Kobul (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kobul (maʼnolari)}}
[[File:Kabul Skyline.jpg|300px|right]]'''Kobul''' ({{lang-prs|کابل}}) — [[Afgʻoniston]]ning [[poytaxt]]i. Kobul viloyatining [[maʼmuriyat|maʼmuriy]] markazi. [[Qobul|Kobul]] [[daryo]]si [[vodiy]]sida, oʻrtacha 1820 m [[mutlaq balandlik|balandlik]]da, Asmon va Sherdarvoza [[togʻlar]]i orasidagi [[voha]]da joylashgan. [[Iqlim]]i [[subtropik mintaqalar|subtropik]] [[kontinental iqlim]]. [[Yanvar|Yanv.Yanvar]]ning oʻrtacha temperaturasi G, [[iyul]]niki 26°, yiliga 317&nbsp;mm [[yogʻinlar|yogʻin]] tushadi. [[Aholi]]si 750 ming kishi (2000). [[Ptolemey Klavdiy|Ptolemey]] asarlarida K. Kobur shaklida uchraydi. [[Yunon-Baqtriya podsholigi]], [[Kushon podsholigi]], keyinchalik [[eftaliylar davlati]] tarkibida boʻlgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach ([[VI asr|6-asr]]), K.ni [[buddizm]] [[din]]idagi mahalliy [[hokim]]lar (Kobul [[shoh|shox]]lari) idora qilgan. [[VII asr|7-asrda]] [[arablar]], [[IX asr|9-asr]]da [[safforiylar davlati|safforiylar]] bosib olgan. K. [[Somoniylar davlati|Somoniylar]], [[Gʻaznaviylar davlati|Gʻaznaviylar]], [[Temuriylar davlati|Temuriylar davlatlari]] tarki-biga kirgan. [[Shahar]] [[1221]] yilda [[Chingizxon]] [[qoʻshin]]lari tomonidan vayron qilindi. [[1504]] yil [[Bobur]] K.ni oʻzi asos solgan davlatning poytaxtiga aylan-tirdi. [[1738]] yil [[Eron]] shohi [[Nodirshoh Afshor|Nodirshoh Afshar]] egalladi. K. [[1747]] yil [[Durroniylar davlati]] tarkibiga qoʻshib olindi. Temurshoh Durroniy davrida ([[1773]]—[[1793|93]]) K. poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach ([[1818]]), K. [[Kobul amirligi]]ning markazi boʻlib qoldi. [[1825]] yilda amir [[Doʻstmuhammadxon|Doʻstmuhammad]] afgʻon yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyinchalik Afgʻoniston davlatini vujudga kelishida muhim rol oʻynadi. Birinchi ([[1838]]-[[1842|42]]) va ikkinchi ([[1878]]-[[1880|80]]) Angliya-Afgʻoniston [[urush]]lari davrida shaharning koʻp qismi buzildi. Sobiq shoʻrolar qoʻshinining [[1979]] yil [[dekabr|dek.dekabr]]da Afgʻonistonga [[tajovuz|tajovoʻz]]<nowiki />korona bostirib kirishi va [[1992]] yilda boshlangan ichki [[fuqarolar urushi]] davrida K. jiddiy zarar koʻrdi. Shaharni [[1996]]—[[2002]] yillarda mutaassib "tolibon" ichki [[muxolifat]] kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli K.da yana vayronagarchiliklar boʻldi.
 
K. — mamlakatning siyosiy, [[iqtisodiyot|iqtisodiy]] va [[madaniyat|madaniy]] markazi. [[Avtomobil yoʻli|Avtomobil yoʻllari]] tuguni. Bagrom harbiy [[aerodrom]]i, xalqaro [[aeroport]] bor. Avtomobil yoʻllari orqali [[Pokiston]], [[Hindiston]], [[Eron]], [[Oʻzbekiston]] va boshqa davlatlar bilan bogʻlangan. Afgʻonistonning eksport va import mollarining asosiy qismi K. orqali oʻtadi. K. va uning atrofida [[toʻqimachilik sanoati|toʻqimachilik]] ([[ip]] [[gazlama]] k-tikombinati, [[jun]] va [[ipak]] gazlamalar, [[trikotaj sanoati|trikotaj]] [[fabrika|f-ka]]lari), [[oziq-ovqat sanoati|oziq-ovqat]], harbiy, [[yogʻochsozlik sanoati|yogʻochsozlik]], mashinalarni [[taʼmirlash]] va [[metall]] buyumlar tayyorlash [[korxona]]lari, [[gugurt]], [[koʻn-poyabzal sanoati|koʻn poyabzal]], [[gilam]] toʻqish f-kalarifabrikalari, [[lak]]-[[boʻyoqlar|boʻyoq]], [[chinni]], [[qurilish materiallari]] [[zavod]]lari, [[issiqlik elektr markazi|issiqlik elektr]] [[elektr stansiyasi|st-yasistansiyasi]], shahar yaqinida [[Gidroelektrik stansiya|GES]] bor. Mayda [[hunarmandchilik]] korxonasi koʻp. K. — qorakoʻl teri bilan savdo qilinadigan markaz.
 
K.da FAFanlar akademiyasi, [[Tarix]] [[jamiyat]]i, bir necha [[oliy oʻquv yurtlari|oliy oʻquv yurti]], jumladan, [[universitet]], [[bosmaxona]], [[teatr]], Kobul tarix-[[etnografiya]] [[muzey]]i, [[jamoat ishlari|jamoat]] [[kutubxona]]si ishlab turibdi. K. ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida koʻplab zamonaviy [[bino]]lar [[qurilish|qurilgan]]. Shaharning koʻhna qismi Kobul daryosining [[janub|jan.janubiy]] [[sohil]]ida. [[Meʼmorlik|Meʼmoriy]] [[yodgorlik]]laridan Bolo-Hisor qalʼasi, [[Bogʻi Bobur]], Temurshoh [[maqbara]]si, Chihil Sutun [[bogʻ]]i va [[saroy (qasr)|saroy]]i, [[Nodirshoh Muhammad|Muhammad Nodirshoh]] maqbarasi ([[XX asr|20-asr]]) va boshqa saqlangan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==