Jakarta: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 1:
[[File:Jakarta Panorama.jpg|250px|right]]'''Jakarta''' — [[Indoneziya]]ning poytaxti. Yava orolning
Jakarta — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat (choy, kofeni qayta ishlash, sholi oklash, un tortish, yogʻ, baliq konservalash va b.), kauchukka ishlov berish, rezina va koʻn poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, mexanika ustaxonalari, kema verfi, avtomobil yiguv zavodi va boshqa bor. Hunarmandchilik kadimdan rivojlangan.
Jakarta — xalqaro dengiz va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro Kemayoran aeroporti bor. Jakarta porti (Tanjungpriok avanporti) orqali chetga kauchuk, choy, kofe, xinin, shakarqand va b. chiqariladi; chetdan koʻproq sanoat uskunalari keltiriladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Penang darvozasi (1671), cherkov (1695), shahar boshqarmasi binosi (1710—12), 17— 18-asrlarda qurilgan binolar, kanal va koʻpriklar va boshqalar saklangan. Zamonaviy binolardan sport majmuasi (1956—62), markaziy gospital (1962—63), Prezident saroyi (19—20-asrlar), Mustaqillik monumenta (1964) Jakartaning yangi qurilgan qismida joylashgan. Jakartada davlat universiteti, bir necha xususiy universitetlar, Milliy texnika instituti, Fanlar instituti, Madaniyat inti, kutubxonalar, muzeylar, Kartinalar galereyasi, teatrlar va bodhqa bor.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
|