Narpay tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 62:
}}
 
'''Narpay tumani''' - Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubida joylashgan. Sharq va gʻarbdan viloyatning Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, shim.danshimolidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, jan.danjanubidan Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km². Aholisi 152 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 1 shaharcha (Mirbozor), 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Islomshoir, Kosagaron, Olti-oʻgʻil, Chaqar, Yangirabot, Yangiqoʻrgʻon, Qadim, Qorakoʻl, Qorasiyrak) bor. Markazi — Oqtosh shahri
 
Tabiati. Tuman hududining janubi-gʻarbi Qarnob choʻli, markaziy qismi va shim.Shimoli-sharqida Ziyovuddin-Zirabuloq togʻlari, togʻ oralaridagi soylik va botiqlardan iborat.
 
Yer yuzasi, asosan, uchlamchi davr choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Bu yer neogen davrigacha dengiz boʻlgan. Neogen davridagi alp orogenetik ja-rayoni taʼsirida vodiy quruqlikka aylangan. Iklimi keskin kontinental. Yozi jazirama issiq va quruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura yanvarda — 1,9°, iyulniki 27,2°. Eng yuqori temperatura 44°, eng past temperatura —35°. Vegetatsiya davri 200 kun. Yillik yogʻin miqdori 200 mm. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda tushadi. Shimoliy chegarasi boʻylab Za-rafshon daryosi oqib oʻtadi. Soy va jil-gʻalar yozda qurib qoladi. Kds. Narpay kapali tuman hududidan oʻtgan. Tuproqlari sugʻoriladigan boʻz tuproq, baʼzi joylarda shoʻrlangan tuprokdar, togʻ etagi qiya tekisliklarida och boʻz tuproq, asl boʻz tuproqlar uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan pashmakshoʻra, oqshoʻra, bugʻdoyiq, qamish, roʻvak, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayra, jayran va boshqa uchraydi. Qushlardan soʻfitoʻrgʻay, loy-xoʻrak, chugʻurchiq., zargʻaldoq, qirgʻovul; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemi-ruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqa bor.
Qator 72:
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, ipakchilik, sab-zavotchilik. 5364 dehqon xoʻjaligi mavjud. Tumanda "Zirabuloqpaxta", "Oqtoshdon", Zirabuloq tajribasinov zavodi, "Oqtoshnon", "Salomatlik" korxonalari, 10 qishloq qurilish kombinati, Zirabuloq magistral gaz yoʻllaridan foydalanish boshqarmasi, Nar-pay va Zirabuloq MTP aksiyadorlik jamiyatlari, 2 avtotransport korxonasi, Oqtosh va Mirbozor dehqon bozorlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy ekin maydoni 21962 ga, shu jumladan, sugʻoriladigani 20640 ga. 1322 ga lalmikor yerlar, 802 ga bogʻlar, 779 tokzorlar, 515 ga tutzorlar bilan band. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻli, temir yoʻl (Zirabuloq temir yoʻl stansiyasi) oʻtgan.
 
Maishiy xizmat va kasb-hunar kolleji, 68 umumiy taʼlim maktabi, 47 jamoat kutubxonasi, 26 madaniyat uyi, Mirbozor xalq muzeyi, 560 oʻrinli markaziy kasalxona, 3 poliklinika, 15 qishloq vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 39 feldsher-akusherlik punkti, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi faoliyat koʻrsatadi. 1932 yildan "Paxtakor ovozi" tuman gaz. chiqadi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->