Turon tekisligi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 1:
'''Turon tekisligi''', Turon pasttekisligi — [[Oʻrta Osiyo]]ning
Turon tekisligi berk havza, uning markaziy qismida [[Orol dengizi]] [[botiq|botigʻi]] joylashgan. Maydoni 1,5 mln. km². Oʻrtachabal. 150– 200 m. Gʻarbiy qismi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi) dengiz sathidan 28 m pastda, baʼzi bir botiqlar (mas., [[Qoragiyo]] botigʻining tubi) —132 m. Sharqqa tomon tekislikning balandligi ortib boradi.
Qator 7:
Turon tekisligi yer yuzasining tuzilishi xilmaxil, kelib chiqishi, shakli va yoshi jihatidan har xil orografik shakllar: pastgekisliklar, platolar, past togʻlar, qirlar, botiqlar, qad. daryo oʻzanlari, deltalar tarqalgan. Turon tekisligining markaziy qismini Turon pasttekisligi egallagan. Undan har tomonga balandlik ortib boradi. Bir qancha platolar (Ustyurt, [[Mangʻistau qoʻltigʻi|Mangʻistov]], Krasnovodsk, Shagʻiray va boshqalar) bor. Ular ichida eng yirigi — Ustyurt. Platolar xamma tomondan tik yon bagʻir ([[chink]])lar bilan oʻralgan. Past togʻlar Turon tekisligining gʻarbiy kismidagi Mangʻistov yarim orolda — Krratov (556 m), Shimoliy va Janubiy Oktovlar, Qizilqumdagi [[Sulton Uvays togʻi]] (485 m), [[Boʻkantov]] (500 m), [[Yetimtogʻ]] (622 m), [[Tomditov]] (922 m), [[Aristontov]] (698 m), [[Ovminzatov]] (649 m), [[Quljuqtov]] (785 m), [[Qozoqtov]] (613 m), Balxash koʻlining janubi-gʻarbida [[Jeltov]], [[Oytov]] (1052 m) va boshqa Bular paleozoy togʻ jinslaridan tashkil topgan, suvayirgʻich qismi turli tuzilishga ega (qoyali, tekislangan yuzalar), yon bagʻirlari koʻpincha tik, qryali, koʻplab quruq soylar bilan kesilgan. Turon tekisligida mezokaynozoy togʻ jinslaridan tuzilgan bir qancha [[qir]]lar ([[Bodxiz qirlari|Bodxiz]], [[Qorabel]], [[Qorabovur]], Oqtumshuq va boshqalar) mavjud. Ularning yon bagʻirlari nishabroq, atrofidagi tekisliklar bilan astasekin tutashib ketadi, bal. 1000 m gacha. Turon tekisligida bir qancha botiqlar ([[Borsakelmas botigʻi|Borsakelmas]], Askaovdan, [[Mingbuloq botigʻi|Mingbuloq]], Qoraxotin, [[Oyoqogʻitma botigʻi|Oyoqogʻitma]] va boshqalar) bor. Ularning uz. 40 km gacha, eni 20 km gacha (Qoragiyo) yetadi. Botiklar tubida baxrr faslida vaqtinchalik koʻllar gʻosil boʻladi. Baʼzilarda (mas., [[Sariqamish koʻli|Sariqamish]]da) doimiy koʻl bor.
Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik daryolari: [[Amudaryo]], [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]], [[Zarafshon (daryo)|Zarafshon]]ning toʻrtlamchi davrda tentirab oqishi natijasida kelib chiqqan qad. [[oʻzan]]lari ([[Oʻzboʻy]], Janadaryo, Aqchadaryo, Moxondaryo va boshqalar) saqlanib qolgan. Baʼzi oʻzanlarning
Turon tekisligi Turon shgitasida joylashgan. Uning paleozoy choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ jinslaridan tashkil topgan poydevori har xil chuqurlikda oʻrnashgan, baʼzi hududlarda, mas., Markaziy Qizilqumda yer yuzasiga chikib, yangi tektonik xarakatlar taʼsirida past togʻlar hosil boʻlgan. Plitaning poydevorini mezokaynozoy yotqiziklari qoplagan. Iklimi keskin kontinental, shimoliy kismida moʻʼtadil, janubida subtropik iklim. Kishi, shimoliy kismida sovuq, yozi issiq, havosi quruq, kam bulutli.
Turon tekisligida doimiy oqar daryolar yoʻq, togʻlardan boshlanuvchi daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, [[Ili]], [[Chu]], Murgʻob, Tajan va boshqalar) tekislik hududiga yetib keladi. Tektonik, antropogen koʻllar (Orol, Balxash, Sariqamish, [[Aydar koʻli|Aydarkoʻl]], [[Dengizkoʻl]] va boshqalar) mavjud. Turon tekisligi yer osti suvlariga boy, lekin, ularning katta qismi shoʻr. Chuchuk yer osti suvlari Turon plitasining poydevori va baʼzi qum massivlarida xrsil boʻlgan. Uning hududidan oqib oʻtuvchi daryolarda suv omborlari ([[Tuyamoʻyin suv ombori|Tuyamoʻyin]], Tajan, Sariyoz, Hovuzxon, Yoʻloʻtan) va kanallar ([[Qoraqum kanali|Qoraqum]], [[Amu-Buxoro mashina kanali|Amu-Buxoro]] va boshqalar) barpo etilgan. [[Tuproq]]lari kulrangqoʻngʻir, boʻz, qumli, taqir, oʻtloq, shoʻrxok, agroirrigatsion tuproklar. Ularning koʻpchiligi shoʻrlangan, chirindiga boy emas. Oʻsimlik qoplami siyrak, qurgʻoqchilik sharoitida substrat tarkibiga moslashgan, vegetatsiya davri qisqa boʻlgan shuvoq, shoʻra, juzgʻun, qum akatsiyasi, efemer va boshqa tarqalgan, vohalarda madaniy oʻsimliklar oʻstiriladi. Hayvonot dunyosi har xil, hayvonlar qurgʻoqchil sharoitda yashashga moslashgan. Bir qancha [[qoʻriqxona]]lar ([[Amudaryo qoʻriqxonasi|Amudaryo]], [[Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi|Badaytoʻqay]], [[Bodxiz qoʻriqxonasi|Bodxiz]], [[Borsakelmas qoʻriqxonasi|Borsakelmas]], Hasankoʻli, [[Repetek qoʻriqxonasi|Repetek]], Ustyurt, [[Qizilqum qoʻriqxonasi|Qizilqum]], Qoplonqir) tashkil etilgan. Turon tekisligi turli tabiiy boyliklar (ikGʻshmi, foydali qazilmalar, chorvachilik ozuqasi, yer)ga ega. Foydali qazilmalardan neft, gaz, oltin, fosforit, qurilish materiallari bor. Murod Mamatqulov.
|