Moskva: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 56:
| sayt tili =
}}
'''Moskva''' ({{lang-ru|Москва}}) — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] poytaxti, [[Moskva viloyati]] markazi, federal ahamiyatidagi shahar. [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]]ning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. [[Moskva]]da Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, [[Federal Majlis]], [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy,
== Geografik joylashuvi ==
Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy kismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoklari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, "etti tepalik" — [[Kreml]], Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (balandligi 254 m gacha) kirib borgan
== Tarixi ==
Moskva toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147 yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1156 yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya da-ryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qoʻrgʻoncha oʻrnida ke-yinroq [[Kreml]] nomini olgan yogʻoch-tuproqdan istehkom qurilgan (qarang [[Kreml]]). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. Moskva Chernigovdan Kiyevga boradigan yoʻllar chorrahasida shakllangan. 1237 yilda, moʻgʻullar bosqini davrida, Botuxon qoʻshinlarining bostirib kirishi natijasida Moskva vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi boʻldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303—25 yillarda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi boʻldi. 14—15-asrlarda Moskva rus yerlarini birlashtirish, moʻgʻullar zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. Moskva atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325—40) faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. taxminan 1326 yilda Moskvaga Vladimir shahridan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi koʻchirildi. KnyazD. I.Donskoy (1359—89) davrida Moskva moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380 yilda Kulikovo maydonida moʻgʻullar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan umumrus qoʻshini Moskvada shakllandi. 15-asr oxirida ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich (1462—1505) davrida Moskva yagona Rus davlatining poytaxti boʻldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida [[Kreml]]ni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari — Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad koʻtardi. 1547 yilda ulugʻ knyaz Ivan IV Grozniy (1533—84) podsho unvonini qabul qildi. [[Romanovlar]] sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri — notinch yillarda yoqib tashlangan Moskva yangidan qurildi. 1687 yilda Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708 yilda shahar Moskva gubernyasining markazi boʻldi.
Rossiya poytaxtining [[Sankt-Peterburg|Sankt-Peterburgga]] koʻchirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saklab qoldi. Moskvada imperatorlarga toj kiygizish marosimlari oʻtkazib kelingan. 1703 yildan boshlab podsho Petr-Ining tashabbusi bilan "Vedomosti" birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-asr oxiridan shaharning oʻzini oʻzi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillik bilan shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785 yildan — Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870 yilda) shahar Dumasi tuzildi, 1812 yildagi urush davrida Moskva sentabr-oktabr oylarida [[Napoleon Bonapart|Napoleon-Ining]] fransuz qoʻshinlari qoʻlida edi. Katta yongʻin shahar binolarining 2/3 qismini yoʻq qildi. Fransuzlar Moskvani tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va temir yoʻl qurilishining rivojlanishi bilan Moskva Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917 yil noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati oʻrnatildi. 1918 yil 12 martda poytaxt yana Moskvaga koʻchirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922 yil 30 dekabrda) Moskva uning poytaxti boʻldi. 1929 yildan Moskva — Moskva viloyati markazi. 1935 yilda Moskvani birinchi Bosh plani qabul qilindi. Oʻsha yili Moskvada metropoliten ishga tushirildi. 1941 yil dekabrda nemis qoʻshinlari Moskva ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Keyinroq nemislar chekinishga majbur boʻldi. 1945 yil 24 iyunda Moskvada Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. 1965 yil 8 mayda Moskvaga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-yillar oʻrtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980 yilda Moskvada 22-olimpiada oʻyini boʻlib oʻtdi. SSSR qulagach, Moskva (1991 yil 25 dekabrdan) —
== Iqtisodiyoti ==
[[Fayl:Московский международный деловой центр «Москва-Сити» 14.07.2014.jpg|230px|thumb|left|Moskva Siti]]
Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sano-atlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-as-bobsozlik (Moskvada Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash
== Transport ==
Shahardan turli yoʻnalishlarda temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni Moskvaning 9 ta temir yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. Moskvada 3 yirik dare porti (Gʻarbiy,
== Oʻquv yurtlari ==
Qator 83:
Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, [[Kreml]]ning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.
Moskvaning eski qismi radialhalqa shaklidagi tuzilishga ega. Moskvaning tarixiy markazi — Moskva [[Kreml]]i ansamblidir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saklanib qolgan yedgorliklar orasida — Kolomenskoyedagi Vozneseniye cherkovi, monastirlar meʼmoriy majmuasi (Andronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, Novodevichiy, Simonov va boshqalar), qoʻrgʻonlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, Kuzminki, Saritsino va boshqalar), 17-asr cherkov va ayrim binolari, 18-asr — 19-
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
== Havolalar ==
|