Tinch okeani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
Bu okeanning 708.000.000&nbsp;km<sup>3</sup> suv hajmi bor. Okeanning 3.000 — 3.500 m dan chuqur boʻlgan har joyida suv darajasi 2&nbsp;°C dan pastda. [[1950]] — [[1980]] yillari orasida Tinch okeanida juda katta va kuchli dengiz toʻlqinlari boʻlgani tufayli kemalar oʻta olmayotgan edi. Kemalar Tinch okeanining bir uchidan bir necha kilometr uzoqlashishi bilan toʻlqinlar boshlar edi. U toʻlqinlar hozirgi kunlarda ham koʻrilmoqdadir.
 
'''Tinch okean''', Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1oʻrinda. Tinch okeani gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shim.danshimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari oʻrtasidagi yoʻlak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoklarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktida dagiAntarktidadagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanining shim.shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering , Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Janubiy Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, janubida Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.
 
Tinch okeani orollarining koʻpligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km²) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta kismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa orollar vulkan otilishi natijasida kelib chik,qan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi.
 
Relyefi va geologik tuzili sh i . Tinch okeani tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. Tinch okeani hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan Tinch okeani tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha boʻlgan shelf (uz. 800&nbsp;km gacha) Bering , Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharqdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. Tinch okeanining Alyaska yarim oroldan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. Tinch okeanining chegarasida yirik koʻtarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha boʻlgan Shim.Sharqiy, Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Janubiy Peru va h.k.) mavjud. Tinch okeanining yirik relyef strukturasi — Sharqiy Tinch okean koʻtarilmasi Dunyo okeani oʻrtaliq togʻ tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti togʻ sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: Layn, Gavayi, Shim.Gʻarbiy, MerkusNekker va boshqa Tinch okeanining sharqiy qismini va Sharqiy Tinch okean tizmasini juda koʻp yoriqlar zonasi kesib oʻtgan.
 
Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2–3&nbsp;km, bu esa Tinch okeanini eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500–5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okeani gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganets gʻuddalari va boshqa uchraydi.
 
== Gidrologik rejimi ==
Tinch okeanining katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻʼtadil iklim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shim.danShimolidan jan.ga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilmaxil. Tinch okeani ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shimoliy Tinch okean, Janubiy Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shimoli-sharqiy, janubida janubi-sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻʼtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanining shimoliy qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha temperaturasi ekvatorga yaqin joylarda fevralda 26—27°, avgustda 26—28°, Bering boʻgʻizida fevralda —20°, avgustda 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fevralda —10°, avgustda —25°. Tinch okeanida yogʻin miqdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000&nbsp;mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000&nbsp;mm, sharqida 2000– 3000&nbsp;mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200–300&nbsp;mm).
 
Tinch okeanining shimoliy qismida iliq Shimoliy Passat — Kurosio va Shimoliy Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shim.dagiShimolidagi moʻʼtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okeani ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim Tinch okeanini gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150–300 m.sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600&nbsp;km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4&nbsp;km/soat. Okeanning janubida Janubiy Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi.
 
Suvning shoʻrligi shimoliy va janubiy subtropik kengliklarda 35,5%o boʻlib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shimoliy moʻʼtadil kengliklarda 30– 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021&nbsp;kg/sm³ dan 1027&nbsp;kg/sm³gacha) oshib boradi.
Qator 24:
Tinch okeani suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada (Alyaska qoʻltigʻida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon o.lari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol taʼsirida kuchli toʻlqinlar, yer qimirlash taʼsirida sunami (50 m gacha) boʻladi.
 
Muzlar Tinch okeanining shim.shimoli-gʻarbiy (Bering , Oxota, Yapon, Sariq) dengizlarida va Alyaska qoʻltigʻi shimolida qamda Antarktida sohillari yaqinida hosil boʻladi. Muzlarning asosiy kismi va suzuvchi muzlar yuqori janubiy kengliklarda qishda 61—64° j.k., yozda 70° j.k.da koʻp boʻladi. Yoz oxirida aysberglar 46—48° j.k.da ham uchraydi.
 
Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Tinch okeanining flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻʼtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy moʻʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va boshqa, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik.
 
Tadqiq qilinish tarixi. Tinch okeanini oʻrganish tarixi 3 davr: qad. sayohatlardan 1804 yilgacha, 1804 y. danyildan 1873 yilgacha va 1873 yildan keyingi davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Yer sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi oʻrganilgan. Tinch okeanining chegaralari, boshqa okeanlar bilan bogʻliqligi aniklangan. Bu davr Buyuk geografik kashfiyotlarni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi davrda Tinch okeani suvining fizik xossalari, chuqur joylari oʻrganildi. Bu davrda dunyo aylana sayohatlar boshlandi. Uchinchi davrda maxsus ekspeditsiyalar va sohildagi styalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi. Okeanologik va ilmiy muassasalar va xalqaro birlashmalar tashkil etildi. Xalqaro geofizika yili va xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida Tinch okeani tubining relyefi mukammal oʻrganildi, yangi barimetrik va dengiz navigatsiyasi xaritalari yaratildi. Tinch okeani davlatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalkaro ekspeditsiyalar tomonidan yanada chuqurroq oʻrganilmoqda.
 
Iqtisodiy geografik ocherk. Tinch okeanining jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni unga tutash mamlakatlarda yashaydigan aholi soni va ishlab chiqaradigan sanoat hamda qishloq xoʻjaligi. maxsulotlarining hajmi, okeanning boy va turlituman tabiiy resurslari va muhim transport yoʻllari bilan belgilanadi. Okeanlardan ovlanayotgan dengiz mahsulotlari va baliqning 60%ga yaqini Tinch okeaniga toʻgʻri keladi. Eng koʻp ovlanadigan baliqlar: losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabugʻasi, tunetslar, kambalasimonlar. Okeanning shim.shimoli-gʻarbiy qismida losossimon baliqlarning asosiy dunyoviy zaxirasi toʻplangan. Umurtqasizlardan turli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar ovlanadi. Tinch okeani turli suvutlar, laminariya, zostera dengiz uti va boshqalarning 90%ni beradi. Jahon miqyosidagi akvakultura mahsulotining 3/4 qismi shu okeanga toʻgʻri keladi. Tinch okeani havzasida baliq ovlash boʻyicha bir necha xalqaro konvensiya tuzilgan. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan.
 
Rutil va sirkonning jahon boʻyicha eng yirik konlari Tinch okeanida Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qirgʻoqlari yaqinidagi qismida, ilmenitsirkonli qumlar Shimoliy Amerikaning Alyaskadan Kaliforniyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida, kassiteritning boy sochma konlari Jan.