Bangkok: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 1:
[[File:Bangkok skytrain sunset.jpg|200px|right]]'''Bangkok''' — [[Tailand]] poytaxti. Mamlakatning janubida, Menamchao-Praya daryosining chap sohilida (oʻng sohilida Bangkokning bir qismi — Tonburi joylashgan). Aholisi 8,2 mln. kishi (2010). Koʻpchiligi siyomliklar, qisman xitoylar. Bangkok mamlakatning eng katta shahri, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik tashqi savdo porti, xalqaro miqyosdagi aeroport bor. Bangkokda mamlakat sanoat korxonalarining yarmidan koʻpi, jumladan eng yirik kemasozlik, taxta tilish, qogʻoz, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, toʻqimachilik fabrikalari, metallsozlik, mashinasozlik, badiiy hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shahar atrofida sement, neftni qayta ishlash, traktor va avtomobil yigʻuv zavodlari bor. Sholi oqlash poytaxt sanoatining asosiy tarmogʻidir. Mamlakatning 75% eksporti va 90 % importi Bangkok orqali oʻtadi. Universitet (1917), ijtimoiy fanlar universiteti, tasviriy sanʼat universiteti, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, politexnika
== Adabiyotlar ==
* [[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{Osiyo poytaxtlari}}
|