Furye Jan Batist Jozef: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
FURYE (Fourier) Jan Batist Jozef (1768.21.3, Oser 1830.16.5, Parij) — fransuz matematigi, Parij FAFanlar akademiyasi aʼzosi (1817). Oserdagi harbiy maktabni tugatgan, oʻsha maktabda, keyin Politexnika maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan (1796—98). Dastlabki ilmiy ishlari algebraga doyr. Asosiy ilmiy ishlari matematik fizikaga oid. Uning qattiq jismlarda issiqlikning tarqalishi nazariyasi toʻgʻrisidagi ilmiy ishi matematik fizikaning rivojlanishi tarixida alohida oʻrin tutgan. "Issiklikning analitik nazariyasi" asarida u issiklik oʻtkazuvchanlikning differensial tenglamasini chiqargan va uni yechish usulini tavsiya etgan. F.ning oʻzgaruvchilarni ajratish usuli keyinchalik S. D. Puasson, M. V. Ostrogradskiy va boshqa olimlar ishlarida rivojlantirildi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->