va materikdan oqib tushadigan suvlardan tarkib topadi. Ana shu suvlarning nis-bati turli kengliklarda O. suvining shoʻrlik darajasini belgilaydi. Materiklardan oqib tushadigan suvlar O.ga tushadigan yogʻin suvlarining atigi 10% ini tashkil etadi. Shimoliy yarim sharda bugʻlanish bir yilda 111,9 sm; yogʻin 116,7 sm ga, Janubiy yarim sharda bugʻla-nish 113,0 sm, yogʻin 91,6 sm ga teng . Oʻrtacha va qutbiy kengliklarda muzlarning erishi va suv muzlashi ham suv balansida muhim ahamiyatga ega.
 
Temperaturasi. Suvning 1 sm qalinlikdagi ustki qatlami O. ustiga tushadigan quyosh energiyasining 94% ini yutadi. Aralashish natijasida issiklik O.ning barcha qatlamlariga oʻtadi. O. yuzasidagi suvlarning yillik oʻrtacha temperaturasi 17,5°, O. ustidagi havo temperaturasi esa 14,4° ga teng . Shimoliy yarim sharda suv temperaturasi Janubiy yarim shardagiga nisbatan baland-roq (materik taʼ-sirida). Termik ekvator (eng katta temperaturalar liniyasi) ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda oʻrtacha yillik temperatura 28°, yopiq tropik dengizlarda esa 32°. Ekvatordan qutblarga uzoklashgan sari u qutbiy oʻlkalarda sekin-asta 1,5—1,9° gacha pasayadi. temperaturaning mav-sumiy tebranishlari 100–150 m chuqurlikkacha yuz beradi. Chuqurlashgan sari temperatura pasayadi va tubi yuzasidagi qatlamda 0° dan pastga tushadi. Pekin bu holat hamma yerda ham bir xil boʻlmaydi. O. tubida temperatura yuzadan kelib turadigan suv temperaturasiga bogʻliq. O. tubiga yakin suv temperaturasi 1,4—1,8°, qutbiy oblastlarda esa 0° dan past boʻladi. 7 ming m dan chuqur botiklarda temperatura pasaymasdan, ak-sincha, adiabatik jarayon taʼsirida bir gradusning oʻndan bir ulushlarigacha orta boradi.
 
Shoʻrligi. Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi O. yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan.
Qator 92:
Xalqaro huquq rejimi. O. huquq rejimi inson faoliyatining O. bilan boglik boʻlgan 6 ta yirik huquqiy regla-mentatsiyasini, yaʼni O. akvatoriyapari rejimi, O.da savdo kemalari qat-novi rejimi, harbiy kemalarning suzib yurishi rejimi, O.da ilmiy tadqiqotlar olib borish rejimi, O. tubi va yer osti boyliklari, shuningdek, O. muhitini muhofaza qilish huquqiy reglamentatsiyalarini oʻz ichiga oladi.
 
O. huquq rejimi xalqaro shartnomalar va taomillar, shuningdek, ayrim davlatlarning milliy qonunlarida aks etgan. O. rejimini belgilashda hukumatlararo dengiz konsultativ tashkilo-ti, BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tash-kiloti (YUNESKO) ning okeanofafiya komissiyasi, BMTning milliy yurisdiksiya doirasidan tashqarida amal qiladigan qoʻmitasi — dengiz va okeanlar ostidan tinchlik maqsadlarida foydalanish qoʻmitasi, BMTning dengiz huquqi qoʻmitasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning roli katta.
 
O. akvatoriyalari xalqaro huquqiy rejimi dengizga chiqish yoʻli boʻlgan har bir davlatning ichki dengiz suvlari (qarang [[Ichki suvlar]]), xududiy suvlar va ochiq dengiz suvlari huquqiy reglamentatsiyasini oʻz ichiga oladi.
Qator 107:
 
== Adabiyot ==
* Shokalskiy Yu. M., Okeanografiya, 2 izd., L., 1959; Kerrington R., Biografiya morya, per. s angl., L., 1966; Istoshin Yu. V., Okeanologiya, L., 1969; Ditrix G., Obshaya okeanografiya, per. s nem., M., 1962; Okean (Okean), per. s angl., M., 1971; Shepard F. P., Morskaya geologiya, per. s angl., 2 izd., L., 1969; Leontyev O. K., Dno okeana, M., 1968; Okean i chelovechestvo, M„ 1968.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->