Gʻulom Karimovich Karimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Gʻulom Karimovich Karimov''' (1909.15.4 — Toshkent — 1991.2.1) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). Fi-lol. fanlari doktori (1962), professor (1963). Leningraddagi Tarix, falsafa va lingvistika institutini tugatgan (1935). Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi (1943 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1938—48), Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutidirektori (1948—51), Oʻrta Osiyo universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) oʻqituvchisi (1951—53), kafedra mudiri (1954—84), professor maslahatchisi (1984—91). Ilmiy faoliyati oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. K. "Layli va Majnun"ning ilmiytanqidiy matnini tayyorlagan (1945). Navoiy, Muqimiy, Furqat, Almaiy, Nodim Namangoniy va b.ning ijodiga oid maʼlumotlarni, hayoti va ijodiy merosini toʻplagan, tadqiq etgan. Oliy oʻquv yurtlari ("Oʻzbek adabiyoti tarixi", 1966) va oʻrta maktablar uchun ("Oʻzbek adabiyoti tarixi", 1974, 1985; N. Mallayev, S. I. Ismatov bilan hamkorlikda) darslik, metodik qoʻllanmalar tuzgan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==