Qoraqoʻl: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Qoraqoʻl''' (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — [[Qirgʻiziston]] Respublikasi [[Issiqkoʻl viloyati]]dagi [[shahar]], viloyat markazi. [[Terskay Olatovi]]ning shimoliy etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. [[Avtomobil yoʻli|Avtomobil yoʻllari]] chorrahasi. [[Aholi]]si 64,3 ming kishi (1999). 1871 yildan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. [[Oziq-ovqat]], meva-sharob, [[gʻalla ekinlari|gʻalla]] [[mahsulot]]lari, shu jumladan, [[non]], [[baliq]] [[zavod]]lari, [[sut]], [[goʻsht]] kombinatlari va [[yengil sanoat]] ([[poyabzal]] va [[tikuvchilik]] f-kalarifabrikalari); [[elektrotexnika|elektr-texnika]] zavodi, [[issiklik elektr stansiyalari|elektr issiklik]] markazi, [[aeroport]] bor. [[Qurilish materiallari]] ishlab chiqariladi ([[temirbeton|temir-beton]] qorishmalari, [[gʻisht]]-[[shagʻal]] zavodlari). [[Pedagogika]] instituti, Issiqkoʻl [[universitet]]ining oliy iqtisod kolleji, [[oʻlkashunoslik muzeylari|oʻlkashunoslik muzeyi]] mavjud. Q. atrofida "Oqsuv" va "Jetioʻgʻiz" [[balneologiya|balneologik]] [[kurort]]lari joylashgan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->