Kitob tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 62:
}}
[[Fayl:View from Takhta-Karacha Pass 2.jpg|thumbnail|Zarafshon tizmasi]]
'''Kitob tumani''' - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.shimoli-sharqida. 1926 yil sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24.dek.da dekabrda Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968 yil 25 dek. dadekabrda qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 178,9 ming kishi (2000). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob shahri Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shim.shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi.
 
Tabiati. Hududining katta qismini shim.shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻʼtadil. Oʻrtacha temperatura yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% ba-hor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Kashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va boshqa yashaydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 102 kishi. Shaharliklar 34,9 ming kishi, qishloq aholisi 144 ming kishi (2000).
 
Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 18,7 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 5,0 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 90 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-internat, 2 kasbxunar kolleji, 53 kutubxona, 15 qishloq klubi, Shon-shuhrat muzeyi, stadion va tennis kortlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 79 qishloq feldsher-akusherlik shohobchasi, 15 qishloq vrachlik amboʻlatoriyasi, 75 qishloq vrachi punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2300 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1935 yildan "Kitob tongi" tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==