Ivan Panfilov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Ivan Vasilyevich Panfilov''' (1892.20.12 Saratov viloyati Petrovsk shahri — 1941.19.11 Moskva ostonasi) — [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] qatnashchisi, gvardiya generalmayori. Gitlerchilar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashi bilan Olmaotada shakllantirilgan 316-oʻqchi diviziya qoʻmondoni etib tayinlangan. Panfilov oʻz diviziyasi bilan [[Moskva]] ostonalaridagi shiddatli janglarda jasorat kursatgan. Diviziya tarkibida uzbek, qozoq, qirgʻiz, rus, qoraqalpoq va boshqa xalklarning vakillari bulib, ular Moskvani mardonavor himoya qilishgan. Panfilov diviziyasiga gvardiyachi nomi berilib, 8-gvardiyachi diviziyaga aylantirilgan. Panfilov Moskva uchun olib borilgan janglarda halok bulgan. Oʻlimidan soʻng Qahramon unvoni berilgan (1942 yil aprel). Panfilov qoʻmondonlik qilgan diviziya uning nomi bilan ataladigan bulgan. [[Rossiya]], [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]] va boshqa mamlakatlarda kuplab qishloq va qoʻrgʻonlar, maktab va xiyobonlar Panfilov nomi bilan ataladi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==