Qora dengiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 29:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qora dengiz''' — Atlantika okeanining materiklararo dengizi, Yevropa bilan Kichik Osiyo yarim oral oraligʻida joylashgan. Kerch boʻgʻozi orqali Azov, Bosfor boʻgʻozi orqali Marmar, Dardanell boʻgʻozi orqali Egey va Oʻrta dengizlari bilan tutashgan. Rossiya, Ukraina, Moldova, Gruziya, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya qirgʻoqlarini yuvib turadi. Maydoni 422 ming km². Dengiz gʻarbdan sharqqa 1130&nbsp;km, shim.danshimolidan janubga 260&nbsp;km gacha choʻzilgan. Eng chuqur joyi 2210 m. Qirgʻoqlarining umumiy uz. 4090&nbsp;km, kam parchalangan. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlari past, sharqi va jan.janubiy da Katta va Kichik Kavkaz hamda Pontiya togʻlari dengizga tik tushgan. Qrim yarim oralning janubiy sohili togʻli. Orol kam. Yirik qoʻltiqlari: Karkinit, Kalamit va Feodosiya. Qora dengizga Dunay, Dnestr, Inguri, Rioni, Chorux, sakar va boshqa daryolar quyiladi.
 
Qora dengiz tubi geologik jihatdan bir xil emas. Shim.-gʻarbiy qismi materik sayozligidan iborat. Chuqur choʻkmalari Alp burmalanishi natijasida hosil boʻlgan. Sharqiy qirgʻoqlardagi materik yon bagʻirlarida yoriq va kanʼonlar uchraydi. Ayrim suv osti togʻlari 400 m balandlikkacha koʻtarilib turadi. Dengizning chuqur botiqlari hozirgi ham choʻkmoqda.
 
Qora dengizning shimoliy qismi moʻʼtadil zonada joylashganligi uchun qishi iliq, yozi esa issiq, jan.janubiy qismi subtropik va oʻrta dengizboʻyi subtropik iqlim zonasida boʻlib, eng issiq va sovuq oylarning trasida farq kam. Qishda dengizning shim.shimoli-gʻarbiy qismi quruqlikdan esadigan shamollar taʼsirida sovuqroq. Bu yerda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2.6°, —3". Yoz faslida dengiz Azor antitsikloni taʼsiri ostida boʻlgani sababli yilning boshqa fasllariga nisbatan quyoshli kunlar koʻp boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi dengizning deyarli barcha qismida bir xil, 25° gacha. Yillik yogʻin notekis taqsimlangan, dengizning janubi-gʻarbida eng koʻp — 2450&nbsp;mm. Dengiz suv balansida bugʻlanishga nisbatan yoqqan yomgʻir va daryo suvlarining kirimi koʻproq, shu sababli suv sathi Oʻrta va Marmar dengizlari suvi sathiga nisbatan 9—12 sm balandroq. Bu esa Qora dengizdan Marmar dengizi tomon suvning doimiy oqib turishini taʼminlaydi. Dengizda suv koʻtarilishi kam kuzatiladi. Shoʻrligi yuza qismida 18°/^^, qirgʻoqlari yaqinida 16°/0(|, 150–200 m chuqurlikda 22°/00gacha. Oʻrta dengizning shoʻr suv osti oqimlari Bosfor boʻgʻozi orqali Qora dengizga oʻtib turadi.
 
Yozda dengizning yuza qatlamidagi suvining temperaturasi 25", qirgʻoq yaqinidagi sayozliklarda 28° gacha. 150–200 m chuqurliklarda suvning temperaturasi kam oʻzgaruvchan, 8—9°. Qishda suvning temperaturasi 8-—9°, dengizning Shimoli-sharqiy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqqa yaqin sayoz qismlari hatto muzlaydi.