Xatirchi tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 62:
}}
 
'''Xatirchi tumani''' — Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1927–30 yillarda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 yildan Samarqand viloyati, 1982 yildan Navoiy viloyati, 1989 yildan Samarkand viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida. Shimolidan Nurota, janubisharqdan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, shimoli-sharkdansharqdan Qoʻshrabot, janubidan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,37 ming km². Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻchakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Poʻlkan shoir, Xonaqa, Yangiyoʻl, Krracha) bor. Markazi – Yangirabot shahri.
 
== Tabiati ==
Shim. kismi Nurota togʻ tizmasi va togʻ etagi qiya tekisligidan iborat, janubiy qismi Okdaryo,Qoradaryo va qisman Zarafshon daryosi vodiylarini oʻz ichiga oladi. Iklimi kontinental, yillik oʻrtacha tempatura 13,5°. Yanvarning oʻrtacha trasitemperaturasi –1,7°, eng past tratemperatura –33°. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 28,7°, eng yuqori tempatura 44°. Vegetatsiya davri 212 kun. Yillik yogʻin miqsori, shimoliy togʻlik kismida 300 mm, janubidagi tekisliqda 200 mm. Suv resurslari Krradaryo, Okdaryo, Zarafshon va bir necha soylardan iborat. Tuproqlari tog etaklari tipik boʻz, och boʻz tuproqlar. Jan.Janubiy kismida sugʻoriladigan boʻz, allyuvial, oʻtloqi va oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklaridagi qiya tekisliklarda chorvachilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasalari va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang , yulgʻun va boshqa, Nurota togʻlari etaklarida rang , yaltirbosh, chalov, karrak, kiyik oʻti, oq safrak, gulxayri, betaga; bahorda efemerlar oʻsadi. Butalardan doʻlana, pista uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayran, togʻ echkisi va toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, lochin, bulduruq, qirgʻiy, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkonlar, toshbaqa, sariq ilon, kobra, echkemar; kemiruvchilardan jayra, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqa uchraydi. Nurota togʻining yon bagʻrida. Langar koni bor.
 
== Aholisi ==
Qator 79:
Xatirchi tumanida markaziy stadion, bir qancha sport inshootlari, sport maydonlari va sport zallari faoliyat koʻrsatadi.
 
Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 244 vrach xizmat qiladi. Oltinsoy sanatoriysi mavjud. Tuman markazi bilan Navoiy sh.shahri oʻrtasida avtobus qatnaydi. "Xatirchi hayoti" tuman gaz. (avvalgi "Yangi Hayot") 1998 yildan nashr qilinadi (adadi 7300 ga yaqin).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Qator 86:
 
== Tuman tarixi ==
Tuman [[1926-yil]] [[29-sentabr]]da Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] tarkibidagi viloyat (''1920-21 y.yil''), 1922-24-yillarda esa [[Karmana]] viloyatida [[uzed]], 1925-26-yillarda Karmana uezdining [[volost]]i boʻlib kelgan.
 
1927-30-yillarda [[Zarafshon okrugi]]da rayon, 1938-yilgacha esa respublikaga boʻysunuvchi rayon, [[1938-yil]]da yangidan viloyatlar(''[[oblast]]'') tuzilgach, [[1982-yil]] [[20-aprel]]gacha Samarqand viloyatining, soʻngra [[1989-yil]] sentabr oyiga qadar yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibida boʻldi. 1989-yilda Navoiy viloyati tarqatib yuborilgach, yana Samarqand viloyatiga qoʻshildi. [[1992-yil]]dan boshlab, qayta tashkil qilingan yangi Navoiy viloyatining tumani hisoblanadi.