Kirov viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 40:
'''Kirov viloyati''' - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1934 yil 7 dekabrda Kirov oʻlkasi nomi bilan tashkil etilib, 1936 yil 5 dekabrdan viloyatga aylantirilgan. Maydoni 120,8 ming km². Aholisi 1589,4 ming kishi (2000), asosan, ruslar; shuningdek, mari, tatar, udmurt, komilar ham yashaydi. Shaharliklar 71%. 39 tumanga boʻlingan; 18 shahar, 57 shaharcha bor. Markazi – Kirov shahri
 
Kirov viloyatining yer usti past-balandlik boʻlib, shimolidan jan.ga pasayib boradi. Foydali kazilmalari: temir rudasi, yonuvchi slanetslar, fosforit, torf. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi –14°, iyulniki 17°. Yillik yogʻin 500 mm. Vegetatsiya davri 155–170 kun. Asosiy daryosi – Vyatka. Tuproqlari podzol, chimli podzol, unumdor chimli-karbonatli, oʻtloqi, botqoq va kulrang tuproqlar.
 
Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, yengil, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik sanoatida elektrotexnika buyumlari va koʻtarish-transport jihozlari ishlab chiqariladi. Kirov viloyati yogʻoch, taxta, standart uylar, mebel, changʻi yetkazib beradigan asosiy rayon. Yengil sanoatda mahalliy xom ashyo asosida moʻynali va teri buyumlari tayyorlanadi.
 
Kirov viloyati sut va goʻsht chorvachiligi, gʻalla, tolali zigʻir va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Kirov viloyati, avtomobil yoʻllari bor. Vyatka daryosida kema qatnaydi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->